Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoat salomatligi va menejment kafedrasi



Download 1,01 Mb.
bet6/31
Sana12.03.2023
Hajmi1,01 Mb.
#918345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
menejment xavfi 4-smestr uchun

2.Sug‘urta va xavflarni boshqarish


Sug‘urtalash xo‘jalik subyektlari va fuqarolar mulkiy manfa- atdorligini ma’lum bir baxtsiz hodisalar (sug‘urtalovchi vaziyatlar)dan o‘zlari to‘lagan a’zolik badallari hisobiga shakllangan pul fondi hisobidan himoyalash bo‘yicha munosabatdir. Sug‘urtalash quyidagi turlarga bo‘linadi shaxsiy sug‘urta, mulkiy sug‘urta, mas’uliyatini sug‘urtalash, oldindan sug‘urtalash. Shaxsiy sug‘urta fuqarolarni sug‘urtalash u o‘ziga hayotni baxtsiz hodisalardan va kasalliklarda


sug‘urtalash hamda tibbiy sug‘urtani o‘z ichiga oladi. Xo‘jalik subyektlarini sug‘urtalash, mulkiy sug‘urta va mas’uliyatni sug‘urtalash bilan bog‘liq. Mulkiy sug‘urta tarkibiga yer ustki qismi- dagi transportlar mablag‘larini sug‘urtalash kiradi:
-“havo” transportlar mablag‘larni sug‘urtalash;

  • suv transporti mablag‘larini sug‘urtalash, moliyaviy risk, har xil yuklar va boshka mulk turlarinisug‘urtalash kiradi.

Mas’uliyatni sug‘urtalash: kreditlarni to‘lay olmagani uchun qarzdorlarni sug‘urtalash, avtotransport vositalari egalarini sug‘ur- talash, boshqa turdagi mas’uliyatlarni sug‘urtalashni o‘ziga qamrab oladi. Sug‘urtalash majburiy va ko‘ngilli tarzda amalga oshiriladi. Majburiy sug‘urtalash qonun asosida amalga oshiriluvchi sug‘urta. Majburiy sug‘urta (mol-mulkni majburiy sug‘urtalash, majburiy tibbiy sug‘urta) xarajatlari mahsulot tannarxiga olib boriladi. Ko‘ngilli sug‘urtalash sug‘urtalovchi va sug‘urtalashuvchi orasidagi shartno- ma asosida amalga oshiriladi. Sug‘urtalashuvchi o‘z obyektini su- g‘urtalaydi. Sug‘urtalovchi deb sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus litsenziyasi (ruxsatnomasi) bo‘lgan va uni amalga oshiruvchi har qanday xo‘jalik subyektiga aytiladi. Sug‘urtalash sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi) orqali rasmiylashtiriladi. Masalan: Tijorat faoliyatini sug‘urtalash xaridor sotuvchidan 10mln so‘mga tovar sotib olmoqchi. Ularga bu faoliyatni amalga oshirish uchun xulosa kerak va ular sug‘urta jamiyatga murojaat qiladilar. Sug‘urta jamiyati bu faoliyatni sug‘urtalaydi, ya’ni xaridorni 10 mln so‘mga xarid qilishi va sotuvchisi 10 mln so‘mga savdo qilishini sug‘urtalaydi.
Sug‘urta shartnomasiga har xildagi shartlar va izohlarni kiritish mumkin. Ulardan biri – Franshiza. Franshiza – bu ma’lum bir o‘lchamdan ortiq bo‘lmagan zararni qoplashdan sug‘urtalovchini ozod etish. Franshiza o‘lchash deb sug‘urtalovchi tomonidan to‘lanishi shart bo‘lmagan ko‘rilgan zarar qismiga aytiladi. Ko‘rilgan zararning bu qismi sug‘urta polisi orqali belgilanadi. Franshiza sug‘urta summasiga va sug‘urtalash obyektiga nisbatan absolyut yoki nisbiy qiymatda belgilanishi mumkin. Franshiza ko‘rilgan zarar miqdoriga nisbatan foizlarda aniqlanishi mumkin. Franshizaning 2 xili mavjud: shartli va muqarrar. Shartli, ya’ni, hisoblab bo‘lmaydigan franshiza deyilganda, agar keltirilgan zarar miqdori franshiza miqdoridan ortiq bo‘lganholatda to‘lov bilan qoplash va belgilangan summadan ortiq bo‘lmagan miqdordagi zarardan sug‘urtalovchi mas’uliyatini ozod qilinishi tushuniladi. Shartli franshiza sug‘urta polisida maxsus atama
– klauzula ko‘rinishida yuritiladi hamda “X foizdan ozod etilgan” yozuv ko‘rinishida ifodalanadi (bu yerda X-1,2,3 sug‘urta summasidan foiz qiymati). Agar keltirilgan zarar belgilangan franshizadan oshib ketsa u holda sug‘urtalovchi sug‘urtalangan qoplanishni berilgan izohga e’tibor qilmay to‘liq to‘lashga majbur. Masalan: sug‘urta shartnomasi bo‘yicha shartli franshiza “1 mln so‘mdan ozod etiladi” deb ko‘rsatilgan. Ko‘rilgan haqiqiy zarar miqdori 0,8 mln so‘mni tashkil etadi, ya’ni, franshiza summasidan kichik bo‘ladi, shuning uchun zarar qoplanmaydi. Agar ko‘rilgan zarar miqdori 1,2 mln so‘mni tashkil etsa, ya’ni, franshiza summasidan ortiq bo‘lsa, u zarar to‘liq 1,2 mln so‘m miqdorida qoplanadi.

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish