Tizimlilik va muntazamlilik tamoyili. Bu tamoyil quydagi ob’ektiv qonuniyatlarga suyanadi:
- inson tashqi dunyoni o‘z tafakkurida faqat aniq aks ettirgandagina, haqiqiy va faol bilimlarga gina ega bo‘la oladi;
- kishi tafakkurida ilmiy bilimlar tizimini shakllantirishning asosiy usuli, maqsadga yo‘naltirilgan rasmiy ta’limning tashkil qilinishi;
- rasmiy ta’limning tashkil qilinish tartibi, o‘quvchilar imkoniyati va beriladigan bilimning ichki mantiqiy tuzilishidan kelib chiqqaligi;
- bilim berish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilganligi tufayli, bilim berish samarasi, bu bosqichlar orasidagi vaqtning qanchalik qisqa bo‘lishligiga bog‘liq, bosqichlar orasidagi masofa vaqt jihatidan haddan oshib ketsa, bilim berish samara bermaydi;
- agar bilim va uning negizida shakllangan ko‘nikmalar mashq orqali takrorlanib turilmasa, bilim va ko‘nikma yo‘qolib ketadi;
- bolalarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatilgan bo‘lmasa, ular doimo fikr yuritishda qiyinchiliklarga duch keladilar;
- o‘qitishda tizimlilik va muntazamlilikka amal qilinmasa, ta’lim-tarbiya jarayoni susayadi.
Pedagogik amaliyotda bu tamoyilning ishlashi quydagi qoidalar orqali amalga oshiriladi.
O‘quvchilar tomonidan bilimlar tizimi to‘liq o‘zlashtirib olinishi uchun beriladigan bilimlarni mantiqiy tugallangan bilim bo‘laklariga ajratib o‘qitish.
Mazmunini to‘liq ochib berishga ko‘zingiz etmagan biron-bir savol va muammoni dars rejasiga kiritmaslik.
Mantiqiylikni hech qachon buzmaslik, buzilgan taqdirda o‘zlashtirilmaslikning oldini olish uchun uni darrov bartaraf etishlik.
O‘quv fani – katta bir fanning kuchaytirilgan modeli ekanini tushuntirib, fanlararo bog‘liqlikni ko‘rsatib berishlik.
Nazariy bilimlarning o‘zlashtirilishi to‘g‘ri ketayotganini doimo tekshirib borishlik: o‘rganilayotgan ob’ekti, predmeti, nazariy asoalari, asosiy tushunchalari va ularning qo‘llanish chegaralarini doimo eslatib, ularning bajarilishini tekshirish.
Doimo esda tutish lozimki, kunda eshitib, go‘yoki yaxshi bilgan narsani tushuntirib, ilmiy asoslab berish qiyin bo‘ladi. SHuning uchun bolalardagi avvalgi bilimlari va mantiq usullaridan doimo foydalanish zarurligi.
Boshlang‘ich, umumta’lim va oliy ta’lim bosqichlaridagi bilim mazmuni hamda uni berish usullari orqasidagi muvofiqlikni saqlash.
O‘qitishning ilg‘or usullaridan doimo foydalanish.
O‘qitishda tizimlilikni va muntazamlilikni saqlash uchun, avval o‘tilgan bilimlarin doimo qaytarib turish.
O‘tgan bilimlarni qaytarish usulidan, faqat dars boshida va uni yakunlaytganida foydalanib qolmay, har bir bilimni tushuntirayotgandi undan foydalanish.
O‘tgan bilimlar bilan tez kirishib ketuvchi yangi gaplardan boshqa yangi fikrlarni bildirmaslik.
O‘qituvchilarning til savodxonligini faqat til o‘qituvchilari kuzatib boribgina qolmay, barcha o‘quvchilar ham bu ishlarni bajarishlari lozimligi.
Sabr va chidam bilan hamda uzluksiz ravishda bolalarni mustaqqil fikr yuritishga va bilimlarni mehnat qilib topishga o‘rgatish.
Bolalarga o‘qishning istiqbolini doimo eslatib turish.
Har bir bo‘lim ohirida, albatta, umumlashtiruvchi mashg‘ulotlarni amalga oshirish.
Bolalar javobidan uchrab turadigan xatolarni doimo tuzatib borish.
CHarchab qolgan bolalar faoliyatini hech qachon su’niy, ravishda faollashtirishga harakat qilmaslik, faollashtirishda bolalar jismoniy va aqliy imkoniyatidan kelib chiqish.
Bolalarda egallangan bilimiga ko‘nikma va malaka hosil qilinishini talab qilish.
Esda saqlash lozimki, tizimga tushgan bilimesdan chiqmaydi. Esdan chiqib qolsa, tizim orqali uni darrov esga tushirish oson.
YA.A.Komenskiyning: «Hamma narsa uzluksiz ketma-ketlikda olib borilishi kerak, bugungi aytganlaringiz kechagisini mustahkamlashi va ertangi aytganingizga yo‘l ochib berishi kerak», - degan o‘gitni unutmaslik qoidasi.
Mustahkamlilik tamoyili qoidasi. Bu tamoyilda barcha ilg‘or o‘qituvchilar va pedagog olimlarning ko‘p yillik izlanishlari o‘z ifodasini topgan. Unda nazariy bilimlar emperik bilimlar birlashib mustahkamlangan.
Bilimlarni mustahkam egallash jarayoni juda murakkab bo‘lib, keyingi yillardagi tadqiqotlar bu jarayonga o‘zgarishlar kiritdi. Bilimni mustaxkam egallash jarayonini shu shu kundagi tushunilishi, bu jarayonga quydagi yangi qoidalarni kiritishni taqazo etadi.
Bugungi kungi ta’limda fikr yuritish eslab qoilishdan ustunlik qilishi isbotlangan. SHuning uchun bolalar aqliy quvvatini tejash maqsadida, ulardan keraksiz va kam e’tiborli narsalarni eslab qolishga kamroq e’tibor berib, uning hisobiga fikr yuritishga ko‘proq kuch sarflashiga yordam berish.
Bolalr tushinib etmagan yoki noto‘g‘ri tushinib qolgan narsalarini eslab qolmaslikka e’tibor berish lozim.
Bola xotirasini kam e’tiborli axborotlarni eslab qolishdan xoli qilish maqsadida, ularni turli lug‘at va ensiklopediyalardan foydalanishga o‘rgatish.
Eslab qolinadigan narsalarni nihoyatda qisqa qilib, yod olishga oson bo‘lishi uchun, ravon, iloji bo‘lsa she’r vazniga solib turib bolalarga esda saqlashga o‘rgatish.
Esdan chiqarish bilimni egallab olagndan keyin tez kechishini hisobga olgan holda, ularni psixologiya faning esda saqlash qoidasi asosida xotirada saqlashga yoshlarni o‘rgatish.
YOd olishni uyga vazifa qilib bermay, uni shu narsaga qiziqtirib qo‘yish va vaqti-vaqti bilan bu qiziqishni yangilab turish.
Takrorlash mashqlarini bola yangi bilimini egallash paytidan boshlash. CHunki bu narsalar keyin esdan chiqib ketishi aniq.
Bola diqqatini susaytiruvchi ichki va tashqi omillar faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik. Dangasalik kasali bilan tinmay kurash olib borish, bilim olish su’ratini pasaytirmaslik.
Beriladigan bilimga qiziqish va ijobiy munosabatni shakllantirmasdan turib, bilim berishni boshlamaslik. Zo‘rlab berilan bilim bola xotirasida uzoq saqlanmaslikni unutmaslik.
Bilimni egallash su’rati pasaya boshlashi bilan uning sababini aniqlash va bartaraf etish. Odatda, bilim olish su’ratining pasayishi charchagandan keyin paydo bo‘ladi.
O‘quvchilar tomonidan mustaqil ravishda darsni chhqaytarish eslab qolishning muhim omili ekanini unutmaslik va o‘zini o‘zi tarbiyalashga katta e’tibor qaratish.
Qaytarish darslarini shunday tashkil qilishi kerakki, u faqat bilmni xotirada tiklashga xizmat qilmay, fikr yuritishga ham foydasi bo‘lsin. SHuning uchun qaytarish darslarini asosiy dars tizimida o‘tmay, uning hajmini yo ko‘paytirish, yoki kamaytirish.
Berilgan bilim xotirada mustahkam saqlanishi uchun, uni qiziqarli qilib, ko‘rgazmali qurollardan foydalanib turib berish.
YAngi beriladigan bilim xotirada mustaxkam qolishi uchun, uni avvalgi bilim bilan bog‘lab berish.
Bilimni mantiqan bir butun qilib berishga o‘rganish.
Oson va bir turdagi topshiriq berishdan tiyilish, ular bolalarga qiziq bo‘lmay bolalarni toliqtiradi.
Mashqlar o‘tkazishdan oldin, ularning bajarilish tartibi va natijasi to‘g‘risida ma’lumot berish.
Mashq davrida bolalarni charchab qolishdan saqlash.
Hozirgi zamon nazorat usullaridan to‘g‘ri foydalanish.
Bolalarni o‘z mehnatini nazorat qilish va baholashga o‘rgatish.
Tushunarlilik tamoyili. Bu tamoyil, bir tomondan, didaktikaning boshqa tamoyillarining talablaridan, ikkinchi tomondan, talabalar yosh xususiyatidan, uchunchi tomondan, ko‘p yillik pedagogik tajriba asosida yaratilgan.
Bu tamoyil zaminida teazurs qonuni yotadi. Bu qonun bo‘yicha – kishiga bilim faqat uning teazurusiga mos kelganidagina tushunarli bo‘ladi. Teazurus lotincha «xazina»ni bildiradi. Ma’nosi, kishining to‘plagan bilimi, ko‘nikma va fikrlash uslubi uning teazurusini tashkil qiladi.
Boshqa qonuniyatlarni ham ko‘rsatishimiz mumkin: beriladigan bilimning tushunarliligi, uni egallayotgan bolaning yoshi individual hususiyatlariga bog‘liq; tushunarlilik bilim berishni tashkil qilishga va unda qo‘llaniladigan bilim berish usuli va uslublariga bog‘liq; bilimning tushunarliligi o‘qituvchining saviyasiga va bilim sifatiga bog‘liqligi; bilimning tushunarliligi uning berilishi su’ratiga bog‘liqligi va hakozo.
Y.A.Kamenskiy shakllantirgan quydagi qoidalar mavjud; osondan qiyinga, ma’lumdan noma’lumga va oddiydan murakkabga. SHu zamonning pedagogik nazariya va amaliyoti tushunarlilik tamoyilining qo‘llanish qoidalarini kengaytiradi va boyitadi. Ular quydagilar:
1. Bilimni bolaning yoshiga qarab berish.
2. Bola tafakkuri berilayotgan bilimiga tayyorlangan bo‘lishi shart.
3. O‘qitayotganda bolaning tayyorgarlik va rivojlanganlik darajasiga qarab bilim berish.
4. Bolaning individual qobiliyatidan kelib chiqib bilim berish.
5. Bilim berish su’rati o‘rtacha olib borilishi shart.
6.Bilim berishda, muayyan kuchlanishning hosil bo‘lishini esda saqlash. Bu kuchlanish oshib ketsa, bolalar zerikib qolishini bilish.
7. Psixologiya va pedagogikaning yangi kashfiyotlaridan unumli foydalanish, kichik odimlardan asta-sekin katta odimlarga o‘tish yo‘li bilan ta’lim jarayonini intensivlashtirish.
8. Yangi dars o‘tishda bilimi kuchli talabalardan va darsni mutahkamlayotganda bilimi o‘rta va kuchsiz talabalardan foydalanish.
9. Berilayotgan bilimlarning qarama-qarshi tomonlarini tushuntirib, talabalarning bilim olishini osonlashtirish.
10. Talabalarga eng qiyin singadigan bilimlar tabiat va jamiatning umumiy qonunlaridir. SHuning uchun muayyan fanni o‘tayotganda ustalik bilan ularni qo‘shibtushuntirib berish.
11. Sekinlik bilan shoshish! Ta’lim-tarbiya jarayonini asossiz tezlashtirmaslik va susaytirib yubormaslik.
12. Talabalarning oraliq va yakuniy fikrlarini «bildi»ga yo‘ymasdan, ulardan fikrini davom ettirish uchun foydalanish.
13. Tushunarlilikning o‘qituvchi so‘zlarining yuqori hissiyot va har bir so‘zni asoslab berganligi bilan ham belgilanganligi.
14. Uzoq ma’ruzalardan qochish.
15. O‘qitishning bosh qismida faqat asosiylarini aytib o‘tish bilan kifoyalanish.
16. «Yomon o‘qituvchi haqiqatni aytib qo‘ya qoladi, yaxshi o‘qituvchi bu haqiqatni o‘quvchilarga topishni o‘rgatadi» iborasini unutmaslik.
17. Tushunarli qilib dars o‘tish, butun bilimni talabalarga sodda qilib tushuntirib berish yoki bu bilimlarni topishni tushunarli qilib aytib berishda emas, balki kalavaning uchini ushlatib qo‘yish, bilimning sekin-asta egallanishini ko‘rsatish, ularni rag‘batlantirib turish va vahakozoga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |