Bemordan yuqumli kasallik o’tkazganligi to’grisida so’raladi. Chet el safarida bo’lganligi
aniqlaniladi. Oxirgi olti oy mobaynida tibbiy muolaja, mikrooperatsiyalar (tish oldirish, abort, quloqni
zirak uchun teshish, tatuyirovka va b.) bo’lganligi, yuqumli kasallik aniqlangan bemorlar bilan
14
muloqotda bo’lganligi, sababsiz ich ketganligi, sababsiz xarorati oshganligi aniqlanadi va xulosa
yoziladi.
Allergologik anamnez
Bemorda dori moddalariga, oziq-ovqat maxsulotlariga, changa, xidga, mayshiy soxada
ishlatiladigan kimyoviy vositalarga allergiya kuzatilganligi aniqlanadi .Bu xolat qanday ko’rinishda
kechganini yoritish juda muhim.Aniqlangan allergiya beruvchi vosita nomi kasallik bayoni muqovasiga
qizil rangli siyox bilan yozib qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: