Toshkent Tibbiyot Akademiyasi kafedra: 1- sonli ichki kasalliklar kafedrasi Mavzu: Umumiy amaliyot shifokorining vazifalari Bajardi: Begaliyeva Fazilat Tekshirdi: Ra`no Shavkatovna Umumiy amaliyot shifokorining asosiy vazifalari: - Biriktirilgan aholiga tez – tez uchraydigan kasalliklarni davolash va ularning proilaktikasi bo`yicha tibbiy xizmat ko`rsatish;
- Og`ir kechuvchi kasalliklar va atipik kechuvchi kasalliklar paydo bo`lganda
patsientlarni tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga, o`z vaqtida mutaxasislar konsul`tatsiyalariga yuborish; Mavjud tibbiyt vositalari va tegishli standartlarga mos ravishda tez va shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatish; - Mavjud tibbiyt vositalari va tegishli standartlarga mos ravishda tez va shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatish;
- Kompleks sanitariya va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish va o`tkazish, profilaktik emlashlar, biriktirilgan hudud maydoni va uy xo`jaliklarining umumiy sanitariya holatini nazorat qilish, yuqumli kasalliklar o`chog`ida epidemiyaga qarshi tadbirlar o`tkazish, aholini xavfli epidemiologik vaziyat to`g`risida ogohlantirish;
- Aholini sanitariya – gigienik tarbiyalash, sog`lom turmush tarzini targ`ib etish, ratsional ovqatlanish, zararli odatlarga qarshi kurash, o`sib kelayotgan avlodni sog`lomlashtirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, istalmagan homiladorlikning oldini olish, oilani oqilona rejalash bo`yicha chora – tadbirlar tashkil etish va o`tkazish;
- Ayollarni homiladorlik davrida va tug`ruqdan keyin kuzatish, ko`krak suti bilan ovqatlanishni targ`ib etish;
- Ijtimoiy soha xodimlari bilan hamkorlikda yolg`izlar, qariyalar, nogironlar, surunkali xastalikka chalingan bemorlarga tibbiy – ijtimoiy yordam ko`rsatish, patronaj tashkil etish.
- Dekretlashtirilgan aholini (bolalar, o`smirlar, tug`ruq yoshidagi ayollar, surunkali kasalllar) umumiy dispanserizatsiyadan o`tkazish.
- Kasalliklarni barvaqt aniqlash maqsadida profilaktik va maqsadli tibbiy ko`riklarni o`tkazish;
Ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga (sil, venerik kasalliklar, xavfli o`smalar, qandli diabet, OITS/OIV, giyohvandlik) qarshi davolash – profilaktik tadbirlarni o`tkazish; - Ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga (sil, venerik kasalliklar, xavfli o`smalar, qandli diabet, OITS/OIV, giyohvandlik) qarshi davolash – profilaktik tadbirlarni o`tkazish;
- Bemorlarga VKK va VMEK yo`llanmalar berish orqali vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlikni ekspertiza qilish;
- Yuqumli kasalliklar, zaharlanishlar va favqulodda vaziyatlar yuz berganda DSENM va TTBga o`z vaqtida xabar berish;
- Tibbiyotning qayd va hisobot hujjatlarini sifatli va o`z vaqtida to`ldirish;
QVP mudiriga, o`ziga biriktirilgan hududda o`tkazilgan ishlar haqida vaqti – vaqti bilan hisobotlar berish; - QVP mudiriga, o`ziga biriktirilgan hududda o`tkazilgan ishlar haqida vaqti – vaqti bilan hisobotlar berish;
- tibbiyot va ijtimoiy yordam masalalari bo`yicha o`tkazilayotgan anjumanlarda ishtirok etish, doimo o`zining kasbiy bilim va malakasini oshirib borish.
- UASh har 5 yilda bir marta malakaviy toifasini tasdiqlash uchun
attestatsiyadan o`tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |