3. Ma'ruzalar kursi.
3.1. Ma'ruzalar tematik rejasi
Ma'ruza №
|
Ma'ruza mavzusi
| Soatlar soni |
1.
|
Sud tibbiyoti fani va rivojlanish tarixi. Sud tibbiy ekspertizaning tashkiliy va protsesssual asoslari
|
2
|
2.
|
Sud-tibbiy tanatologiya
|
2
|
3.
|
Kislorod tanqisligi natijasida sog'liqning buzilishi va o'lim. Mexanik asfikciya
|
2
|
4.
|
Sud tibbiy travmatologiya. Mexanik jarohatlar
|
2
|
5.
|
Ayrim fizik omillarning ta'siridan jarohat va o'lim
|
2
|
6.
|
Sud toksikologiyasi. Zahar va zaharlanishlar
|
2
|
1. Mavzu: «Sud tibbiyoti fani va rivojlanish tarixi. Sud tibbiy
ekspertizasining tashkiliy va protsesssual asoslari» - 2 soat.
1.1. Ma'ruza maqsadi: Tinglovchilarni O'zbekiston Respublikasi JK va JPK moddalari bilan tanishtirish. Sud tibbiyotining vazifalari, uning umum tibbiy fanlar va yurisprudentsiya bilan bog'liqligi, shaxsni va uning daxlsizligini himoya qilishda qonunning qo'llanilishi. Talabalarni sud tibbiyoti tarixi, sud-tibbiy xizmatning O'zbekistonda shakllanishi va rivojlanishi bilan tanishtirish.
3.1.2. Kutilayotgan natijalar: Mazkur ma'ruza talabalarga sud tibbiyotining xuquq-tartibot organlari faoliyatidagi va uning daxlsizligini himoyalashda qonundan foydalanish, kasalliklar va jarohatlarni oldini olishda tibbiyot xodimlarining faoliyatini tahlil etish.
1.3. Ma'ruza mazmuni: Sud tibbiyoti tushunchasi, vazifalari va ahamiyati. Sud tibbiyotining boshqa tibbiy fanlar bilan bog'liqligi. Sud tibbiyotining huquqshunoslik fanlari bilan bog'liqligi, uning jamiyatdagi ahamiyati. O'zbekistonda sud-tibbiy xizmat tuzilmasi va tashkiloti. Sud tibbiyotining tarixi. Rossiya va boshqa davlatlar sud tibbiyotining tarixi. O'zbekistonda sud tibbiyoti va sud-tibbiy xizmatning shakllanishi va rivojlanishi.
1.4. O'qituvchi chizmalari: Huquqning sud tibbiyoti bilan bog'liqligi: O'zbekiston Respublikasi jinoiy, jinoiy-protsessual kodekslari. Davlat, iqtisodiy, fuqaroviy, jinoiy, jinoiy-protsessual, fuqaroviy protsessual huquqlar tafovut qilinadi. Ular o'zaro uzviy bog'liq. Bundan tashqari huquq vazifalarini amalga oshirishda qo'llaniladigan boshqa huquqiy bilim sohalari bilan bog'liqlik mavjud. Jinoiy huquq - bu davlat tomonidan belgilab qo'yilgan huquqiy normalar yig'indisi. Jinoiy huquq-bu yuridik fan bo'lib, jinoyatni ta'riflab beradi va kvalifikatsiyalaydi. Agarda qonunbuzarlik sodir etilsa, qonunni buzgan fuqaro davlat sud organlari oldida javobgar hisoblanadi. Bu qonunbuzarlik qilish va jinoyat ko'rinishlarida bo'lishi mumkin.
Sud tibbiyotining asosiy maqsadi - shaxsga qarshi, ya'ni inson sog'lig'i va hayotiga va jinsiy dahlsizligiga qarshi jinoyatlarni fosh etishda huquq organlariga yordam berish.
Har bir Davlatda Jinoyat kodeksi mavjud - bu qonunlar majmui bo'lib, jamiyatdagi qanday harakatlar jinoyat ekanligi va sodir etilgan jinoyat uchun jazo belgilangan.
Mamlakatimizda shaxsni muhofaza qilish, jamiyatdagi aloqalar tizimi orqali amalga oshiriladi. SHaxsni, uning huquqlariga qarshi tajovuzlardan himoya qilishda jinoiy qonunchilik muhim ahamiyat kasb etadi.
JPK jinoiy ishlarni yuritishda tergov va sud jarayonining tartiblarini belgilaydi.
Ekspertiza belgilanadi: dastlabki tergov yoki sud jarayonida fan, texnika, san'at va hunarmandchilikda maxsus bilimlar lozim deb topilganda. Ushbu masalalarni hal etish uchun jalb qilinadigan shaxslar ekspertlar deb nomlanadilar. Sud-tibbiy ekspertiza surishtiruvchi, tergovchi qarori yoki sudning ajrimiga asosan o'tkaziladi. Sud-tibbiy ekspertning protsessual faoliyati O'zbekiston Respublikasi jinoyat va jinoyat-protsessual kodekslarida aks ettirilgan. Uning protsessual faoliyati esa sud-tibbiy ekspertiza o'tkazish to'g'risidagi “Yo'riqnoma” va “Qoidalar” bilan belgilab qo'yilgan.
Ekspert xulosasi dalillardan biri hisoblanib, ekspertning mutaxassislik bilimlariga tayanib, har tomonlama o'tkazilgan ob'ektiv tekshirishlar asosida tuziladi va ekspertning bergan xulosasi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasida sud tibbiyoti ekspertining huquqiy holati. Qisqacha tarix. Sud tibbiyoti-fan nomlanishi sifatida 1690 yil Bon tomonidan kiritilgan. Sud tibbiyoti tibbiyotning bir sohasini tashkil etadi. Sud tibbiyotida turli tekshirish usullari qo'llaniladi. Ularning asosiy qismi sud tibbiyoti uchun xos hisoblanadi. Sud tibbiyotining shakllanishi qadim zamonlarga borib taqaladi. Qadimiy Rimda eramizdan avvalgi 44 yilda, YUliy TSezar murdasini tekshirgan saroy shifokori 23 ta yara borligini va ulardan bittasi o'limga olib kelganligini ta'kidlagan.
Abu Ali ibn Sinoning sud tibbiyotiga oid tadqiqotlari murdani tekshirish, travmatologiya, toksikologiya, ashyoviy dalillarni tekshirish sohalarida aniqlangan.
Murdani sud tibbiyotiga oid tekshirish uchun ruxsat olish katta ahamiyat egallagan. XIV asrda Frantsiyaning Monpelьe shahrida murdani tekshirish uchun birinchi marta ruxsat berilgan.
Osiyoning ayrim mamlakatlarida (Xitoy, YAponiya, Koreya) sud tibbiyoti XIII asrdan rivojlana boshlagan. 1927 yilda Xitoyda sud tibbiyoti bo'yicha “Si YUanь Lu” traktati chop etilgan. XVI asr oxirlarida Frantsiyada birinchi marotaba Ambruaz Parening sud tibbiyotiga oid maqolalari chop etildi. XVII asrning oxirlarida bir qator sud-tibbiy bayonotlar chop etildi. Sud tibbiyotining ilmiy rivojlanishida Pare, Fidelis va Zakxiasning maqolalari asos soldi.
1683 yilda SHreyer tomonidan go'dakning tirik tug'ilganligini aniqlash maqsadida Galenning “o'pka sinamasi” qo'llanildi. XIX-XX asrlarda sud tibbiyotiga katta hissa qo'shgan olimlar etishib chiqdi.
Sud tibbiyoti va sud-tibbiy ekspertizaning O'zbekistonda shakllanishi va rivojlanishi. Sud tibbiyoti O'zbekistonda huquq amaliyoti talablariga javoban paydo bo'ldi. Abu Ali ibn Sino o'zining “Tib qonunlari” kitobida turli yo'nalishlarni yoritgan, shuningdek uning ayrim ma'lumotlari yuz yillar davomida tergov va sud muammolarini xal etishda qo'llanildi. Ibn Sino murda belgilarining hosil bo'lish mexanizmlarini tushintirib berishga harakat qilgan. Uning maqolalarida o'limning ikki kategoriyaga bo'linishini ko'rish mumkin. Ibn Sino o'z tadqiqotlarida zaharlanish holatlarida zaharning dozasi, miqdori, sifati, tozaligi va yuborish yo'liga bog'liqligini ko'rsatgan. SHuningdek suyak qoldiqlaridan shaxsni identifikatsiyalash haqidagi ta'limotlarni topish mumkin.
O'zbekistonda sud tibbiyoti va sud-tibbiy xizmatning tashkil topishi, shakllanishi va rivojlanishi sud tibbiyoti kafedralarining tashkil etilishi bilan chambarchas bog'liq.
1.5. Ma'ruza jihozlanishi: Prezentatsiya, slayd.
1.6. Nazorat savollar: Sud tibbiyotining asosiy vazifalarini keltiring; sud tibbiyotining 4 ta ob'ektlarini ko'rsating; sud-tibbiy ekspertizasining 6 ta bo'limini; sud-tibbiy ekspertizasining 5 ta turini; sud-tibbiy ekspertiza o'tkazilishi zarur bo'lgan 2 holatni ko'rsating; O'zbekiston Respublikasi JPKda sud-tibbiy ekspertning 8 ta asosiy huquqlarini ko'rsating.
1.7. Adabiyotlar.
Asosiy:
1. J.J.Jalolov Sud tibbiyoti. T., 1996 y.
2. V.N.Kryukov. Sudebnaya meditsina M., 1998 y.
3. L.V.Popov. Sudebnaya meditsina SPB., 2000 y.
Qo'shimcha:
4. O'zbekiston Respublikasi jinoyat va jinoyat-protsessual kodekslari. T., 1995y.
5. O'zbekiston Respublikasi SSV 551-buyrug'i. T., 1992y.
Internet ma'lumotlari quyidagi saytlardan olinadi: www.sudmed.ru., www.medline.ru
2. Ma'ruza mavzusi: Sud-tibbiy tanatologiya – 2 soat.
2.1. Ma'ruza maqsadi: Mashg'ulot tinglovchilarni o'lim haqidagi ta'limot (tanatologiya) tushunchasi, o'lish jarayonining dinamikasi, klinikasi, o'limda biokimyoviy va morfologik o'zgarishlar bilan tanishtirishga bag'ishlangan. Sud tibiiy tanatologiyaning xususiyatlarini va murdani patologoanatomik tekshirishdan farqini yoritish; sud-tibbiy tanatologiyaning birinchi darajali vazifalari-jinoyatga qarshi tergov organlariga va kasalliklarni oldini olish va diagnostikasida sog'liqni saqlash xodimlariga yordam ko'rsatish; sud-tibbiy tanatologiyaning gerontologiya, evtanaziya, reanimatologiya, transplantologiya bilan bog'liqligini yoritish; talabalarni go'dak o'ldirish, yangi tug'ilgan chaqaloq murdasini tekshirish vajlari, to'satdan o'lgan shaxslar murdasini tekshirish xususiyatlari bilan tanishtirish.
2.2. Kutilayotgan natijalar: Tinglovchilar muhim nazariy bilimlarga va amaliy mashg'ulotlarda murdalarni tekshirish amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishi.
2.3. Ma'ruza mazmuni: O'lim haqidagi ta'limot (tanatologiya). Klinik va biologik o'lim. Umumiy va xususiy tanatologiya va uning patologik anatomiyadan farqi. O'lish tiplari. O'tkir (miya) va agonal (somatik) o'lim, ularning morfologik xususiyatlari. Sud-tibbiy tanatologiyaning gerontologiya, evtanaziya, transplantalogiya va reanimatologiya bilan bog'liqligi. O'lim klassifikatsiyasi. O'lim sabablarini konkurentsiyasi. Nozo'raki o'lim holatlarida murdani sud-tibbiy tekshirish va go'dak murdasini tekshirish. Go'dak o'ldirish tushunchasi va uning turlari. Go'dak murdasini tekshirish uchun asoslar. Go'dak murdasini tekshirishda hal etiladigan savollar, o'lim sababini aniqlash.
2.4. O'qituvchi chizmalari: O'lim tushunchasini alohida hayot tushunchasi bilan o'zaro bog'lamasdan tasavvur etish mumkin emas. O'lim (biologik)-organizm hayot faoliyatining batamom to'xtashi, qaytadan tiklab bo'lmaydigan holatdir. O'lim to'g'risidagi ta'limot tanatologiya deb ataladi. Zamonaviy tanatologiya vazifalariga terminal holatlarga aloqador masalalar, o'lim jarayoni (tanotogenez), klinik, biokimyoviy va morfologik o'zgarishlar dinamikasi kiradi.
Sud tibbiyoti tanatologiyasi umumiy va xususiy tanatologiyalarga bo'linadi. Umumiy tanatologiya o'limning kelib chiqishi, uning dinamikasini, murdadagi o'zgarishlar, unga tashqi muhit ta'siri, o'lim sabablarini aniqlashda murdani tekshirish xususiyatlari, sun'iy konservatsiya va murdani dafn etish xususiyatlari va hokazolar bilan shug'ullanadi. Xususiy tanatologiya ushbu masalalarni turli kasalliklar, jarohatlarga bog'liq ravishda o'rganadi.
Sud-tibbiy tanatologiya birinchi navbatda zo'raki o'lim va unga gumon bo'lgan holatlar masalasini o'rganadi. Bu tekshirishlar odil sudlov uchun jinoyatga qarshi kurashda va sog'liqni saqlash masalalari faoliyatini takomillashtirish va profilaktika uchun yordam beradi. Sud tibbiyoti amaliyotida murdani tekshirish muhim o'rin egallaydi va u sud-tibbiy ekspert tomonidan amalga oshiriladi.
O'limning ikki turi tafovut qilinadi: markaziy va somatik o'lim. O'limning birinchi turida terminal holat deyarli kuzatilmaydi yoki qisqa muddatli kechadi. Bosh miya kislorod tanqisligiga o'ta sezgir. Miya hujayralari kislorod tanqisligi natijasida distrofik o'zgarishlarga uchraydi. Ushbu holatda miya po'stlog'i ta'sirlanadi va inson xushini yo'qotadi, undan keyin nafas va yurak qon tomirlar faoliyati to'xtaydi.
O'limning somatik turi terminal holat uzoq muddatli agoniya bilan ta'riflanadi. Bunda organizm hayot faoliyatini saqlab qolish uchun barcha mexanzmlar kurashishga kirishadi. Ichki a'zolar qon tomirlari, ayniqsa periferik qon tomirlar torayib, qonni ahamiyatli bo'lgan yurak va miyaga tarqatadi. Natijada bu a'zolar boshqa a'zolarga nisbatan uzoq vaqt tirik qoladi.
Tanatologiyaning yuvinologiya, gerontologiya, evtanaziya, reanimatologiya va transplantologiya fanlari bilan bog'liqligi. O'lim hayotning yakuni bo'lib, u bilan chambarchas bog'liq, ya'ni hayot borki o'lim muqarrar. Hayot qiyofasi-bu ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy-ijtimoiy omillar majmuidir. SHu bois, halq hayoti farovonligining ham madaniy, ham maishiy jihatdan o'sishi inson umrini uzaytirishga olib keladi. Gerantologiya qariyotgan organizm muammolarini hal qilish uchun izlanish o'tkazsa, yuvinologiya esa insoniyat hayotini uzaytirish muammolarini echish uchun tadqiqotlar olib boradi.
Evtanaziya-bemorni o'lim oldi azoblaridan, jon talvasasidan qutqarish uchun o'limni tezlashtirish. Ikki turdagi evtanaziya tafovut qilinadi: ochiq va yashirin.
Tanatalogiya rivojlanishi reanimatologiya (tiriltirish) fani bilan bog'liq. Bu fan patofiziologik o'zgarishlarni inobatga olib 5-6 daqiqalik klinik o'lim vaqtini uzaytirish imkoniyatlarini izlaydi.
Nozo'raki o'lim holatlarida murdani sud tibbiyotiga oid tekshirish.
Sud tibbiyotida to'satdan va kutilmagan o'lim tafovut qilinadi. To'satdan “sog'lom” shaxsning o'limi fojiaga, qotillikka shubha tug'diradi. To'satdan o'limning asosiy sabablari yurak-qontomir tizimi kasalliklari bo'lib, ular 65-70 %ni tashkil etadi. Ateroskleroz va uning og'ir asoratlaridan biri miokard infarqti ko'pincha o'lim sababi bo'ladi. Arterial gipertoniya to'satdan o'lim sababi sifatida aterosklerozdan keyin ikkinchi o'rinda turadi. To'satdan ro'y bergan o'lim holatlarida tashhis qo'yishning zamonaviy usullari. To'satdan o'limlarning oldini olishda murdani sud tibbiyotiga oid tekshirishning ahamiyati.
YAngi tug'ilgan chaqaloq murdasini tekshirish. CHaqaloq murdasini tekshirish vajlari. CHaqaloq tushinchasi. Go'dakning yangi tug'ilganlik mezonlari. YAshashga qobiliyatlilik va tirik tug'ilganligini aniqlash. Homilaning ona qornida yashash muddatini aniqlash. Bolaning tug'ilgandan so'ng yashagan vaqtini aniqlash. CHaqaloqning o'limi sababini aniqlash. Go'dak o'ldirish tushunchasi. Aktiv va passiv go'dak o'ldirish.
2.5. Ma'ruzaning jihozlanishi: - prezentatsiya, slaydlar.
2.6. Nazorat savollar: O'lim sabablari konkurentsiyasi. Sud-tibbiy tanatolgiya, uning gerantologiya, antropologiya, transplantologiya, reanimatogiya va evtanaiya bilan bog'liqligi. O'limning dastlabki belgilari. O'lim konstatatsiyasi. Myuller-Gekkel biologik qonuniyatining o'lim jarayonida namoyon bo'lishi. Zo'raki va nozo'raki o'lim holatlarida sud-tibbiy ekspertiza. Go'dak murdasini sud-tibbiy tekshirish vajlari. Murda sud-tibbiy tekshiruvining maqsadi va ob'ektlari. Murda erta va kechki o'zgarishlarining sud-tibbiy ahamiyati. O'lim yuz berishini morfologik belgilar bo'yicha aniqlash. Markaziy va somatik o'limning morfologik belgilari. Noma'lum shaxs murdani tekshirish xususiyatlari, shaxsni identifikatsiyalash usullari. Skeletlangan va bo'laklangan murdalarni sud-tibbiy tekshirish xususiyatlari. To'satdan o'lim tushunchasi, o'lim yuz berishi asosiy belgilari. CHaqaloq (go'dak) tushunchasi, yangi tug'ilganlik, rasolik, tirik tug'ilganlik, hayotga layoqatlilikni aniqlashning zamonaviy usullari.
2.7. Tavsiya qilinadigan adabiyotlar.
1. J.J.Jalolov Sud tibbiyoti. T., 1996 y.
2. V.N.Kryukov. Sudebnaya meditsina M., 1998 y.
3. L.V.Popov. Sudebnaya meditsina SPB., 2000 y.
Internet ma'lumotlari quyidagi saytlardan olinadi: www.sudmed.ru., www.medline.ru
3. Ma'ruza mavzusi: Kislorod tanqisligi natijasida sog'liqning
buzilishi va o'lim. Mexanik asfikciya – 2 soat.
3.1. Ma'ruza maqsadi: Mavzu kislorod tanqisligi (gipoksiya) va asfiksiya, ularning turlarini yoritib, tinglovchilarni asfiksiyaning har bir turida organizmda kechadigan o'zgarishlar bilan tanishtirish. Olingan bilimlar nafaqat sud-tibbiy xulosa tuzishda, balki ushbu bilimlarni klinika sharoitida, masalan asfiksiyadan klinik o'lim paytida organizmni jonlantirishda qo'llash lozim bo'ladi.
3.2. Kutilayotgan natijalar: Tinglovchilar gipoksiya va asfiksiya to'g'risida zamonaviy ma'lumotlarga ega bo'ladilar. Ushbu ma'lumotlar klinik fikrlash qobiliyatini boyitadi.
3.3. Ma'ruza mazmuni: Kislorod tanqisligi (gipoksiya) tasnifi – nafas (gipoksik) gipoksiya, tsirkulyator, gemik va gistotoksik (to'qima) gipoksiyasi. Gipoksiyaning klinik kechishi. Kislorod tanqisligidan o'lim yuz berishi. Asfiksiyadan o'lim. Asfiksiyaning tiriklikda kechishi. Umumasfiktik belgilar.
3.4. O'qituvchi chizmalari. Organizmning atmosfera havosiga xususan kislorodga bo'lgan fiziologik ehtiyoji. Atmosfera havosi 79,04% azot, 20,96% kislorod va mikroelementlardan iborat. Nafas olinadigan havo to'qima shakllanishi va uning funktsiyalarini bajarishda qatnashadi. Atmosfera havosida kislorod miqdori azot miqdoriga nisbatan kam bo'lsada, organizmning kislorodga ehtiyoji baland. Ma'lumki bolalarning to'satdan o'limi 58% ini bronxopnevmoniya tashkil etadi.
Organizmning turli hujayralari kislorod tanqisligiga turlicha reaktsiya qiladi. Mazkur holatlardagi o'limlarda Myuller-Gekkel biologik qonuni o'z aksini topadi.
Organizmga kislorod me'yoridan ortiq berilganda to'qima defekti ko'rinishidagi mahalliy o'zgarishlar namoyon bo'ladi. Taxminan 24 soatdan keyin o'pkalarda yallig'lanish belgilari kuzatiladi.
Kislorod tanqisligini chaqiruvchi sabablarga ko'ra: gipoksik gipoksiya; tsirkulyator yoki ishemik gipoksiya; gemik giposiya; gistotoksik gipoksiyalar tafovutlanadi. Klinik kechishi bo'yicha gipoksiyalar bo'linadi: yashin tezligida, o'tkir va surunkali.
Mexanik asfiksiya: Tashqi nafasning qiyinlashuvi yoki to'liq to'xtashi natijasida organizmda kislorod etishmasligi va karbonat angidridning yig'ilishi kuzatiladi. Bunday holat asfiksiya deb nomlanadi. Agar asfiksiya mexanik omil natijasida yuzaga kelsa, mexanik asfiksiya hisoblanadi. Kislorod tanqisligi sabab va klinik kechishi bo'yicha 2 guruhga bo'linadi: zo'raki va patologik (nozo'raki) asfiksiya.
Mexanik asfiksiyalar 4 guruhga bo'linadi: stranguyatsion, obturatsion, kompression va chegaralangan yopiq muhitda asfiksiya. O'lim turlari bo'yicha asfiksiya: qotillik, o'z-o'zini o'ldirish va baxtsiz hodisalarga bo'linadi.
Kislorod tanqisligi natijasida: gipoksiya ko'rinishidagi o'lim, gipoksiya tipidagi o'lim va asfiksiyadan o'lim.
Asfiksiyaning hayotlikda kechishi: YUqorida keltirilgan 4 asfiksiya turlari o'z kechishlari bo'yicha umumiy xususiyatlarga ega va 2 davrda namoyon bo'ladi: predasfiktik va asfiktik. Asfiktik davr 6 bosqichdan iborat.
1. Inspirator harsirash: Davomiyligi 1 daqiqagacha bo'lib, chuqur nafas olish va nisbatan kam nafas chiqarish bilan ta'riflanadi. Organizmda ko'p miqdorda karbonat angidrid yig'iladi. Ko'krak qafasining kengayishi, plevra bo'shlig'ida manfiy bosimning oshishi kuzatiladi.
2. Ekspirator hansirash: Mazkur bosqichda organizmda giperkapniya kuzatiladi. Nafas chiqarish nafas olishdan kuchliroq bo'ladi. Mushak to'qimalari faoliyati buzilishi natijasida changaklanish kuzatiladi. Bu holat ixtiyorsiz najas, siydik va sperma chiqishiga sabab bo'ladi.
3. Terminal tinish bosqichi nafas olish va chiqarishning to'xtalishi bilan ta'riflanadi. 10 soniyali jimjitlikdan so'ng 15-20 soniyada nafas olish paydo bo'ladi va bu davr 1 daqiqagacha davom etadi.
4. Terminal nafas harakatlari bosqichida orqa miya ta'sirlanishi tufayli odam havoni tutib olayotgandek bo'ladi. YUrakning qisqarishi tezlashadi, tartibsizlashadi.
5. Nafasning to'xtash bosqichida markaziy nerv tizimi zaiflashgani sababli nafas olish to'xtaydi, yurak urishi saklanib koladi.
6. YUrak faoliyatining to'xtashi. Asfiksiyaning oxirgi davri bulib, 5-6 daqiqadan so'ng yurak urishi to'xtaydi, klinik o'lim sodir bo'ladi.
SHuni ta'kidlash lozimki, nafas olish to'xtagandan keyin yurak faoliyatining davom etishi muhim ahamiyatga ega, chunki bular organizm faoliyatining kayta tiklanishiga yordam beradi.
Sud tibbiyotiga oid adabiyotlarda olimlarning o'z-o'zini osib, tajriba o'tkazish davomida olingan ma'lumotlar keltiriladi. Asfiksiyaning tiriklikda kechishi, jabrdiydaning yoshi, asfiksiya keltirib chiqaruvchi tashqi muhit omillari, havo harorati , asfiksiyaning turi va boshqalarga bog'liq.
Murdadagi umumiy asfiktik belgilar. Umumiy asfiktik belgilar tashqi va ichki belgilarga bo'linadi:
Tashqi belgilarga kiradi: terisining, ayniksa yuzining to'laqonligi va jadal joylashgan ko'ng'ir-ko'kimtir murda dog'larining mavjudligi; ko'z qorachig'ining kengayishi; kuzning biriktiruvchi tukimasida kizil mayda kon kuyilishlar; kiyim va jinsiy a'zolarda siydik va axlat izlari;
3.5. Ma'ruza jihozlanishi: prezentatsiya, jadval, slayd.
3.6 Nazorat savollari: Berilgan dastur buyicha bilim va talabalar bilan tirik tug'ilganlikni suvli idishlarda xar-xil sinamalar asosida o'tkazish (Galena-SHreyera sinamasi, Breslau, Bushi-Xoberd,Taranuxin sinamalari). Xomila etilganligi son suyagini pastki 1/3 qismini kisish orqali aniqlash, soch tolalari aniqlanadgan predmet ustida axlatni makroskopik tekshirish.
3.7. Tavsiya qilinadigan adabiyotlar.
1. J.J.Jalolov Sud tibbiyoti. T., 1996 y.
2. V.N.Kryukov. Sudebnaya meditsina M., 1998 y.
3. L.V.Popov. Sudebnaya meditsina SPB., 2000 y.
Internet ma'lumotlari quyidagi saytlardan olinadi: www.sudmed.ru., www.medline.ru
4. Mavzu: «Sud tibbiy travmatologiya. Mexanik jarohatlar» – 2 soat
4.1. Ma'ruza maqsadi: Talabalarni tan jarohatlari tushunchasi haqida tanishtirish. Jarohatlanish hakida tushuncha, Jarohatlovchi faktor buyicha tasnifi, tiriklik chog'ida va o'limdan keyingi jarohatlanish. Jarohatlanishni marfologik xaraktiristikasi. Mexanik jarohatlanish tasnifi. tumtok buyumdan jarohatlanish natijasidagi ulim jarohatlarini o'ziga xos tomonlari bilan tanishtirish. jarohatlanish mexanizimi hakida asosiy tushunchalarni berish (balandlikda yikilish, avtotravmalar, zarba, bosilish, bosib utish, bosish va boshkalar).
-
4.2. Kutilgan natijalar: talabalar nazariy bilim olib, ularni sud tibbiy (dalolatnoma) xulosalar tuzishda, tan jarohati etkazilganda, tirik shaxslarni, shuningdek murdalarni tekshirishda har xil ko'rinishdagi mexanik jarohatlarni tasvirlashni bilish.
-
4.3. Ma'ruza mazmuni:
-
4.3.1. Jarohat tushunchasi. Mexanik jarohatlarning umumiy tasnifi. Ularning kelib chiqish mexanizmi va jarohatlovchi omillar- 10 min.
-
4.3.2. Jarohatlanish va uning turlari -5min.
-
4.3.3. Travmatizm va uning turlari- 5 min.
-
4.3.4. Jarohat tasnifi (jarohatlovchi faktor, xarakteri va og'irlik darajasi)-30 min. Sud tibbiy tanatologiyaning gerantologiya, evtanaziya, reanimatologiya, transplantologiya va boshqa fanlar bilan bog'liqligi-10 min.
-
4.3.5. Sud tibbiy amaliyotida jarohatlarni tekshirish usullari va ularni vazifalari -10 min.
-
4.3.6. Tan jarohatlarini yozilish tartibi-5 min.
-
4.3.7. Bosh va yuz- jag' sohalaridagi jarohatlarning xususiyatlari- 20 min.
-
4.3.8. Tishlar jarohati va tish bilan jarohatlash- 10 min.
-
4.4. O'qituvchi uchun ko'rsatma: mexanik jarohatlarning keng ma'nodagi tushunchasi. A'zo va to'qimalar anatomik butunligining va fiziologik funktsiyasining qandaydir mexanik omil ta'sirida buzilishi.
Bir xil sharoitda, bir xil muhitda ishlaydigan odamlarda o'xshash jarohatlar travmatizm sifatida ko'riladi.
Mexanik jarohatlarning ta'sir omili. Ularning kinetik energiyasiga, ta'sir yuzasiga, tushish burchagiga, jism tasnifi va mohiyatiga, jism shakliga, topografik mohiyatiga, qayta zarbga bog'liq. Barcha turdagi mexanik jarohatlar morfologik belgilariga qarab bo'linadi. SHu sababli ular xususiyati va kelib chiqishiga ko'ra tasniflanadi.
Kelib chiqishiga ko'ra tasnifi: o'tmas jismlar, o'tkir jismlar va o'q otar qurollar ta'sridan kelib chiqqan jarohatlar.
Jarohatlarning xususiyatiga qarab tasniflanishi:- shilinmalar, qontalashlar, yaralar, a'zolarning yorilishi, majaqlanishi va bo'laklanishi. SHuningdek, tananing qismlarga bo'linishi.
SHilinma - bu epidermis qavatini buzilishi.
Qontalashlar - jarohat ta'sir etgan yuzadagi qon tomirlarning yorilishidan vujudga keladi. Qontalashlar sud tibbiyotida katta ahamiyatga ega.
YAralar - teri yoki shilliq qavatlar butunligining buzilishi bo'lib, to'qimaning chuqur jarohatlanishi bilan kuzatiladi. Jarohat xususiyati jarohatlovchi qurolning ta'siriga asosan yaralar to'mtoq jismlardan (latli, yirtilgan, ezilgan, ajralgan, tishlangan) va yaralar o'tkir kesuvchi, sanchuvchi, sanchib kesuvchi va chopuvchi buyumlardan hosil bo'ladi. Kesilgan yaralarning tipik belgilari uning chiziqsimon shakli, silliqligi, chetlarining tekisligi, burchaklarining o'tkirligi bilan belgilanadi.
Suyaklar sinishi: bevosita va bilvosita bo'ladi. Bevosita sinish zarbning shu sohaga to'g'ri ta'siridan kelib chiqadi. Bilvosita sinishlar esa zarbning tanaga nisbatan uzoqroq ta'siri, masalan o'mrov suyagining sinishi balandlikdan qo'li ochiq holda yiqilganda kelib chiqishi va boshqalar.
CHiqishlar: odatdagi bo'g'im yuzalarining turg'un siljishi.
CHayqalishdagi yorilishlar:- a'zolarda kuzatiladi.
Jarohatlarning sud tibbiy ahamiyati. Jarohatlarning morfologik belgilari, ularning qanday jism ta'sirida va kelib chiqish mexanizmi, qurolning harakat yo'nalishi, jarohat olgan vaqtda jabrlanuvchi holati, jarohatning o'z qo'li bilan etkazilish imkoniyati va boshqa kerakli jihatlari.
4.5. Ko'rib chiqiladigan savollar ro'yxati.
O'qituvchi talabalarni berilgan holatdagi taxminiy ma'lumotlar bilan tanishtirgach, ularni diqqatini mumkin bo'lgan jarohat etkazish mexanizmiga qaratishadi, tekshiruvchi shu bilan bog'liq o'ziga xos tomonlariga (sxematik rasmlar tuzish, suratga tushirish, tashqi va ichki tekshiruvini rejalashtirilgan ketma-ketligi va boshqalar). Murdani tashqi tekshiruvi, kiyimlarni tekshirishdan boshlanadi. O'qituvchi talabalarga shu tasvirlashning o'ziga xos tomonlarni tushuntiradi. Ularni diqqatini tasvirlash ketma-ketligiga qaratadi (keyimning nomi, qanday gazlamadan qilingani, eskiligi).
4.6. O'qituvchi uchun ko'rsatma:
-O'tkir va tumtoq buyumlar bilan etkazilgan jarohatlar
-Transport vositalaridan jarohatlanish.
Murdani tashqi ko'zdan kechirganda jarohatlar qunt bilan tekshiriladi, ularni xarakteri ko'rsatiladi, joylashgan joyidagi miqdori; ichki tekshiruv o'tkazilganda ichki qon ketish manba'sini, jarohatlanish mexanizmini aniqlash shart.
4.7. Ma'ruzaning jihozlanishi: - prezentatsiya, slaydlar.
4.8. Nazorat savollar: Sud tibbiyoti amaliyotida jarohatlarni tekshirish uslublari. O'tmas jismlardan jarohatlanish. O'tmas jismlarning turlari, ta'sir mexanizmi va etkazilgan jarohatlar xarakteri. Odam tanasi qismlari va hayvonlardan etkazilgan jarohatlar. Jarohat xususiyatlariga qarab o'tmas jismning turi va uning ta'sir mexanizmini aniqlash imkoniyatlari. Balandlikdan yiqilish natijasidagi travma. Og'ir jismlar bosib qolishi natijasida jarohatlanish. O'tkir jismlar ta'siridan jarohatlanish. Kesuvchi, chopuvchi, sanchuvchi, kesuvchi-sanchuvchi va arralovchi jismlardan jarohatlanish. Transport travmasining umumiy xarakteristikasi, ularning turlari. Avtomobil travmasi. Avtomobil travmasida spetsifik, xos, xos bo'lmagan va imitatsiyalovchi jarohatlar. Avtomobil travmalarining turlari va hosil bo'lish mexanizmlari. Avtomobil g'ildiragi bosib o'tishi natijasidagi jarohatlar. Protektor izi suratining ahamiyati. Harakatdagi avtomobildan tushib ketish natijasida jarohatlanish. Avtomobil salonida jarohatlanish. Avtomobil va boshqa jism orasida tananing siqilish natijasida jarohatlanish. Mototsikl, traktor va temir yul travmalari, ularning turlari. Aviatsion travma. O'q otar qurollar va ularning turlari. O'q otishning shikastlovchi omillari. O'q otish masofasi va distantsiyasi tushunchasi. Taqab otish. O'q otish snaryadining kiyimlarga, to'qimalarga va a'zolarga ta'siri. O'q otar jarohatining kirish va chiqish teshiklarini aniqlash. YAra kanali. Qo'l bola va atipik o'q otar qurollardan shikastlanish. Gazli, pnevmatik va maxsus o'q otar qurollardan shikastlanish. O'q otar jarohatlar sud-tibbiy ekspertizasining xususiyatlari. Portlash travmasi.
4.9. Tavsiya etiladigan adabiyot:
1. Jalolov J.J. «Sud tibbiyoti» Toshkent-1996.
2. Iskandarov A.I., Kuldashev D.R. «Sud tibbiyoti» Toshkent-2009.
3. Kryukov V.N. «Sudebnaya meditsina» Moskva-1998.
4. Popov L.V. «Sudebnaya meditsina» Sank-Peterburg-2000.
5. Ma'ruza mavzusi: Ayrim fizik omillarning ta'siridan jarohat va o'lim.
YUqori va past haroratlarning umumiy va mahalliy ta'siri. Texnik va atmosfera elektr toki ta'sirida shikastlanish. YUqori va past atmosfera bosimi, ionlovchi nurlanishning a'zolarga ta'siri – 2 soat.
5.1. Ma'ruza maqsadi: Mavzu ayrim fizik omillar, ularning ta'siri turlarini yoritib, tinglovchilarni fizik omillar ta'sirining har bir turida organizmda kechadigan o'zgarishlar bilan tanishtirish. Olingan bilimlar nafaqat sud-tibbiy xulosa tuzishda, balki ushbu bilimlarni klinika sharoitida, masalan fizik omillar ta'sirida jarohatlar holatlarida bemorga tibbiy yordam ko'rsatishda qo'llash lozim bo'ladi.
5.2. Kutilayotgan natijalar: Tinglovchilar ayrim fizik omillar to'g'risida zamonaviy ma'lumotlarga ega bo'ladilar. Ushbu ma'lumotlar klinik fikrlash qobiliyatini boyitadi.
5.3. Ma'ruza mazmuni: Fizik omillar tasnifi – yuqori va past harorat, texnik va atmosfera elektr toki, yuqori va past atmosfera bosimi, ionlovchi nurlanishning organizmga ta'siri. Fizik omillar ta'sirida o'lim yuz berishi. Fizik omillar ta'sirida o'lim yuz berganda murdadagi o'zgarishlar.
5.4. O'qituvchi chizmalari: Odam organizmi o'zining doimiy haroratiga ega bo'ladi. Tanadagi harorat muvozanati issiqlikni ishlab chiqarish va uni tashqi muhitga berishiga bog'liq bo'ladi. Muvozanatning buzilishi, tana jarohatlarining paydo bo'lishi yuqori va past haroratlar ta'siri natijasida sodir bo'lishi mumkin.
YUqori harorat. YUqori darajali harorat ta'siridan umumiy va mahalliy jarohatlar ro'y berishi mumkin. 380 atrofida va undan yuqori bo'lgan harorat (issiqlik berish kam bo'lsa) organizmning isishiga olib keladi. SHunday sharoitda ishlashga to'g'ri kelsa, issiqlik urishi sodir bo'ladi. Uning uch turi tafovut qilinadi: komatoz holat, bosinqirash va g'amginlik holatlari. Ko'pincha birinchi xili, ya'ni komatoz shakli uchraydi. 100% havo namligida hatto 28-300 haroratda ham issiq urishini kuzatish mumkin. Issiqlik urishi oqibatidan o'lish juda kam kuzatiladi. Murda yorib tekshirilganda o'pkalarning keskin to'la qonligi va nafas yo'llarida shilliqlar to'planganligi, o'pka, yurak yuzalarida qontalashlar, miya va pardalarining to'laqonligi, shishganligi kuzatiladi.
Quyosh urishi deganda, asosan organizmning qattiq qizib ketishiga, issiqlik urishiga aytiladi. Biroq, quyosh nuri mahalliy ta'sir ham qiladi, hatto ikkinchi darajali kuyish hollarini oson hosil qiladi. Bunda ba'zan ruhiyatning (psixika) buzilishi kabi og'ir alomatlar kuzatilishi mumkin.
Murdani yorib tekshirganda, mahalliy o'zgarishlardan tashqari, turg'unlik alomatlari, o'pka, yurakda esa mayda qontalashlar (ekximoz) topiladi. Olovdan kuyish hollarida nafas yo'llarini, masalan, ovoz bog'lamlarining kuyishini kuzatish mumkin. Alangada kuyish yuz berganda jarohatlarning hayotiyligini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Past harorat. YUqori haroratga nisbatan, odam atrof-muhitdagi past haroratga chidamliroq bo'ladi. 55-600 dan ham past haroratlar odam tanasining haroratini o'zgaritirolmaydi. Haroratni barqaror saqlovchi omillardan biri bu kiyimdir. Bundan tashqari, sovuqning ta'siri havoning namligi, shabadaligi, shaxsning umumiy ahvoli, organizmning individual xususiyatlari va boshqalarga bog'liq. Sovuq urishi oqibatida hatto o'lim ro'y berishi mumkin. Masalan, go'dakning +5-80S havo haroratida o'lishi.
Sovuqning ta'siri umumiy va mahalliy o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. Sovuqdan sodir bo'ladigan o'lim, odatda, sovuq iqlimli joylarda uchraydi. Ammo sovuq urish yomg'irli, qorli, shamolli, 00 li harorat ta'siridan ham uchrab turadi.
Murdani yorib tekshirganda quyidagi belgilar kuzatiladi:
- me'da shilliq pardasida dumaloq, noto'g'ri shaklli, nuqtadan to no'xat kattaligigacha to'q qizil, ko'p sonli qontalashlarning (S. M. Vishnevskiy dog'lari, 1895) mavjudligi va javharli gematinning paydo bo'lishi;
- yurakning qon bilan to'lishi;
- bosh suyagi choklarining ochilib qolishi (miya muzlab kengayganligi tufayli), miya po'stloqlarining to'la qonligi, miya yumshoq pardasining shishishi va qorinchalarda suyuqlikning ko'payishi;
- jigarda glikogen va qandning yo'qolishi;
- siydik pufagining to'la bo'lishi.
Vishnevskiy dog'larining paydo bo'lishi sovuqning markaziy nerv tizimiga ta'sir qilishi va vegetativ nerv tizimi grafik boshqarilishining buzilishi, shaxsan quyosh chigaliga ta'sir etilishi tufayli venalarda turg'unlikning ro'y berishi bilan bog'liq.
Texnik elektr toki ta'siri. Texnik elektr toki tufayli sodir bo'ladigan jarohat va o'lim turmushda, ishlab chiqarish muassasalarida ko'p uchrab turadi hamda asosan baxtsiz hodisa hisoblanadi. Elektr tokidan jarohatlanish hayot uchun xavfli bo'lib, ko'pincha o'lim bilan tugaydi.
Elektr tokining ta'sir mexanizmi organizmga nisbatan issiqlik, mexanik va elektrometik jihatdan ta'sir o'tkazish bilan xarakterlanadi.
Atmosfera elektr quvvatining ta'siri. Atmosferadagi elektr tokining quvvati juda ulkan bo'ladi, u millionlab volьt bilan o'lchanadi. Tok kuchi 100000 A gacha bo'ladi. YAshindan jarohatlanish bevosita yoki biror buyum orqali (radio, telefon, radiopriyomnik) bo'lishi mumkin. Voqea sodir bo'lgan joyni ko'rikdan o'tkazganda ayrim buyumlarning, murda kiyim-kechaklarining jarohatlanishini, metall narsalarning erishini kuzatish mumkin. Murdaning tanasida «chaqmoqning shakli», sochlarning kuyishi, chaqmoqning urib kirgan va chiqqan joylarida tamg'asini eslatuvchi o'zgarishlarni ham ko'rish mumkin. Elektr toki o'tganda metall narsalar, masalan, kalitlar magnit xossasiga ega bo'lishi mumkin.
«CHaqmoq» yoki «yashin» shaklidaraxtsimon, shoxlanib ketgan qizg'ish chiziqlardan iborat bo'lib, ular murda tanasida uzoq vaqt saqlanib turmaydi. Tirik qolgan shaxslarning tanasida ko'pi bilan bir necha kun saqlanadi. «YAshin shaklining» paydo bo'lishi yuzaki joylashgan qon tomirlarining keskin kengayishiga asoslangan.
YUqori barometrik bosimning ta'siri. YUqori barometrik bosimning umumiy ta'siri o'pka, eshitish a'zolari va burun bo'shlig'i ortiqlarining jarohatlanishiga olib keladi. YUqori bosim, ya'ni giperboriya ta'siriga suv ostida ishlovchi va suzuvchi shaxslar duchor bo'ladilar. CHuqurlik qancha ko'p bo'lsa, shunchalik gidrostatik bosim ko'payadi. Tashqi va ichki bosimning keskin o'zgarishidan o'pka va quloq pardasining shikasti kelib chiqadi. To'qimalarning jarohatlanishi, giperemiya, qon quyilishi va yorilishlar kuzatiladi. O'pka to'qimasining yorilishi simob ustunining 80-120 mm gacha ko'tarilishidan ro'y beradi. Natijada atrofdagi to'qimalarda havo (gaz) emboliyasi sodir bo'ladi. Keskin davrda kishi miyaning arterial emboliyasidan, ayrim vaqtda ikki tomonlama ichki pnevmotoraksdan yoki o'tkir pnevmoniyadan o'ladi.
Past barometrik bosimning ta'siri. Past barometrik bosimning ta'siri baland tog' sharoitida ishlaydigan shaxslarning, samolyotda yoki boshqa baland uchadigan apparatlarning yo'lovchilari, lyotchik, kosmonavtlar orasida uchraydi. Past barometrik bosim, ya'ni gipobariya portlagan bombalar maydonida ham ro'y beradi.
Past bosimning salbiy ta'siri gazlarning (ayniqsa, kislorod, azot) partsial bosimining pasayishi (gipoksiya), dekompression o'zgarishlar va organizm suyuq moddalarining «qaynashi» bilan ta'riflanadi.
Nur energiyasi ta'siridan kelib chiqqan jarohatlar va o'lim.
Nur quvvati ta'siridan kelib chiqadigan jarohatlar ishlab chiqarish, ilmiy-tekshirish muassasalarida va nurlar bilan davolash jarayonida uchraydi.
Tan jarohatining og'irlik darajasi nurlanish jarohatining mahalliy ta'siri, nur quvvatining miqdori va ionlashgan nurlanishning fizik xususiyati tavsifiga asoslanib aniqlanadi.
O'tkir nur kasalligidan o'lgan shaxsning murdasi ozg'inligi, teri ostida qontalashlarning mavjudligi,shilliq pardalar, sochlar molekulalarining, yog' bezlarining, milklarning yumshoqligi, ularning shilliq pardalarining nekroz, qonga to'yilganligi bilan ta'riflanadi.
Murdani yorib tekshirganda seroz pardalarda qontalashlar, ichki a'zolarning qonga to'lishi va shishishi, yurakning endokard, miokardlarida qontalashlar mavjud bo'lib, muskullarining distrofik o'zgarishlari kuzatiladi. Havo yo'llarida, ko'pincha, qon quyilishlari va o'pka bo'lmalari apopleksiyasi kuzatiladi, uning to'qimalarida esa ko'pgina nekrotik manbalar topiladi.
5.5. Ma'ruza jihozlanishi: jadvallar, slaydlar.
5.6 Nazorat savollari: YUqori va past haroratning mahalliy va umumiy ta'sirlari. Texnik va atmosfera elektr tokining ta'siri. YUqori va past bosimning organizmga ta'siri. Ionlovchi nurlanishlarning organizmga ta'siri. Murdadagi o'zgarishlar. Fizik omillar ta'sirining hayotiyligini aniqlash.
5.7. Tavsiya qilinadigan adabiyotlar.
1. Jalolov J.J. «Sud tibbiyoti» Toshkent-1996.
2. Iskandarov A.I., Kuldashev D.R. «Sud tibbiyoti» Toshkent-2009.
3. Kryukov V.N. «Sudebnaya meditsina» Moskva-1998.
4. Popov L.V. «Sudebnaya meditsina» Sank-Peterburg-2000.
Internet ma'lumotlari quyidagi saytlardan olinadi: www.sudmed.ru., www.medline.ru
6. Ma'ruza mavzusi: Sud toksikologiyasi. Zahar va zaharlanishlar – 2 soat.
Zaharlarning ta'sir etish shart-sharoitlari. Toksikokinetika va oksikodinamika. Zaharlarning sud-tibbiy tasnifi. Alkogol va uning surrogatlari bilan zaharlanish. Giyovand va gangituvchi moddalar bilan zaharlanish. Zaharlanish holatlarida qo'shimcha laboratoriya tekshiruvlari. Zaharlanish hollarida sud-tibbiy ekspertizaning tibbiy va ijtimoiy ahamiyati.
6.1. Ma'ruza maqsadi: Mavzu zaharli moddalar, ularning ta'siri turlarini yoritib, tinglovchilarni zaharli moddalar ta'sirining har bir turida organizmda kechadigan o'zgarishlar bilan tanishtirish. Olingan bilimlar nafaqat sud tibbiyotida, balki ushbu bilimlarni klinika sharoitida, masalan zaharlanish holatlarida bemorga tibbiy yordam ko'rsatishda qo'llash lozim bo'ladi.
6.2. Kutilayotgan natijalar: Tinglovchilar zaharli moddalar to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'ladilar. Ushbu ma'lumotlar klinik fikrlash qobiliyatini boyitadi.
6.3. Ma'ruza mazmuni: Zaharli moddalar tasnifi – mahalliy va rezorbtiv ta'sir etuvchi zaharlar. Zaharli moddalarning organizmga ta'siri. Zaharlanish natijasida o'lim yuz berishi. Zaharlanish natijasida o'lim yuz berganda murdadagi o'zgarishlar.
6.4. O'qituvchi chizmalari. Toksikologiya – zaharli moddalar va zaharlanishlarni o'rganadigan fan bo'lib, uning quyidagi tarmoqlari farqlanadi: sanoat, qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat, harbiy, maishiy, tibbiy va sud-tibbiy toksikologiya. Toksikologiyada zahar deyilganda organizmga tashqaridan oz miqdorda kiritilganda, fizik yoki kimyoviy ta'sir orqali patologik holat, ya'ni organizmning tizim, organ va to'qimalarida struktura-funktsional o'zgarishlar yoki o'limga olib keladigan moddalar tushuniladi. Huquqiy nuqtai nazardan zaharlanishlar qotillik, o'z-o'zini o'ldirish yoki baxtsiz hodisa ko'rinishida bo'lishi mumkin. Zaharlanishning vujudga kelishida ma'lum bir omillar, shart sharoitlar ahamiyatli bo'lib, ularning 4 guruhini farqlash mumkin.
1. Zaharli modda bilan bog'liq omillar: moddaning miqdori, kimyoviy tuzilishi, kontsentratsiyasi, agregat holati, eruvchanligi, organizmda to'planish (kumulyatsiya) xususiyati, barqarorligi, qanday moddalar bilan organizmga kirayotganligi.
2. Organizm bilan bog'liq omillar: tana massasi, odam yoshi, jinsi, organizmning salomatlik holati, idiosinkraziya, genetik xususiyatlari, zaharli moddalarga o'rganib qolish.
3. Zaharli moddaning organizmga kirish yo'li. Teri orqali, og'iz orqali, ingalyatsiya yo'li bilan, teri ostiga, mushak orasiga, vena ichiga, to'g'ri ichak va qin orqali.
4. Atrof muhit shart sharoiti: past va yuqori harorat, namlik, cheklangan bo'shliq, ventilyatsiya va boshqalar.
Toksikodinamika – toksikologiyaning bir qismi bo'lib, u zaharli modda va organizm o'rtasida murakkab o'zaro ta'sir jarayonini, ya'ni organizmda toksik effektning shakllanishini tizim, organ, to'qima, tsellyulyar, subtsellyulyar, molekulyar, submolekulyar sathlarda o'rganadi.
Toksikokinetika – toksikantning organizmga kirishi, undagi taqsimlanishi, metabolizmi (biotransformatsiyasi) va chiqib ketishining kinetik qonuniyatlarini, soddaroq aytganda zaharli moddaning organizmda bevosita o'zgarishlarini o'rganadi.
Zaharlanishlarning sud-tibbiy diagnostikasi. Ushbu jarayonda uchta bosqichni farqlash mumkin: murda ekspertizasigacha bo'lgan bosqich, bevosita murda tekshiruvi, tekshiruvlar natijalarini baholash bosqichi.
6.5. Ma'ruza jihozlanishi: prezentatsiya, jadvallar, slaydlar.
6.6 Nazorat savollari: Zahar va zaharli moddalar tushunchasi. Zaharli moddalarning tasnifi. Toksikokinetika. Toksikodinamika.
6.7. Tavsiya qilinadigan adabiyotlar.
1. Jalolov J.J. «Sud tibbiyoti» Toshkent-1996.
2. Iskandarov A.I., Kuldashev D.R. «Sud tibbiyoti» Toshkent-2009.
3. Kryukov V.N. «Sudebnaya meditsina» Moskva-1998.
4. Popov L.V. «Sudebnaya meditsina» Sank-Peterburg-2000.
Internet ma'lumotlari quyidagi saytlardan olinadi: www.sudmed.ru., www.medline.ru
4. AMALIY MASHG'ULOTLAR.
4.1. Amaliy mashg'ulotlar tematik rejasi
№
|
Amaliy mashg'ulot mavzusi
| |
Do'stlaringiz bilan baham: |