Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti



Download 11,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/377
Sana09.02.2022
Hajmi11,08 Mb.
#438952
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   377
Bog'liq
fayl 1636 20210826

 
 
 
 


267 
5.2. Havo razvedkasi 
Havo razvedkasi turli razvedka uskunalari, optik kuzatuv asbob-uskunalari, 
sur‟atga olish uskunalari va radioelektron vositalar bilan jihozlangan jangovar va 
razvedka olib borish uchun mo„ljallangan aviatsiyaning samolyot va 
vertolyotlarida olib boriladi. 
Havo razvedkasining kuch va vositalari qo„qqisdan va tezkorlikda 
dushmanning o„rnashgan hududining ichkarisida parvoz qilib qisqa vaqt ichida 
dushman qo„shinini harakatlanishini va o„rnashgan hududini, YAQQ vositalarining 
joyini, artilleriyasining o„t ochish pozitsiyalarini, joy xususiyati va muxandislik 
jihozlar tizimini, boshqaruv punkti, radioelektron vositalarini va ob‟ektlarining 
koordinatalarini aniqlashi mumkin. 
Havo razvedkasini olib borishning asosiy usullari: ko„z bilan kuzatish
havodan tasvirga tushirish, radioelektron vositalar va dozimetrik apparatlar 
yordamida olib borish. Havo razvedkasining olib borishni tanlash usuli aniq 
vaziyatning sharoitiga, eng avvalo bajariladigan vazifaga, samolyot (vertolyot) 
turiga, razvedka asbob-uskunalariga, sutkaning vaqtiga va meteorologik sharoitga 
bog„liq. Ko„z bilan kuzatish havo razvedkasini olib borishining hamma holatida 
qo„llaniladi. U qo„mondonlikni vaziyatni o„zgarishi to„g„risida tezkor ma‟lumotlar 
bilan ta‟minlaydi. Yirik masshtabli xarita yordamida hech qanday qo„shimcha 
texnik vositalarisiz samolyotdan ob‟ektlarni etarli darajada aniqlash mumkin. 
Ko„z bilan kuzatishni havo razvedkasining ekipaj a‟zolari olib boradilar ular 
ko„z bilan kuzatib yoki optik asbob-uskuna yordamida qiziqtirayotgan ob‟ektni 
joyda kuzatadilar. Ko„z bilan kuzatishni asosiy afzalligi shundaki qisqa vaqt 
mobaynida katta hududlar yoki dushmanning mudofaa uchastkasini ko„zdan 
kechirish, ayniqsa jang mobaynida ularni uzluksiz kuzatib borish va razvedka 
hududidan razvedka ma‟lumotlarni samolyotning bortidan etkazish imkonini 
beradi. Samolyotda jihozlangan ovoz yozish apparati radio orqali etkazilgan 
ma‟lumotlarni tiklab berish imkoniyatini yaratib qo„mondonlikka yozma ravishda 
razvedka parvoz ma‟lumotlarini berishi mumkin.


268 
Ko„z bilan kuzatishning ham o„ziga yarasha kamchiliklari bor: oddiy ko„z 
bilan ob‟ektni aniqlash murakkab bo„lib 1/500 o„lchamda balandlikdan 
niqoblangan ob‟ektni topish qiyinlashtiradi. Uning oqibatida boshqa razvedka turi 
bilan aniqlik kiritish talab etiladi. Biroq jangovar harakatlar mobaynida ko„z bilan 
kuzatish havo razvedkasining asosiy usuli hisoblanadi. 
Havodan tasvirga tushirishda joy hamda razvedka qilinayotgan ob‟ekt 
to„g„risida hujjatli ma‟lumot olish imkonini beradi. Ayniqsa ushbu usul jangga 
tayyorgarlik ko„rish mobaynida qo„llaniladi. 
Havodan tasvirga tushirish bo„lindi: rejali va istiqbolliga - aerosur‟at 
apparatning optik o„qi ob‟ektivining sur‟atga olish paytdagi holati; bajarish usuli - 
yakka tarzda, yo„nalish bo„yicha va maydonli; fotomateriallarning qo„llanishi - oq-
qorali va rangli; sutkaning vaqti bo„yicha - tungi va kunduzgi. Rasmga tushirish 
uchun dushmanning muhim ob‟ektlari bo„lgan suv to„siqlaridan kechib o„tish joyi, 
asosiy zarba berish yo„nalishdagi mudofaa marrasi tanlab olinadi. Aerosur‟atga 
tushirish pastroqdan olib borilsa yaxshi natija beradi hamda qo„qqislik va yashirin 
harakatini ta‟minlaydi. Xorijiy mutaxassislarning fikricha past uchayotgan 
samolyot (vertolyot) larni radiolokatsion stansiyalar yordamida aniqlash 
qiyinlashtiradi chunki radiolokator erga yaqin zonalarni yaqqol ko„rolmaydi 
shuning uchun past uchayotgan samolyotlarni aniqlashi qiyin. Shu bilan birga past 
uchayotgan samolyotdan razvedka olib borishda yoqilg„i ko„p sarf etilib uchish 
qiyinlashadi hamda samolyot-razvedkachining uchish taktik radiusi pasayadi 
demak razvedka qilinadigan hudud maydoni kamayadi.
Radioelektron 
apparatlar 
yordamida 
zamonaviy 
sharoitlarda 
havo 
razvedkasini olib borish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. U turli 
meteorologik sharoitlarda dushmanning ichkarisida erdagi va havodagi 
ob‟ektlarini va radioelektron vositalarini ochishga, fosh qilishga qodir.
Xorijiy davlatlarning armiyasidagi uchuvchi va uchuvchisiz uchish 
apparatlarining samolyot-razvedkachisida o„rnatilgan radioelektron razvedka 
apparaturalarining tarkibida radio, radiotexnik va radiolokatsion stansiyalar, 


269 
televizion va lazer tizimlar hamda issiqlik (infraqizil) va radiatsion razvedka 
vositalari kiradi.
Havo 
razvedkasi 
bo„yicha 
umumqo„shin 
komandiri 
ekipajning 
imkoniyatidan kelib chiqib vazifa qo„yishi kerak. Razvedka yo„nalishini (marshrut) 
tayinlashda dushmanning havo hujumidan mudofaasiga unumli qarshi harakat 
qilish balki front chizig„idan aerodromning uzoqlik masofasini, samolyot 
(vertolyot) ning uchish-taktik tavsifi, meteorologik sharoit, joy xususiyati va 
sutkaning vaqtini hisobga olishi zarur. Quruqlikdagi qo„shinlarning ehtiyojiga 
qarab havo razvedkasini olib borish uchun vazifalar belgilanadi.
Qo„shinlar manfaatida 

Download 11,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish