V. Pul muomalasi konuni.
Pul muomalasi barqarorligiga pul muomalasi qonuni asosida erishiladi. Tovar muomalasini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagilarga bog‘lik bo‘ladi:
a) muayyan davrda sotilishi lozim bo‘lgan tovarlar baxosining
summasiga; chunki tovarlar qancha ko‘p bo‘lsa, ularni sotish uchun pul
birligi shuncha ko‘p talab qilinadi.
b) xar bir pul birligi aylanish tezligiga ega, chunki ayni bir
pul summasi ko‘proq yoki ozroq miqdorlari ayirboshlashga xizmat qilishi
mumkin.
v) pulni to‘lov vositasi sifatida foydalanishga bog‘lik, chunki
ko‘pincha sotiladigan tovarlar nasiyaga sotiladi va sotish davomida boshqa
vaqtda ularning xaqi to‘lanadi, shunga yarasha pul birliklari miqdori
kamayadi.
Yuqorida zikr etilganlarni inobatga olgan xolda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorlarining ifodasi quyidagi tusga kiradi:
Pm = Tb - Xk + Xt - Kt
Ot
Bunda:
Pm — muayyan davrda muomala uchun zarur bo‘lgan pul birligining miqdori;
Tb - realizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan tovarlar baxosining summasi;
Xk - sotish davridan boshqa davrda to‘lanadigan tovarlar baxosining summasi;
Xt - xaqini to‘lash muddati kelgan tovarlar baxosining summasi;
Kt - bir-birini qoplaydigan to‘lovlar summasi;
Ot - pul oboroti tezligi.
Pul birligining barkarorligi ishlab chiqarishning takrorlanib turishini, iqtisodiy o‘sishning bir me'yorda borishini bildiradi. Uning barqarorligini ta'minlash uchun eng avvalo bozorga yetarli miqdorda va sifatli tovarlar chiqarilishi kerak.
VI. Uzbekiston milliy valyutasining joriy etilishi.
Xar qanday mamlakatning mustaqillik belgilaridan biri o‘z milliy valyutasiga ega bo‘lishdir, biroq milliy valyutani chiqarish inqilobiy jarayon bo‘lib, xar tomonlama tayyorgarlik ko‘rilishi kerak.
Asosiysi - mamlakatda siyosiy va iqtisodiy barqarorlik bo‘lishi, iqtisodiy rivojlanish ta'minlanishi, ma'lum sarmoyaga ega bo‘lishdir.
O‘zbekistonda milliy valyutani muomalaga kiritish Markaziy Osiyodagi bosha mustaqil davlatlarga nisbatan biroz kechiktirildi. Biroq bu ishning g‘oyat murakkabligi, mas'uliyati nazarda tutilsa to‘g‘ri qilinganligini tushunish qiyin emas.
Milliy valyutaga o‘tish ma'lum tarixiy davrni o‘z ichiga olishini e'tiborda tutib, o‘tish davrida (1993-yil noyabrdan - 1994-yil iyulgacha) sum-kupon joriy etildi. Sum-kupon ma'lum ma'noda milliy pul birligiga o‘tilishi uchun tayyorgarlik vositasi bo‘ldi. Shuningdek, sum-kupon misolida milliy valyutani qadrsizlantirmaslikning ma'lum jixatlari sinovdan o‘tkazildi.
Mustaqil davlat sifatida O‘zbekistonning milliy valyutasi so‘mni 1994-yil iyul oyida muomalaga kiritish maqsad emas, albatta, bu obektiv zaruratdir.
Maqsad - muomalaga kiritilgan milliy pulimiz- so‘mning qadrsizlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, uning xarid quvvatini mustaxkamlash; keyinchalik so‘mning konvertirlashuviga iqtisodiy zamin yaratish, xalqaro miqyosda o‘zbek pulining e'tirof etilishiga, xalqaro xisob kitoblar vositasiga aylantirishga erishishdan iborat. Milliy doirada amal qiluvchi, kadr qiymati shu mamlakat boyligi bilan ta'minlangan pul valyuta deyiladi.
Valyutalar bir-biriga ayirboshlanganda valyuta munosabati paydo bo‘ladi. Pulning pulga sotilish narxi valyuta kursi deyiladi.
Valyuta kursi ikki turga bo‘linishi mumkin.
Qat'iy o‘zgarmaydigan kurs - valyutalar narxi barqaror turadi.
Suzib yuruvchi kurs - valyutalar kursi o‘zgarib turadi, ammo ma'lum
chegarada yuz beradi, ya'ni kurs cheksiz oshib yoki kamayib ketmaydi.
Xalkaro miqyosda o‘z kadriga va obro‘-e'tiboriga qarab valyutalar ikki guruxga bo‘linadi:
Konvertirlangan valyuta — boshqa valyutalarga erkin almasha
oladigan pul.
Konvertirlanmagan valyuta - boshqa valyutalarga almashtarish uchun
qabul qilinmaydigan pul.
1-gurux - AQSh dollar, Angliya funt sterling, Turkman marka, Yaponiya ien, Shvetsariya fronki, Fransiya franki - cheklangan kornvertirlanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning sharti eng avval pulning ichki konvertabilligini ta'minlash milliy pulni xorijiy valyutaga mamlakat ichki bozorida erkin ayirboshlashni ta'mimnlashdir, so‘ngra pulni tashqi valyuta bozorida konvertirlash zarur bo‘ladi.
Shunday valyutaning yuzaga kelishi jaxon iktisodiyotiga ko‘shilishning muxim sharti xisoblanadi.
Konvertirlangan valyuta ishonchli ravishda eksport-import operatsiyalarini o‘tkazishni kafolatlaydi. Bu esa tovarlar va pul oqimini moslashtirib, bozorda muvozanat bo‘lishini ta'minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |