Ko‘rgazmalilik tamoyili. Bu eng hammaga ma’qul va tushunarli bo‘ladigan tamoyillardan biri bo‘lib, u qadim zamonlardan qo‘llanib kelingan. Buning asosida quydagi qonuniyatlar yotadi: birinchidan, ko‘rish va eshitish orqali olingan axborotlar miyaga turlicha ta’sir etib, turlicha xotirada saqlanadi. Qisqacha qilib aytgandi, ko‘z bilan ko‘rganda quloq bilan eshitgandagiga nisbatan besh barobar ko‘p axborot olinib, uning miyada saqlanish darajasi ham yuqori. Ikkinchidan, ko‘zdan borgan axborot qayta ishlashga muhtoj emas.
Ta’lim amaliyoti bu tamoyilni amalga oshirishning bir qator qoidalarini ishlab chiqqan.
O‘qitish jarayonida, ko‘rgan narsa eshitganga nisbatan bir necha barobar tez o‘zlashtirilib, uzoq muddatga esda saqlanib qolishligini doimo yodda tutish qoidasi.
Bolalar shakl, rang, his qilish va tovush orqali fikr yuritishlarini bilish qoidasi.
O‘quvchilarning, kishi nimaiki narsani tasavvuriga keltirish mumkin bo‘lsa, ko‘ra olsa, eshita olsa tafakkur qilinadi degan oltin qoidasini bilish.
Hech qachon ko‘rgazmani asosiy maqsad qilib olmaslik, ko‘rgazma maqsad emas, maqsadga erishish vositasi sifatida bilish qoidasi.
Bilim berish va bu bilimlarni bolalar ko‘nikmasiga aylantirish jarayonida, barcha tushuncha va mavhumliklar, ular tafakkuriga faqat asos, dalil, misol, timsol va qiyofalar orqali tez etib borishini anglash qoidasi.
Ko‘rgazmalardan faqat narsalarni ko‘rsatish uchun foydalanmay. ulardan muammoli vaziyatlarni shakllantirishda ham foydalanish qoidasi.
Ko‘rgazma faqat axborot beribgina qolmay, o‘rganilayotgan narsa va hodisa to‘g‘risida to‘g‘ri tasavvur qilishligini bilish qoidasi.
Ko‘rgazmani ko‘rsatayotganda ma’lum bir tartib bilan ko‘rsatish yaxshi natija berishni tushunib etish qoidasi.
Ko‘rgazmani ko‘rsatayotganda avval butunlay, so‘ng ularni qismlarga bo‘lib ko‘rsatib, undan keyin yana butunlay ko‘rsatishga e’tibor berish qoidasi.
Turli ko‘rgazmali qurollardan foydalanish yaxshi, ammo ularning miqdori haddan ziyod bo‘lib ketsa, bolalar hayolini to‘zg‘itib yuborishni bilish qoidasi.
Ko‘rgazmani ko‘rsatayotganda bolalarning avvaldan egallagan hissiy bilimlaridan unumli foydalanish qoidasi.
Eng yaxshi ko‘rgazma bolalar o‘zi tayyorlagan ko‘rgazma ekanligini bilgan holda ko‘rgazmani iloji boricha bolalar bilan birga tayyorlash qoidasi.
O‘zingiz yaxshi bilmagan anrsani hech qachon bolalarga ko‘rsatmaslik qoidasi.
YAngi texnik vositalar-o‘quv televideniyasi, vidio, komp’yuter va boshqalardan foydalanilayotganda, avval o‘qituvchining o‘zi uni yaxshi o‘zlashtirib olishlik qoidasi.
Ko‘rgazmali qurollardan foydalanilayotganda, bolalar diqqatini, fikrlash madaniyatini, konstruktiv fikrini va o‘qishga qiziqishini tarbiyalash qoidasi.
Ko‘rgazmani, nazariy bilimni hayot bilan bog‘lashda foydalanish qoidasi.
Kabinet tizimida foydalanilayotganda ko‘rgazma usulidan foydalanish imkoni kengayadi, shuning uchun ko‘rgazmalarni ko‘rsatish tartibini albatta rejalashtirish qoidasi.
Ko‘rgazmali qurollardan foydalanayotganda, bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqish qoidasi.
Ko‘rgazma juda ham kuchli ta’sir etuvchi vosita bo‘lib, u bolalar hayotini o‘ziga qattiq jalb qilib, dars mavzusining asosiy maqsadidan chalg‘itishi mumkinligini anglash qoidasi.
Ko‘rgazmadan haddan ziyod foydalanish, bolalarda abstrakt tafakkur rivojiga to‘siq ham bo‘lishi mumkinligini bilish qoidasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |