3. Necha yoshdan maktabga chiqqan, o`qishni boshlagan, ozlashtirishi qanday bo’lgan, qancha
vaqt o`qigan. O`smirlikdagi kasb tanlashga yoki o`qishni davom ettirishga munosabati.
4. Mehnat faoliyati analizi: kasb egallashi, ish faoliyatini necha yoshda boshlaganligi, ishning
xarakteri va sharoiti, kasbining zararli ta’siri. Ish faoliyatini keyingi o`zgarishlari tog’risida ma’lumot.
Hozirgi mehnat sharoiti. Kasbini to`la ta’rifi. (binoning ichi yokiy ochiq havoda ishlashi, ish joyi
aloqasi borligi). Ish vaqti davomiyligi va tanaffusning davomiyligi. Dam olish tartibi va davriy dam
olishlardan qanday foydalanganligi. Ishda kelishmovchiliklarning mavjudligi.
5. Mayishiy sharoiti: yashaydigan xona maydoni va unda yashaydigan kishilar soni; nechanchi
6. Oilada ishlovchilarning soni va oila umumiy byudjeti; oilada kelishmovchiliklarning
7. Ovqatlanishining xususiyatlari: ko’proq uyda tayyorlangan yoki davlat oshhonasida
tayyorlangan ovqat iste’mol qilishi. Iste’mol qilinadigan ovqatning xususiyatlari, iste’mol qilishning
davomiyligi va davriyligi; kunlik, xafta davomidagi odatdagi ovqatlanish menyusi.
13
b) Spirtli ichimliklar iste’mol qilishi.Qancha vaqtdan beri, qanday davomiylikda (tez-tez yoki
ba’zan) va qancha miqdorda, qanday ta’sir qilishi;
v) Boshqa zararli odatlari to’g’risida ma’lumot.
10. Ayni kasallikdan boshqa kechirgan kasalliklari, jaroxatlari, operatsiyalar. Bemorning
kechirgan xamma kasalliklari to`g`risida to`liq so`roq qilish, kasalxonaga kelguniga qadar, bemorning
yoshini ko`rsatgan holda xar bir kasallanishi yilini ko`rsatib, davomiyligi, uning og`irligi, kasallikning
asari va olib borilgan davoni turi (statsionarda, ambulatoriya, uyda) ko’rsatiladi.
Yuqumli kasal va sil kasali bilan og`riganligi to`g`risida aloxida so`rash lozim. Avallari xam
xozirgi kasaliga o`xshash kasallik bilan og`riganligi to’g’risida ma’lumot;
11. Oilaviy va jinsiy hayyotiga oid ma’lumotlar:
a) Ayyollardan -qachondan xayz ko’rishi va uni kechishi xususiyatlari, xayz ko’rish davrining
buzilishi, agar xayz ko`rishdan qolgan bo`lsa, u xolda klimaksning o`tishi xususiyatlari.
b) Ayyollardan necha yoshdan turmushga chiqganligi, erkaklardan necha yoshda uylanganligi.
v) Ayyollarda homiladorlikning soni va uning o`tishi, bola tushishi hollari, tug`ish soni, xozirgi
farzandlar soni aniqlaniladi;
g) Jinsiy hayyoti xususiyatlari o’zgarishiga oid ma’lumotlar aniqlaniladi.
12. Erkaklardan xarbiy xizmatda bo`lganligi (bo`lmagan bo`lsa nima sababdan), xarbiy
xarakatlardagi ishtirokii aniqlaniladi. Jiddiy yaralanish va kontuziyaning bo’lganligi aniqlaniladi.
13. Yaqin qarindoshlarining kasali (eri yoki hotini). Yaqin qarindoshlarining axvoli,
sog`lig`ining holati yoki vafot etgan bo’lsa, o`limining sababi (necha yoshda vafot etgan). Sil
kasalligi, yurak-tomir tizimi kasalligi, venerik kasallik, alkogolizm, ruhiy kasalliklar, modda
almashunuvining buzilishi, qandli diabet kasalliklari mavjudligiga aloxida e’tibor qilinadi. Mumkin
qadar oilaviy kasalliklar to’g’risida ma’lumot yig’ilishi kerak.
14. Shu paytgacha qo’llanilgan davolanish choralarining ta’siri (dori-darmonlar va x. k.
to’g’rusida ma’lumot).
15. Qon va qon o`rnini bosuvchilar quyilganligi va qanday ta’sir qilganligi.
16. Ayollarda muddatidan ilgari tug`ish va tug`ilgan bolalarning gepatit (sariq) bilan og`riganlik
xollari bo`lganligi xaqida so`rash zarur.
17. Bemorning xarakteri, kasallik va muolajaga bo’lgan munosabati. Kasallik tarixiga bog`liq
b’olgan boshqa ma’lumotlar so’raladi.
Do'stlaringiz bilan baham: