Toshkent tibbiyot akademiyasi sud tibbiyoti va tibbiyot xuquqi kafedrasi



Download 325,5 Kb.
bet1/4
Sana22.06.2017
Hajmi325,5 Kb.
#11946
  1   2   3   4
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
SOG'LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
SUD TIBBIYOTI VA TIBBIYOT XUQUQI KAFEDRASI


«Tasdiqlayman»

o'quv ishlari bo'yicha

prorektor, prof. O.R.Teshaev

_______________________

«_____»____________20___ y.
SUD TIBBIYOTI FANIDAN

ISHCHI DASTUR


Bilim sohasi

700000 – Sog'liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot

Ta'lim sohasi

720000 – Sog'liqni saqlash

Ta'lim yo'nalishi

5720100 – «Davolash ishi»

5140900 – «Kasbiy ta'lim» (5720100 – Davolash ishi)




Umumiy ish hajmi, soatlarda – 90

SHu jumladan:

Ma'ruza – 12

Amaliy mashg'ulot – 48

Mustaqil ish – 30



TOSHKENT

Tuzuvchilar:
I.I.Baxriev - Sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasi mudiri, dotsent.

SH.Y.Beknazarov - Sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasi dotsenti.




Taqrizchilar:
A.I.Iskandarov - ToshPMI Sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasi mudiri, professor.

R.I.Isroilov - TTA Patalogiya kafedrasi mudiri, professor.

1. Kirish

“Sud tibbiyoti” fani tibbiy va umumbiologik bilimlar va tadqiqotlar majmuini ifodalovchi fan bo'lib, o'zining rivojlanishi, takomillashishi va amaliyotga tadbiq etilishida adliya va sog'liqni saqlash muammolarini echishda aniq maqsadga erishishni ko'zda tutadi.


1.1. O'quv fanining maqsadi va vazifalari

Fanni o'qitishdan maqsad – talabalarning sud tibbiyoti bo'yicha nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarini o'zlashtirishi, hamda sud tibbiyoti eksperti vazifasini bajarish uchun umumiy amaliyot shifokorini tayyorlash hisoblanadi.

Fanning vazifalari:

- talabalarni sud-tibbiy xizmatning protsessual va tashkiliy asoslari bilan tanishtirish;

- talabalarga, murdani voqea sodir bo'lgan joyda ko'zdan kechirishda sud tibbiyoti sohasidagi mutaxassisning faoliyati, o'lim yuz berganligini va vaqtini aniqlash usullari, kiyimdagi va tanadagi jarohatlarni tavsiflashni ko'rsatish;

- talabalarga, turli sabablardan vafot etgan shaxslar murdasini sud-tibbiy tekshirish usullari va ekspert xulosasini tuzishni o'rgatish;

- talabalarni, o'tkir va o'tmas jismlar, hamda o'q otar quroldan etkazilgan jarohatlarni sud-tibbiy tekshirish usullari bilan tanishtirish;

- talabalarni, tirik shaxslar sud-tibbiy ekspertizasi, shuningdek tan jarohatlarining og'irlik darajasini baholash, ko'rikdan o'tkazish dalolatnomasini va ekspert xulosasini tuzishning asosiy printsiplari bilan tanishtirish;

- talabalarga, daliliy ashyolarni yig'ish, o'rash, laboratoriyalarga yuborish usullarini o'rgatish; talabalarni, tibbiy hujjatlar va dastlabki sud-tergov materiallari bo'yicha ekspertiza o'tkazish bilan tanishtirish;

- tibbiyot xodimlarining kasbiy huquqbuzarliklaridagi javobgarlik bilan tanishtirish.



1.2. Fan bo'yicha talabalarning bilimiga, ko'nikma va

malakasiga qo'yiladigan talablar

“Sud tibbiyoti” o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

- o'limning yuz berganligini aniqlash, tergovchi tomonidan tuziladigan dalolatnomada murda holatini va undagi kiyim, murda o'zgarishlari, jarohatlarni tavsiflash bilan tashqi ko'rik ma'lumotlarini qayd etish, o'lim muddatini aniqlash;

- hodisa sodir bo'lgan joyda biologik ashyoviy dalillarni topish, yig'ish va o'rashda tergovchiga yordam berish;

- murdalar sud-tibbiy tekshiruvini o'tkazish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, o'lim haqida vrach guvohnomasini tuzish;

- tirik shaxslar sud-tibbiy ekspertizasini o'tkazish, ekspert xulosasi va dalolatnomasini tuzish, jumladan tan jarohatlarining og'irlik darajasini baholash;

- to'satdan o'lim, mexanik jarohatlar, zaharlanishlar va boshqa sud-tibbiy ekspertiza ma'lumotlaridan ushbu noxush holatlarning profilaktikasiga qaratilgan chora-tadbirlar o'tkazish;

- murda va tirik shaxslar sud-tibbiy ekspertizasida laborator tekshiruvlarga material olish va ushbu tekshiruvlar natijalarini baholash;

- tibbiy xodimlarning kasb huquqbuzarliklari holatlarida o'tkazilgan ekspertiza materiallari bo'yicha aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar o'tkazishni bilishi kerak;

- murdani tekshirish usullari;

- laboratoriya tekshiruvlari uchun murdadan material olish usullari;

- sud tibbiy tashxis tuzish;

- ekspert xulosasi to'xtamlarini tuzish;

- tirik shaxslar ekspertizasini o'tkazish usullari, xulosa va dalolatnoma tuzish;

- tan jarohatlarining og'irlik darajasini baholash;

- sud-tergov materiallari bo'yicha ekspertiza o'tkazish va xulosa tuzish ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak.

- voqea joyini ko'zdan kechirish;

- murdani topilgan joyida ko'zdan kechirish;

- o'lim yuz berganligini aniqlashning asosiy usullari;

- o'lim muddatini aniqlash;

- murda kiyimlarini ko'zdan kechirish va tavsiflash;

- ilk va kechki murda o'zgarishlari va jarohatlarini tavsiflash malakalariga ega bo'lishi kerak.


2. O'quv yuklamasi hajmi


Ish hajmi




Auditoriya mashg'ulotlar turi bo'yicha o'quv yuklamasining taqsimoti (soatda).


Mustaqil ish



Jami

Ma'ruza

Amaliy mashg'ulot

Seminar

Laboratoriya ishlari




90

12

48

-

-

30

Download 325,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish