Tropizm turlari
Fototropizm Tapotropizm
Termotropizm Geleotropizm
Xemotropizm Barotropizm
Gidrotropizm
Ko‘p hujayrali hayvonlarda qo‘zg‘aluvchanlikning yangi shakli sezuvchanlik mavjuddir. A.A.Leontevning gipotezasiga ko‘ra sezuvchanlik genetik jihatdan olganda seskanuvchanlikning o‘zidir. U ham muhitning tashqi ta’sirlarga javob berishi asosida vujudga keladi. Faqat sezuvchanlik seskanuvchanlikka nisbatan yuqoriroq bosqichdir.
K.E.Fabri fikricha, psixik taraqqiyotning ikkinchi bosqichi ko‘p hujayrali hayvonlarga xosdir. Ko‘p hujayrali hayvonlarda aks ettirish bir muncha yuqori bo‘ladi. Bunday hayvonlarga kavakichlilar (gidra,meduzani kiritish mumkin. Ular ham bir hujayrali hayvonlar kabi suvda yashaydi. Lekin kavakichlilar o‘zining tuzilishi jihatdan bir hujayrali hayvonlardan ancha murakkabdir. Ularning murakkabligi hujayralarining bir- biridan farq qilganligidadir: tanasining tashqi qismidagi xujayralar qoplagich, ichki hxujayralar esa hazm qiluvchi bo‘ladi.
Evolyusiya zanjirining yuqoriroq pog‘onasida turgan ko‘p hujayrali hayvonlarda tana tuzilishi ham ancha murakkablashadi, yer sharoitiga mos o‘zgarishlar yuz beradi, turli taassurotlarni aks ettiradigan sezgi organlari vujudga keladi, aks ettirish ham murakkablashadi.
Sechenev inson miyasi va organizmining psixik jarayonlar bilan o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha ulkan ishlar olib borgan va psixologiyaga o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan. Keyinchalik uning fikrlarini Pavlov rivojlantirdi va shartli reflekslar hodisasini ochdi. Pavlovning fikrlari va ixtirolari hozirgi kunda yangi nazariyalar yaratishga asos bo‘ldi. Bularning ichida Breynshteyn, Xall, Anoxin, Sokolovlarning nazariya va konsepsiyalari ajralib turadi. Sechenov fikricha, barcha psixik hodisalar o‘zining ortidan murakkab reflekslar va fiziologik hodisalarni namoyon qiladi. Pavlovning fikricha o‘zini tutish murakkab shartli reflekslarning qo‘shilishi natijasida paydo bo‘ladi. Biroq shartli reflekslar bu oddiy bir fiziologik hodisalar ekanligi keyinchalik ma’lum bo‘ldi. Shartli-reflekslar haqidagi ilmlarning ochilishiga qaramay, keyinchalik tirik jonzotlarning yangi qobiliyatlarni o‘zlashtirishning boshqa usullari ustida ham ishlar olib borildi. Bunda, ayniqsa, Sokolov va Izmaylovlarning xizmatlari katta. Ular tomonidan konseptual reflektor yoyi tushunchasi ilgari surilgan. U uch o‘zaro bog‘liq lekin nisbatan erkin neyronlar sistemasidan iborat: afferent(sensorli analizator), effektor(bajaruvchi, harakat organlariga javob beruvchi) va modellashtiruvchi (afferentiv va effektor sistemasi ustidan boshqarib turuvchi). Birinchi neyronlar sistemasi ma’lumotlar qabul qilinishi va qayta ishlanishini taminlaydi, ikkinchi sistema buyruqlar ishlab chiqarilishi va ularning bajarilishini taminlaydi, uchinchisi ikkinchi va birinchi sistema ustidan ma’lumotlar almashinuvini taminlaydi.Bu nazariya bilan bir qatorda boshqa nazriyalar ham mavjud, bir tomondan psixik jarayonlarning o‘zini boshqarishdagi roli, boshqa tomondan o‘zini boshqarishda umumiy boshqaruv modellarining tuzilishida fiziologik va psixologik hodisalarning namoyon bo‘lishi. Bernshteynning fikricha eng sodda o‘zlashtirilgan xatti-harakatning o‘zi ham, murakkab harakatlarni inobatga olmagan holda, psixikaning ishtirokisiz amalga oshirilishi mumkin emas. Uning ta’kidlashicha, har qanday harakatning paydo bo‘lishida psixomotor reaksiya mavjud.
Har qanday harakatning o‘zlashtirilishi ongning ta’siri ostida amalga oshiriladi. Ong tushunchasi juda ko‘p muammolarga duch keladi. Bularga turli xil yondashuvlar ham mavjud. Ong muammosi psixologiyadagi global va eng murakkab muammolardan biridir. Muammoga asosiy yondashuvlarda “Ong”- dedi V.Vund, - bu o‘zimizning har qanday psixologik jarayonlarga duch kelishimizdir. Ong psixologik jihatdan o‘zida ichki yorug‘likni, yorqin yoki zulmatni, ifodalaydi. Inson o‘zini yo‘qotgan paytda u go‘yoki o‘chishi ham mumkin.
K.Djeymsning fikricha ong bu “psixik funksiyalarning xo‘jayini”.
Ong – bu o‘zgacha psixik kenglik. Ong psixologiyaning sharti bo‘lishi mumkin, lekin uning predmeti bo‘la olmaydi. Uning mavjudligi psixologik fakt bo‘lishiga qaramasdan, uni aniqlash mumkin emas va faqatgina o‘zidan chiqarilishi mumkin. Ong sifatsizdir chunki uning o‘zi sifat- psixik jarayon va hodisalarning sifatidir. Sifatni bo‘lib bo‘lmaydi, u yoki bor yoki yo‘q. Yuqorida keltirilgan qarashlarning umumiy xulosasi – bu psixologik sifatsiz ongga urg‘u. Vigotskiyning ongga qarashlari qiziqish uyg‘otadi. Uning aytishicha “ong- bu o‘ziga o‘zi, reallikka refleksiyadir. “Ong o‘zi bilan o‘zi aloqadadir”. Ong - bu ongdir, ong faqatgina jamiyat onggi va tili mavjud bo‘lgandagina mavjud bo‘lishi mumkin. Ong tug‘ma bo‘lmaydi yoki tabiat tomonidan berilmaydi balki u jamiyatda rivojlanadi. Shuning uchun ong psixologiyaning sharti emas balki uning muammosi – ilmiy psixologik izlanishlar predmetidir4.
Aytishlaricha, odam miyasida taxminan 14 milliard hujayra mavjud bo‘ladi, lekin yangi tug‘ilgan bolada ularning ko‘pchiligi hali ishga tushmagan bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan bola va katta yoshdagi kishilarning bosh miya hujayralarini solishtirish shuni ko‘rsatdiki, miyaning rivojlanish jarayonida uning hujayralari o‘rtasida maxsus o‘simta (shoxcha) — ko‘prikchalar shakllanib borar ekan. Bosh miya hujayralari sezgi organlari orqali tashqaridan olayotgan ma’lumotlarga javob berar ekan, go‘yo bir – birlariga qo‘llarini uzatib, bir-birlarini mahkam ushlab oladi. Bu jarayon elektron kompьyuterdagi tranzistorlar ishiga o‘xshab ketadi. Har bir alohida olingan tranzistor o‘zi alohida ishlay olmaydi, faqat ma’lum bir yagona tizim (sistema) ga birlashgandagina ular kompьyuter sifatida ishlay olishi mumkin.
Hujayralarning bir-birlariga bog‘lanishi shakllanishining eng faol davri — bu bola tug‘ilgandan uch yoshgacha bo‘lgan davrdir. Bu vaqtda taxminan 70-80% shunday birikmalar vujudga keladi va ular qanday rivojlanishiga qarab, miya imkoniyatlari ham ortib boradi. Tug‘ilgandan keyingi dastlabki olti oyda miya o‘zining voyaga etish imkoniyatining 50 foiziga erishadi, uch yoshga kelib esa bu ko‘rsatkich — 80 foizga etadi. Albatta, bu bola miyasi uch yoshdan keyin o‘sishdan to‘xtaydi, degani emas. Uch yoshga etib, asosan miyaning orqa (ensa) qismi voyaga etadi, to‘rt yoshga kirganda esa bu murakkab jarayonga uning "peshona qism" degan qismi ham qo‘shiladi.
Miyaning muhim (asosiy, fundamental) qobiliyati tashqaridan signal qabul qilish, uning obrazini yaratish va esda olib qolishdir. Bu shunday o‘zakki, shunday kompьyuterki, bolaning kelajakdagi intellektual rivojlanishi shularga asoslanadi. Tafakkur, ehtiyoj, ijod, hissiyot kabi etuk qobiliyatlar uch yoshdan keyin rivojlanadi, lekin ular shu yoshgacha shakllangan bazadan foydalanadilar.
Shunday qilib, agar dastlabki uch yoshda mustahkam negiz shakllanmagan bo‘lsa, undan qanday foydalanishga o‘rgatish befoyda. Bu xuddi yomon kompьyuterda ishlayotib, yaxshi natijalarga erishishga intilish bilan barobar.
Albatta, yangi tug‘ilgan bola mutloq nochordir, biroq aynan shunday bo‘lganligi uchun ham uning mavjud (potensial) imkoniyatlari ancha katta bo‘ladi. Odam bolasi hayvon bolasiga qaraganda ancha kam rivojlangan bo‘lib tug‘iladi: u faqat yig‘lashni va sut emishni biladi xolos. Hayvon bolasi esa, masalan, itlar, maymunlar yoki otlar emaklashni biladi, tirmashadi yoki hatto birdaniga tik tura olishi va yurib ketishi mumkin. Zoologlarning ta’kidlashicha, yangi tug‘ilgan bola, yangi tug‘ilgan hayvon bolasidan 10-11 oyga orqada qolgan bo‘ladi va buning asosiy sababi, odamning yurishdagi holatidir. Odam tik (vertikal) holatda yurishga o‘tishi bilanoq bachadonda bola to‘la rivojlanguncha tura olmaydigan bo‘lib qolgan, shuning uchun ham bola hali etarlicha rivojlanib ulgurmay butunlay "nochor" bo‘lib tug‘iladi (dunyoga keladi). Unga tug‘ilgandan so‘ng o‘z tanasidan foydalana olishga o‘rganishga to‘g‘ri keladi. U miyadan foydalanishni ham xuddi shunday o‘rganadi. Agar har qanday hayvon bolasining miyasi tug‘ilish arafasida deyarli shakllanib bo‘lgan bo‘lsa, yangi tug‘ilgan bolaning miyasi- go‘yo toza qog‘oz varog‘i. Bolaning qanchalik iqtidorli bo‘lishi shu qog‘ozga (varoqqa) nima yozilishiga bog‘liq bo‘ladi. (Masaru Ibuka)
Miya fiziologiyasini tadqiq qilish va bolalar psixologiyasini o‘rganish, bolaning aqliy qobiliyatlarini rivojlanti ruvchi kalit, bu uni — o‘z hayotining dastlabki uch yilida, ya’ni miya hujayralarining rivojlanish davrida o‘zlashtirgan shaxsiy bilish - tajribasi ekanligini ko‘rsatadi. Hech bir bola daho bo‘lib tug‘ilmaydi va hech bir bola ahmoq bo‘lib ham tug‘ilmaydi. Hammasi bola hayotining hal qiluvchi yillarida bosh miyaning rivojlanish darajasi va stimulyasiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Bu tug‘ilgandan uch yoshgacha bo‘lgan davriga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |