Toshkent tibbiyot akademiyasi «tasdiqlayman»



Download 45,91 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi45,91 Kb.
#12178
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI


«TASDIQLAYMAN»

TTA o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

Professor Teshaev O.R.

__________________________

«27» avgust 2015 y.


DAVOLASH FAKULTETI

FAKULTET VA GOSPITAL XIRURGIYA KAFEDRASI

Gospital xirurgiya fani



MAVZU:

«O‘pkaning o‘tkir yiringli-destruktiv kasalliklari»

(o‘qituvchi, talaba uchun o‘kuv-uslubiy ko‘rsatma)
O‘QITISH TEXNOLOGIYASI

Toshkent 2015

Tuzuvchilar:

Professor Xakimov M.Sh.

Dotsent Imamov A.A

Assistent Berkinov U.B


O‘qitish texnologiyasi tasdiqlangan:

Kafedra o‘quv-uslubiy kengashi bayonnomasi №1 «27» avgust 2015 y.



Mavzu: O‘pkaning o‘tkir yiringli-destruktiv kasalliklari

1. O‘quv mashg‘ulotida o‘qitish texnologiyasi modeli

Vaqt – 6 soat

Talabalar soni: 8-10 chel.

Mashg‘ulot shakli

Statsionar va o‘quv xonalarida amaliy mashg‘ulotlar

Mashg‘ulot o‘tkazish joyi

Fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi o‘quv xonalari, palatalar va bog‘lov xonalari

O‘quv mashg‘uloti strukturasi

  1. Kirish

  1. Amaliy qism

- kuratsiya

- amaliy ko‘nikmalarni bajarish

- amaliy qismni tahlil qilish


  1. Teoretik qism

- teoritik qismni tahlil qilish

4. baholash

- o‘z-o‘zini va o‘zaro baholash

- o‘qituvchi bahosi

5. o‘qituvchi tomonidan darsni tamomlash, bilimlarni baholash. Keyingi dars uchun mashg‘ulot savollarini e'lon qilish.


Mashgulotning maqsadi. Talabalarga upkaning o‘tkir yiringli-destruktiv kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar, kuratsiya uchun olingan bemorlar misolida tekshirish yo‘llarini, tashxis qo‘yish, qiyosiy tashxis va davolash usullarini o‘rgatish. Ushbu kasallik sabablari, patogenezini, klassifikatsiyasi, klinikasi va umumiy davolash xususiyatlarini taxlili kilish.

O‘qituvchi tomonidan berilgan vazifalar:

- diagnostika va differensial diagnostika uslublari, va ularning asoratlari haqida;

- tashxisni asoslash va ratsional davoni tanlash uchun instrumental-diagnostik tekshiruvlarni interpretatsiya qilish;

- ushbu bemorlarning amaliyot oldi tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari;

- operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar, va ularning o‘ziga xosligini bilish;

- amaliyot davri va undan keyingi asoratlarni oldini olish;

- upkaning o‘tkir yiringli-destruktiv kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish;

- maxsus tekshiruv usullarni o‘rganish.



O‘qitish faoliyatining natijalari:

Talaba bilishi lozim:

- diagnostika va differensial diagnostika uslublari, va ularning asoratlari haqida;

- tashxisni asoslash va ratsional davoni tanlash uchun instrumental-diagnostik tekshiruvlarni interpretatsiya qilish;

- ushbu bemorlarning amaliyot oldi tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari;

- operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar va ularning o‘ziga xosligini balish;

- amaliyot davri va undan keyingi asoratlarni oldini olish;

- upkaning o‘tkir yiringli-destruktiv kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish;

- maxsus tekshiruv usullarni o‘rganish.



Talaba bajara olishi lozim:

- Amaliy ko‘nikmalarin bajara olishi - amaliyotdan keyingi me'da kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, maxsus tekshiruv usullarni o‘rganish, operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalarni bilish.



O‘qitish texnikasi va usullari

amaliy mashg‘ulotlar metodi,

texnikasi: qora quticha, urgimchak ini

grafik organayzer – konseptual tablitsa


O‘qitish jihozlari

Plakatlar, sxemalar, kasalliklar klassifikatsiyasi sxemalari, davolash sxemalari, rentgenogrammalar, videofilmlar.

O‘qitish shakllari

Individual, guruhlarda va kollektiv bilan ishlash

O‘qitish shartlari

o‘quv xonalari, palatalar va bog‘lov xonalari.

Monitoring va baholash

Og‘zaki nazorat: nazorat savollari, guruhlarda o‘quv vazifalarni bajarish, amaliy ko‘nikmalarni bajarish


2. Motivatsiya

Mashg‘ulot mutaxassis shaxsini shakllanishiga, o‘zini tuta bilishga o‘rgatishga, tashxis qo‘yishda ma'suliyatni xis qilishga o‘rgatadi.




  1. Fanlararo va fan ichida bog‘liqlik

Shu mavzuni o‘qitish talabalarning normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya fanlari bo‘yicha bilimlariga asoslanadi. Dars davomida olingan bilimlar gastroenterologiya, ichki kasalliklar va boshqa klinik fanlarni o‘rganilganda kerak bo‘ladi.

4. Darsning mazmuni

4.1. Nazariy qism

O‘pka kasalliklari diagnostikasi avvalam bor bemorlarning shikoyatlari, anamnez va organizmni fizikal tekshirish usulariga asoslanadi.

Balgamni tekshirish uning fizik xossalarini urganish, bakterioskopiya va bakteriologik ekishlardan iboratdir.

O‘pkasi kasallangan bemorlarda rentgenologik tekshiruvlar kuprok anik diagnoz kuyish imkonini beradi.

Tomografiya – bu katma-kat tasvir olishdan iborat bulib, bunda segment va subsegment bronxlaridagi uzgarishlar, limfa tugunlaridagi uzgarishlar, O‘pkadagi mayda destruktiv parchalanish, mayda bullani va kistani, uchokli soyalarni kurish mumkin.

Kompyuterli tomografiya – O‘pkadagi uchokning anik chegarasini, ulchamini aniklaydi, uning zichligini baxolashga sharoit tugdirib beradi.

Bronxoektatik kasalligining gumonida, uning shikastlanish darajasini va xarakterini aniklashda, O‘pkadagi yiringli destruktiv jaraenining anikrok xajmini aniklashda, surunkali O‘pka yiringli kasalligi va markaziy O‘pka orasida differensial diagnostika utkazish maksadida brongxografiya tavsiya etiladi.

Angiopulmonografiya – O‘pka arteriyasini katetrlashdan iborat bulib, bu tomirga rentgenkontrast modda yuborib kilinadigan tasvirdir. Bu muolaja O‘pkaning tugma kasalliklarida, O‘pka tomirlaridagi patologik jaraenlarda, O‘pka arteriyasining tromboemboliyasida, O‘pkaning surunkali kasalliklarida, O‘pka arteriyasida gemodinamikaning buzilish darajasini aniklash uchun, yomon kechuvchi O‘pka usmalarida, operabellikni aniklash maksadida bajariladi.

Bronxial arteriografiya – bronxial arteriyani katetrlash, O‘pkadan kon ketishning sababini, kon ketaetgan joyini xamda kon okishini tuxtatish maksadida ishlatiladigan muolaja xisoblanadi.

Bronxoskopiya – qattiq va fibrobronxoskopiyalarga bulinadi. Kursatmalar: markaziy joylashgan bronx usmasi, O‘pkadan kon ketishi, traxeya va bronxlardagi yet jism, O‘pka yiringli kasalliklarini diagnostikasi va sanatsiyalash maksadida.

Torakoskopiya – torakoskop yordamida plevra bushligini vizual kurikdan utkazish maksadida kullaniladigan muxim diagnostik va davolash usulidir.

O‘pkaning yiringli – destruktiv kasalliklari ogir patologik jaraen bulib, bu kasalliklarda ulim O‘pkadagi yiringli destruksiya xarakteriga kura turli mualliflar buyicha 8 – 75% ni tashkil etadi.

Biz kuprok Struchkov 1968 yilda taklif etgan tasnifini Toluzakov V.I. (1985y.) tomonidan mukamallashtirilgan xolatidan foydalanamiz. Ya'ni bu tasnifga asosan, patogenez buyicha: postpnevmonik, aspiratsion, pnevmonik, gematogen – embolik, surunkali pnevmoniya asosida ravojlanuvchi;



xarakteri buyicha: yiringli abssess, gangrenoz abssess, O‘pka gangrenasi;

joylashuvi buyicha: O‘pka segmenti, bulagi, butun O‘pkada;

jaraenning tarkalishi buyicha: yagona abssess, kuplab abssesslar ikki tomonlama abssesslar;

abssessning O‘pka ildiziga nisbatan joylashuvi buyicha: periferik (kortikal), markaziy (ildiz oldi);

ogirlik darajasi buyicha: yengil ,urta ogir, juda ogir;

asoratlar buyicha: asoratsiz, asoratli: O‘pkadan kon ketishi, plevra empiemasi (chegaralangan, total) taranglashgan piopnevmatoraks, sepsis, septikopiemiya.

Utkir yiringli abssess – bu nekrorzga uchragan O‘pka tukimasining yiringli chirishi bulib, u yiringa Tula yeki yiringli suyuklik satxiga ega bushlik xosil kiladi va piogen kapsulaga ega bulgan xolda, soglom O‘pka tukimasidan perifokal infiltratsiya orkali ajralib turadi.

O‘pka gangrenasi – O‘pkaning kata bir kismini anik chegaraga ega bulmagan yiringlab chirigan nekrozi bulib, tezda tarkalishi, juda ogir klinik kechimi bilan xarkterlanadi.

Utkir O‘pka abssesslarining klinik manzarasini ikkiga bulish mumkin, ya'ni bronxga yerilguncha va bronxga yerilgan boskichlar.

Kupincha kasallik utkir boshlanib, tana xaroratining kutarilishi, kuchli bezgak, shikastlangan tarafda kukrak kafasining ogrishi, nafas tezlashuvi, terlash va boshka intoksikatsiya belgilari, delirioz xolatlarni kuzatish mumkin. Birinchi boskichda yutal kuruk yeki oz mikdorda shillikli balgam ajralishi mumkin. Fizikal tekshiruvda tovush titrogining shikastlangan tarafda susayishi, perkussiyada – tovushninng bugikligi, auskultatsiyada – nafas susayishi yeki umuman eshitilmasligi aniklanadi. Kon analizida – leykotsitoz, leykotsitar formulaninig chapga siljishi, intoksikatsiya indeksining kutarilishi, rentgenologik tekshiruvda – uchokli gomogen korongulik aniklanadi.

Ikkinchi boskichda, kasallik boshlangandan 7-14 sutka utgach, kuyidagi klinik manzara kuzatiladi: yutal Bilan kup mikdordagi kulansa xidl, yiringli balgam ajralishi (sutka davomida 500 ml.dan kuprok). Bu xolatda klinik manzarada ijobiy dinamika kuzatiladi, ya'ni umumiy fxvol yaxshilanadi, intoksikatsiya belgilari kamayyadi, tana xarorati normallashadi, intoksikatsiya indeksi kamayyadi, leykotsitoz pasayyadi. Auskultatsiyada – abssess soxasida amforik nafas, kuplab xar xil kalibrli xul xirillashlar eshitiladi. Rentgenologik tekshiruvda suyuklik satxiga ega bulgan, ichki konturi tekis va atrofida perifokal infiltratsiyalik bushlik aniklanadi.

O‘pka gangrenasining klinik manzarasi: bemorning umumiy axvoli juda ogir, ter okishi, kuchli bezgaklar, tez-tez nafas olishi, 3-4 kun davomida bemorda yutal Bilan kup mikdorda kulansa xidli, badbuy balgam ajralishi ukzatiladi.balgam tindirilganda 3 katlamdan iborat buladi: pastki katlami O‘pka tukimasinig nekrozga uchragan parchalari. Urta kavvati – loykalangan suyuklikdan va yukori katlami – kupiksimon shillik yiringdan iborat.auskultatsiyada – nafas susayishi fonida kuplab turli kalibrli xul xirillashlar. Rentgenologik tekshiruvda bir O‘pkaning diffuz, bir xil darajada bulmagan koronguligi fonida kuplab okargan doglar, plevra bushligida kupincha suyuklik satxi yeki suyuklik gumoni aniklanadi.

O‘pka yiringli-destruktiv kasalliklarining eng kup uchraydigan asortlari, bu piopnevmotoraks, kontrlateral O‘pkaning pnevmoniyasi, O‘pkadan kon ketish. Boshka asoratlar - sepsis, pnemoperikardit, utkir buyrak yetishmovchiligi kamrok uchraydi.



O‘pka yiringili-destruktiv kasalliklarining konservativ terapiyasi.

Bu uslub operatsiyaga tayyorgarlik, yoki mustakil davolash usuli bulib, etiopatogegenez omillariga ta'sir etuvchi kuydagi tadbirlarni uz ichiga oladi:

-antibakterial terapiya-kullanuvchi erta tashxis uslublari (ekspress-bakterioskopiya, xromato-mass-spektrometriya ) mikroblarining kaysi guruxga ta'lukligini aniklash va erta maksadga muvofik antibakterial terapiya xamda S.M.Navashina, N.G.Fomina (1982) uslublari buyicha antibiotiklarni optimal birga kushish imkonini beradi. Keyinchalik (2-3 kundan sung) antibakterial terapiya mikroblarining assotsiatsiyasi, noklostridial anaerob va aeroblarning axamiyatini xisobga olgan xolda antibakterial preparatlarni kombinatsiyasi (kupincha aminoglikozid yeki sefalosporinlarni metronidazol bilan) dan foydalaniladi: - dezintoksikatsion terapiya – kuchaytirilgan diurez uslubi. Dilyutanatlar sifatida elektrolit eritmalari, gemodez, reopoliglyukin, glyubkoza eritmalari foydalaniladi. Jaraenning ogir yeki juda ogir kechimida gemosorbsiya, koni UF va lazer nurlari bilan nurlash amalga oshiriladi:

Suv-elektrolit buzulishlarini korreksiya kilish:

- yalliglanishga kashi vostialar (atsetilsalitsil kislotasi 0,5 grammdan kuniga 2-3 marta) yalliglanish shishini kaytarish, mikrotsirkulyasiyani yaxshilash imkonini beradi.

- kon ivish sistemasi va mikrotsirkulyasiyani normallashtirishga yunaltirilgan terapiya. Ma'lumki, UUYYaKda O‘pkaning yalliglanish soxasida mikrotsirkulyasiyanining buzulishi kuzatiladi. Shuning uchun davolash kompleksiga mikrotsirkulyasiyanining buzulishiga Karshi yunaltirilgan vositalari kiritiladi. Shu maksadda antiferment-krioplazma kompleksi (5-6 kun davomida yangi muzlatilgan plazma kuniga 150-300 ml., kontrikal 100 ming yeD, geparin 10-20 ming birlik, konning reologik xususiyatlarini yaxshilovchi preparatlar, antiagregantlar- reopoliglyukin, terntal, ksantinol nikotinat, kurantil) tayinlanadi:

- bronxolitik vositalar:

- immunitetni stimulyasiyalovchi vositalar: Yalliglanish fazasida aktiv immunizatsiya vositalari (stafilokokk anatoksini). Passiv immunizatsiya vositalari (gamma globulin, giperimmun plazma). Regeneratsiya fazasida xujayraviy immunitetni kuchaytiruvchi dekaris, T-aktivinlar kullaniladi.

- umumiy mustaxkamlash terapiyasi – gemotransfuziya, plazma va uning preparatlari, kon oksili urnini bosuvchi infuziyasi, glyukoza konsentratsiyalashgan eritmalari, anabolik prepartalar, vitaminlar.

- yurak – tomir vositalari:

- antioksidant ximoya- tokoferol atsetat, unitiol, moda almashunuviga ta'sir kiluvchi, tukimalarni regenaratsiyasi va reparatsiyasini yaxshiluvchi vostialar – metiluratsil, pentoksil, kaliy orotat.

- surulishni, nozik chandik xosil bulishni ta'minlovchi preparatlar – lidaza, ron idaza. Ushbu preparatlari regeniratsiya, epitelizatsiya va chandik xosil bulishi fazalari ta'inlanadi.

UUYDKda yalliglanish soxasida preparatlarni yukori konsentratsiyasini vujudga keltirmok davolashni muxim shartlaridan biridir. Bu kasalliklarda angiopulmonografiya va bronxoarteriografiya natijalari yalliglanish soxasida O‘pka arteriyasi sistemasi buylab batomom kon okimi tuxtashi yeki kamayishini tasdiklaydi. Shikastlangan O‘pka tukimasining xaet faoliyati bronxial sistemasi buyicha kon okimining aktivlashuvi xisobiga tutib turiladi. Bu xollarda davolash preparatlarining bronxial arteriyaga uzok regionar infuziyasi samarali natijasini beradi.

2 komponent – maxalliy sanatsiya. Bu kuyidagilarni ichiga oladi:

1) traxeo-bronxial daraxtning sanatsiyasi. Dori-darmonlarni traxeo-bronxial darax torkali yuborish: mikroorganizmga ta'sir kilish, yalliglanishga karshi, balgamni suyuklantirish va ajratish maksadida traxeo-bronxial daraxtni burun orkali kateterlash, mikrotraxeostomiya va bronxoskopiya yullari b-n bajariladi. Dori-darmonlar tarkibi: 2% 2,0 natriy bikarbonat, mikroorganizmning sezuvchanligiga karab ABlar, antiseptiklar (dioksidin, furagin), balgamni suyultiruvchilar (mukosalvin 10% -1,0), proteolitik fermentlar (tripsin,xemotripsin 10-15 mg), bronxolitiklar (eufillin 0,24 % -1,0, novodrin 0,5% - 0,5), gormonlar (gidrokortizon 25-50 mg).

2) abssess bushligi va plevra empiemasini sanatsiyalash – burun orkali bronxoskopiya yerdamida abssess bushligini kateterlash, transtorakal kateterlash, torakotsentez aktiv aspiratsiya Bilan, yiringli bushlikni yuvish. Bularning xammasi nafas olishni yaxshilanishiga, intoksikatsiya belgilarini kamayishiga va klinik – rentgenologik belgilarni tez orada yaxshilanishiga olib keladi. UUYDKda bajariladigan kata jarroxlik amalietlari: lobektomiya, bilobektomiya, pulmoektomiya. Jarroxlik amalietlari kursatmalar: O‘pkadan kon ketish asorati yeki 5-7 sutka davomida (bir taraflama jaraenda) utkazilgan kompleks davolashning effektsizligi.



Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:

«Qora quticha, o‘rgimchak ini»
4.2. Mashg‘ulotda qo‘llaniladiganyangi yangi pedagogik texnologiyalar:

«QORA QUTIChA» USULINI QO‘LLASh

Ushbu usul mashg‘ulot davomida xamkorlikda ishlash va har bir talabaning faol qatnashishini ko‘zda tutadi, o‘qituvchi butun guruh bilan ishlaydi.

Xar bir talaba qora qutichadan savol yozilgan kartochkani oladi.

Talabaga javob berish uchun 3 daqiqa beriladi. So‘ngra javoblar muhokama qilinadi. Usulning ohirida o‘qituvchi berilgan javoblarni muhokama qiladi va talabalarning faolligini aniqlaydi.

Ushbu usul talaba nutqi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va talabada mustaqil fikrlash, muloxaza yuritishni shakllantiradi.

Annotatsiya turlari:

44 yoshli bemorda kuchli soukda bolib ketishdan keyin tana xaroratini 39oSgacha ko‘tarilishi, ko‘krak qafasi o‘ng tomonida nafas olishda kuchayadigan og‘riq, yo‘talga shikoyat qilib keldi. Bemorga o‘tkazilgan kusli yallig‘lanishga qarshi vositalarga qaramasdan tana xarorati 8 kun davomida baland xolda saqlandi, keyingi kunlarda 200 ml atrofida yiring ajralishi kuzatildi va umumiy axvoli birdan normallashdi, tana xarorati tushdi, kurak suyagi sotida shng tomonda perkussiyada bo‘g‘ik tovush, susaygan tovush eshitiladi. Sizning birlamchi tashxisingiz .

Kaysi davolash usulini birinchi o‘ringa qo‘yish kerak: 70 yoshli bemor ko‘krak qafasiga yaqin joylashgan o‘pka o‘tkir abssessi va kuchli intoksikatsiya belgilari bor, tana xarorati 39-40oS gacha ko‘tariladi.


«O‘RGIMChAK INI» USULINI QO‘LLASh

Talabalarga o‘tgan darslardan savollar tayyorlash uchun vaqt beriladi.

Ishtirokchilar doira bo‘lib o‘tirishadi.

Ishtirokchilarning biriga ip bilan bog‘langan koptokcha beriladi, u xoxlagan talabaga o‘zi oldindan tayyorlagan savolni ( javobni o‘zi bilishi shart) berib, koptokchani topshiradi.

Koptokchani olgan talaba savolga javob beradi (savol bergan ishtirokchi javobni sharxlab turadi) va savolni boshqa ishtirokchiga beradi. Bu musobaka hamma ishtirokchilar “”o‘rgimchak ini”ga o‘ralguncha davom etadi.

Hamma talabalar savol berib bo‘lgach, ohirga talaba qo‘lidagi koptokchani birinchi savol bergan ishtirokchiga qaytaradi va unga savol beradi va x.k., bu xol chigal yechilgunga qadar davom etadi.

Eslatma: talabalardan xar bir javobga e'tiborli bo‘lish talab qilinadi, chunki oldindan qaysi talabaga koptokcha berilishi noma'lum.
4.3 Taxliliy qism

Vaziyatli masala:

56 yoshli bemorda nisbatan sog‘lom xolatda kuchli xansirash belgilari va o‘pka orqa pastki qismlarida o‘tkir og‘riqlar paydo bo‘lgan. 2 kundan keyin bemorda qon tuflash paydo bo‘lgan. Auskultatsiya ikala o‘pkada xam nam xirillashlar plevra sirpanishi shovqini, plevral bo‘shliqda suyuklik aniqlangan.




  • Sizning dastlabki tashxisingiz

  • Tekshiruv usullari

  • Differensial diagnostika

  • UASh taktikasi va davosi

30 yoshli bemorda profilaktik ko‘rik vaqtida ko‘krak qafasi rentgenogrammasida o‘ng o‘pka yuqori bo‘lagida yumaloq xajmli gomogen, aniq qirrali, diametri 6 smli soya aniqlangan. Oldin xech qanday kasallik o‘tkazmagan


  • Sizning birlamchi tashxisingiz

  • Diagnoz tasdiqlash uchun qanaqangi instrumental usullar qo‘llash kerak

  • Qaysi kasalliklar bilan differensial diagnostika o‘tkazish kerak

  • UASh taktikasi va davosi

5. Amaliy qism

Amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha topshiriqlarni bajarish (differensial tashxis o‘tkazish va so‘ngi tashxisni asoslash, to‘g‘ri parxez va rejali davoni belgilash)
1. DIFFeReNSIAL TAShXIS O‘TKAZISh VA SO‘NGI TAShXISNI ASOSLASh.

Maqsad: differensial tashxis o‘tkazish va so‘ngi tashxisni asoslashni o‘rgatish.



Chora tadbirlar

Bajarmadi

To‘liq bajardi

1

Klinik simptomlari ushbu kasallik bilan o‘xshash bulgan kasalliklarni keltirib o‘tish

0

25

2

Asosiy klinik sindromlarning differensial tashxisini o‘tka-zish

0

35

3

Shikoyatlar, anamnez, ob'ektiv va laborator tekshiruvlarga asosla-nib va differensial tashxis utkazib sungi tashxisni qo‘yish

0

40




Jami

0

100



Plevral punksiya texnikasi

Maqsad: ko‘krak qafasi jaroxatida birinchi yordam

Ko‘rsatma: pnevmotoraks va gemotoraks xolatlari

Anjomlar: punksion igna, qisqich, 20 – grammli shprits, spirt, bog‘lama material, leykoplastir, 0,5 % - li novokain.

Bajariladigan boskichlar:



Chora tadbirlar

Bajarmadi

To‘liq bajardi

1

Bemorga stulga o‘tirishtirish




5

2

Amaliyot soxasiga ishlov berish




15

3

Amaliyot soxasini anestiziya qilish ( penvomtoraksda II qovurg‘a oralig‘i va gidrotoraksda orqa qo‘ltiq osti yachizig‘i bo‘yicha VII – VIII oralig‘i).




20

4

II yoki VII – VIII qovurg‘alar oralig‘ida qovurg‘a yuqorigi qirrasidan ignani kiritish




20

5

Shpritsni tortib bo‘shliqqa tushish xisi bo‘lmaguncha ignani kiritish




20

6

Shpritsni tortib xavoni tortib olish




10

7

Ignani olib tashlash va aseptib bog‘lam qo‘yish




10




Jami




100



Torakotsentez amaliyoti

Maqsad: plevral bo‘shliqda yig‘ilib qolgan suyuqlik yoki eksudatni olib tashlash va plevrl bo‘shliq dnejlanishini tashkil etish

Ko‘rsatma: plevral bo‘shliqda yig‘ilib qolgan suyuqlik yoki eksudat

Anjomlar: kanyula uzunligi 8-15 smrezinali perexodnik qisqich, , 20 – grammli shprits, spirt, bog‘lama material, leykoplastir, 0,5 % - li novakain

Bajariladigan boskichlar:



Chora tadbirlar

Bajarmadi



To‘liq bajardi

1

Ko‘lkoplarni kiyish




5

2

Torakotsentez ko‘krak qafasi oldingi devori II – III qovurg‘alar oralig‘i yoki yon devorida qilinadi -




5

3

Yon devorda torakotsentez amaliyotida bemor xolati qarama qarshi tomonga ag‘darilgan. Ko‘krak qafasi oldingi devorida torakotsentez amaliyotida bemor xolati chalqancha va valik qo‘yilgan yoki o‘tirgan xolatda




15

4

Teri skalpel bilan kesiladi va ushlab turuvchi choklar qo‘yiladi




15

5

Troakarni plevral bo‘shliqqa kiritish (qovurg‘a yuqorigi qirrasi bilan) va stiletini olb tashlash




20

6

Troakar orqali plevral bo‘shliqqa drenaj kiritish drenaj tashqi uchini qisqichga olish




20

7

Troakar trubkasini olib tashlash va drenajni oldin qo‘yilgan iplar orqali teriga fiksatsiya qilish va keyingi tekshiruv rejasini tuzib olish




5

8

Drenaj atrofiga antiseptik suyuqlik bilan ishlov berish va steril salfetkalarni qo‘yish va drenajni doimiy aspiratsion sistemaga ulash




5

9

Plevral punksiyadan keyin rentgen kontrol. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlari - qon ketish, qon tuflash, o‘pkadan xavo chiqishi qaysiki zudlik bilan plevral bo‘shliq aktiv aspiratsiya talab etadi




10




Jami




100



6. Malaka, ko‘nikma va bilimni tekshirish usullari

- og‘zaki;

- yozma;

- vaziyatli masalalar yechish;

- egallangan amaliy ko‘nikmalarni namoyish etish;
7. Joriy nazoratni baholash mezoni



O‘zlashtirish

% da


Baho

Talabaning bilish darajasi

1

96-100%

A'lo

“5”


- hulosa va qaror qabul qila biladi

- ijodiy fikrlay oladi

- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondasha

oladi

- vaziyatli masalalarni to‘liq



asoslangan javob bilan to‘g‘ri

yecha biladi

- savolni mohiyatini tushunadi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


2

91-95%

A'lo

“5”


- ijodiy fikrlay oladi

- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondasha

oladi


- vaziyatli masalalarni to‘liq

asoslangan javob bilan to‘g‘ri yecha

biladi

- savolni mohiyatini tushunadi



- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega



3

86- 90%

A'lo

“5”


- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondasha

oladi

- vaziyatli masalalarni to‘liq



asoslangan javob bilan to‘g‘ri yecha

biladi


- savolni mohiyatini tushinadi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


4

81-85%

Yaxshi

“4”


- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik ko‘rsatadi

- vaziyatli masalalarni yecha biladi,

lekin javobini asoslay olmaydi

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


5

76-80%

Yaxshi

“4”


- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

faollik ko‘rsatadi

- vaziyatli masalalarni yecha biladi,

lekin javobni isboti to‘liq emas

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


6

71-75%

Yaxshi

“4”


- vaziyatli masalalarni to‘g‘ri yecha

biladi, lekin javobni isboti

to‘liq emas

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega



7

66-70%

Qoniqarli

“3”


- savolni mohiyatini tushuna biladi

- vaziyatli masalalarni to‘g‘ri yecha

biladi, lekin javobini isbotlay

olmaydi


- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- mavzuni alohida savollari

yuzasidan aniq tasavvurga ega


8

61-65%

Qoniqarli

“3”


- vaziyatli masalalarni yechimida

xatoliklarga yo‘l qo‘yadi

- biladi, ishonch bilan aytib bera

olmaydi


- mavzuning alohida savollari

yuzasidan aniq tasavvurga ega



9

55-60%

Qoniqarli

“3”


- biladi, ishonch bilan aytib bera

olmaydi


- qisman tasavvurga ega

10

50-54%

Qoniqarsiz “2”

Savollarning 1/3 javob beradi. Vaziyatli masalalar noto‘g‘ri yechilgan.

11

46-49%

Qoniqarsiz “2”

Savollarning 1/4 javob beradi. Vaziyatli masalalar noto‘g‘ri yechilgan.

12

41-45%

Qoniqarsiz

“2”


Savollarning 1/5 javob beradi. Vaziyatli masalalar noto‘g‘ri yechilgan

13

36-40%

Qoniqarsiz “2”

Savollarning 1/10 javob beradi. Vaziyatli masalalar noto‘g‘ri yechilgan

14

31-35%

Qoniqarsiz “2”

- hyech qanday tasavvurga ega emas

- bilmaydi




8. Mashg‘ulotning xronologik xaritasi



Mashg‘ulot bosqichlari

Mashg‘ulot shakli

Davomiyligi

(min.)


1

O‘qituvchining kirish so‘zi (mavzuni asoslash)




15

2

Amaliy mashg‘ulot mavzusini muhokama qilish, yangi pedagogik texnologiyalar (kichik guruhlar, munozara-bahs, vaziyatli masala, «qorbo‘ron», «aylana stol» va h.k.), shuningdek, ko‘rgazmali materiallar (slayd, audio-videokasseta, mulyaj, fantom, EKG, rentgenogramma va h.k.)ni qo‘llagan holda talabalarning dastlabki bilim darajasini tekshirish

So‘rov, tushuntirish

75

3

Muhokamaga yakun yasash




15

4

Talabalarga mashg‘ulotning amaliy qismini bajarish uchun topshiriq berish. Topshiriqlarni bajarish tartibi bo‘yicha ko‘rsatmalar va tushuntirish berish. Mustaqil kuratsiya




30

5

Talabalarni mashg‘ulotning amaliy qismini o‘qituvchi yordamida egallashi (tematik bemor kuratsiyasi)




45

6

Talabalarning o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini va amaliy ish natijalarini muhokama qilish, mustahkamlash va mashg‘ulot maqsadiga erishilganlik darajasini hisobga olgan holda guruh faoliyatini baholash

og‘zaki so‘rov, test, munozara-bahs, amaliy ish natijalarini tekshirish

75

7

Ushbu mashg‘ulot bo‘yicha o‘qituvchining xulosasi, har bir talaba faoliyatini 100-ballik tizim bo‘yicha baholash va e'lon qilish. Keyingi darsga tayyorlanish uchun talabalarga vazifa berish (savollar to‘plami)

Axborot,

mustaqil tayyorlanish uchun savollar



15



9. Tekshiruv savollari

1.O‘pka o‘tkir yiringli kasalliklari rivojlanish sabablari.

2. O‘pka o‘tkir yiringli kasalliklari patogenezi .

3. O‘pka o‘tkir yiringli kasalliklari diagnostik usullari, invaziv va kam invaziv usullar roli, kursatma va karshi kursatmalar.

5. O‘pka o‘tkir yiringli kasalliklari konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar.

6. O‘pka o‘tkir yiringli kasalliklari xirurgik davolash uchun ko‘rsatmalar.

7. O‘pka o‘tkir yiringli kasalliklari xirurgik davolash umumiy prinsiplari, profilaktikasi.

10. Tavsiya etilgan adabiyotlar

I. Asosiy:


  1. 1 Sh.I.Karimov «Xirurgik kasalliklar», 1991 g.

  2. M.I.Kuzin «Xirurgicheskie bolezni», 1986 g.

  3. Kolesnikov «Rukovodstvo po xirurgii lyogkix i plevrы» 1987 g.

  4. Sh.I.Karimov, N.F.Krotov, Z.F.Shoumarov «Gnoyno-destruktivnыe zabolevaniya lyogkix i plevrы» 1996 g.

  5. J.Z.Hagen, J.D.Hardy “Lung abscess revisited”, Ann Surg, 1983 № 6

  6. J.M.Joseph, Y.Millery “Empiema thoracis”, Ann Surg, 1990



II. Qo‘shimcha:

7. Astapenko V.G. Prakticheskoe rukovodstvo po xirurgicheskim boleznyam. Minsk, 2004.

8. Savelev V.S. 50 leksii po xirurgii. Moskva 2004.

9. Diagnosticheskiy spravochnik xirurga – Astafurov V.N. 2003.

10. Laparoskopicheskaya i torakoskopicheskaya xirurgiya – Konstantin Frantzaydes. 2000.

11. Zdravыy smыsl v neotlojnoy abdominalnoy xirurgii – Moshe Shayn.2003g

12. Neotlojnaya abdominalnaya xirurgiya – Maystrenko N.A.2002g

13. Abdominalnaya xirurgiya – Grigoryan R.A. V 2-x tomax.2006g



14. Ma'ruza mavzusi bo‘yicha Internetdagi manzillar Mavzu bo‘yicha Internetdagi saytlar:

http://www.tma.tmn.ru/Vestnik

http://medi.ru/doc/83.htm

http://www.rmj.net/index.htm

http://www.consilium-medicum.com/media/refer

http://www.mediasphera.aha.ru
Download 45,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish