Soliqlarning funksiyalari – shu iqtisodiy kategoriyaning daromadlarni qiymat jihatidan taqsimlash va qayta taqsimlash instrumenti sifatida ijtimoiy mo‘ljallanganligining qay darajada amalga oshirilayotganligini ko‘rsatadi. Soliqlar quyidagi funksiyalarni bajaradi: fiskal; tartibga solish (rag‘batlantirish).
Soliqlarning fiskal funksiyasi – soliqlarning eng asosiy ijtimoiy mo‘ljallanganligini o‘zida aks ettiradi, davlatning moliyaviy natijalarini shakllantiradi, uning o‘z funksiyalarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan resurslarni byudjet tizimi va nobyudjet fondlarga to‘plash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |