Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti



Download 11,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/377
Sana09.02.2022
Hajmi11,08 Mb.
#438952
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   377
Bog'liq
fayl 1636 20210826

1000 metrgacha bo„lga

frontda hujum qiladi. Vzvod bitta ko„cha yoki dahaning ichi bo„ylab hujum qiladi.
Vzvod oldiga birinchi navbatdagi vazifa, motoo‟qchi batalyon oldiga esa 
birinchi navbatdagi va navbatdagi vazifalar qo„yiladi. Bundan tashqari, ikkala 
bo„linmaga ham keyingi hujum yo„nalishi ko„rsatiladi.
Motoo‟qchi batalyonning birinchi navbatdagi vazifasi
tayanch punkti 
yoki bitta, ba'zan esa ikkita dahani qo„lga olish, 
navbatdagi vazifasi
esa dushman 
mudofaasi ichkarisidagi muhim ob'ektlarni (dahalarni) zabt etish hisoblanadi.
Vzvodning birinchi navbatdagi vazifasi
dushmanning tayanch punktidagi 
binoni (katta binoning bir qismini yoki bir nechta kichik binolarni) zabt etish 
hisoblanadi.
Motoo‟qchi batalyon komandiri avvaldan katta miqyosli xarita (shahar tarhi, 
fotosuratlar) bo„yicha shaharni (aholi punktini), undagi dushman mudofaasi 
tuzilishining o„ziga xos xususiyatlarini o„rganadi hamda razvedkani 
tashkillashtiradi.
Hujum jangini tashkillashtirish vaqtida motoo‟qchi batalyon (vzvod) 
komandiri odatiy masalalardan tashqari quyidagilarni belgilab beradi: birinchi 
navbatda zabt etilishi kerak bo„lgan eng muhim tumanlar va ob'ektlar (binolar); 
hujumchi guruhlarning soni va ularning tarkibi; binolar, imoratlar va boshqa 
ob'ektlarning qurilishidagi o„ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda o„t ochib 
dushmanga shikast yetkazish usullari.
Hamkorlikni tashkillashtirish vaqtida motoo‟qchi batalyon (vzvod) 
komandiri quyidagilarni muvofiqlashtiradi: bo„linmalarning hujum qilinayotgan 
ob'ekt tomon chiqib borish tartibi; binoga hujum qilish (binoni ishg„ol qilish) va 
uning ichidagi jang vaqtida bo„linmalarning harakatlari; qo„shni bo„linmalar bilan 
hamkorlik tartibi hamda dushman rezervlarining chiqib kelishi va ular tomonidan 
qarshi hujum amalga oshirilishiga yo„l qo„ymaslik choralari; vzvodlar (hujumchi 
guruhlar) qanotlarini, bo„linmalar front ortidagi dushmanning qo„poruvchi-
razvedka guruhlari bilan olib boriladigan kurashni ta'minlash; o„z bo„linmalarini 


162 
tanib olish usullari, hujum qilingan ob'ekt (bino) ichidagi o„z holatini ishora qilish 
uchun mo„ljallangan signallar va boshqa masalalar.
Bo„linmalar shaharga (aholi punktiga) yaqinlashib kelayotganda artilleriya 
bir vaqtning o„zida unga olib boradigan yo„llar va uning chekkasidagi tayanch 
punktlariga o„rnashib olgan dushmanni bostiradi va yo„q qiladi. Bo„linmalar 
shaharning (aholi punktining) chekkasiga yetib borishi bilan artilleriya o„t ochish 
amalini tayanch punktlarining ichkarisidagi binolar va boshqa inshootlarga 
ko„chiradi hamda hujum qilinayotgan ob'ektlarga dushman rezervlarining 
yaqinlashishiga yo„l qo„ymaydi.
Motoo‟qchi batalyon (vzvod), o„t ochib shikast yetkazishning natijalari, 
shuningdek, dushman mudofaasidagi ochiq joy va yaxshi tayyorlanmagan 
uchastkalardan foydalanib, harakat davomida shaharga (aholi punktiga) bostirib 
kiradi hamda ko„chalar bo„ylab hujum qilgan holda bino va dahalarni (muhim 
ob'ektlarni) ketma-ket zabt etib boradi.
Tanklar va ognemyotchilar, qoidaga ko„ra, motoo„qchi bo„linmalarning 
jangovar tartibida yoki ularning ortida harakatlanadi hamda o„zining o„t ochish 
amali bilan birinchi navbatda binolarning podvallari, pastki qavatlari va boshqa 
panagohlardagi dushmanni yo„q qiladi. Piyodalar jangovar mashinalari (zirhli 
transportyorlar) panagohdan panagohga katta tezlikda harakatlangan holda to„p va 
pulemyotlardan olib boriladigan o„t ochish amali bilan tanklar va o„z 
bo„linmalarining olg„a siljishiga to„sqinlik qilayotgan dushmanni yo„q qiladi.
Havodagi dushmanga qarshi kurashish uchun ajratilgan zenit qurollari 
hamda boshqa vositalar o„t ochish amalini olib borish imkonini beradigan 
maydonlar, xiyobonlar va boshqa joylarda joylashtiriladi, o„qchi-zenitchilar esa, 
odatda, binolarning tomidagi pozitsiyalarni egallaydi.
Motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandiri qanotlarni himoyalash va 
dushmanning qarshi hujumlarini qaytarish, shuningdek, alohida mustahkamlangan 
binolarni qurshovga olish uchun bo„linmalarning bir qismini ajratib, asosiy kuchlar 
bilan hujumni rivojlantirishni davom ettirishi mumkin.


163 
Shaharni (aholi punktini) ishg„ol qilish puxta tayyorgarlikdan so„ng 
motoo‟qchi batalyonning bir vaqtning o„zida bir nechta yo„nalishlardan 
uyushtiradigan hujumi bilan amalga oshiriladi.
Shaharning mudofaaga tayyorlangan yirik inshoot va ob'ektlarini qo„lga 
olish uchun hujumchi guruh va otryadlar tuziladi. Motoo„qchi vzvod, qoidaga 
ko„ra, hujumchi guruhning, motoo‟qchi batalyon esa o„z tarkibida 2-3 ta hujumchi 
guruhlarga ega bo„lgan holda hujumchi otryadning asosini tashkil qiladi.
Guruh va otryadlarning tarkibiga, qoidaga ko„ra, tank, to„p, minomyot, 
ognemyot va granatomyotlar, shuningdek, quruqlikdagi nishonlarga qarata o„t 
ochish uchun mo„ljallangan ZU-23-2 rusumidagi zenit artilleriya qurilmalari 
hamda muhandislik-sapyor bo„linmasining shaxsiy tarkibi kiritiladi. Bundan 
tashqari, hujumchi guruh va otryadlar portlovchi zaryadlar, yondirish, tutun 
tarqatish hamda signal berish uchun mo„ljallangan vositalar, shuningdek, g„ovlarni 
yengib o„tish va binolarni ishg„ol qilish uchun mo„ljallangan moslamalar bilan 
ta'minlanadi.
Shaharni ishg„ol qilishni tashkillashtirish vaqtida hujumchi otryadlarning 
(guruhlarning) tayyorgarligiga alohida e'tibor qaratilib, ularning komandirlari 
majburiy tarzda katta miqyosli xaritalar va aerofotosuratlar bilan ta'minlanadi.
Hujumchi otryadning (guruhning) komandiri ob'ekt mudofaasining tavsifi, 
dushmanning o„t ochish tizimini hamda qo„shni binolardan turib dushmanni yon 
tomondan o„qqa tutish mumkinligini, yer osti kommunikatsiyalari, to„siqlar va 
unga olib boradigan eng qulay yo„llarni puxta o„rganib chiqadi. Shuning asosida 
ob'ektni qo„lga olishning usuli, hujumchi guruhlarning soni va tarkibi, 
bo„linmalarning jangovar vazifalari va jangovar tartib belgilanadi. 
Hamkorlikni tashkillashtirish vaqtida ob'ektni ishg„ol qilish tartibi 
o„zlashtiriladi, tank, to„p, granatomyot va boshqa o„t ochish vositalarining 
motoo„qchi bo„linmalar jangovar tartibidagi o„rni, ularning o„zaro hamkorlik, 
aloqa qilish va bir-birini tanib olishining tartibi belgilanadi.
Ishg„ol qilishga kirishish oldidan barcha kuch va vositalarni jalb qilgan 
holda o„t ochib mudofaa ob'ektlariga shikast yetkazish amalga oshiriladi. Ishg„ol 


164 
qilish boshlangach u shahar (aholi punkti) to„liq zabt etilgunga qadar kunduzi va 
tunda uzluksiz olib boriladi.
O„t ochib hujumni tayyorlash vaqtida hujumchi otryad (guruh) hujum 
ob'ektiga imkon qadar yaqin bo„lgan boshlang„ich holatni egallaydi hamda 
belgilangan vaqtda hujumga o„tadi. Qo„shimcha berilgan to„plar va tanklar, 
shuningdek, ognemyotlar bevosita hujum qilinayotgan va qo„shni binolardagi 
dushmanni yo„q qiladi, hujumchi guruhlar esa, devorlardagi yoriqlar, binolarning 
yer osti kommunikatsiyalari, yurish yo„laklari, kirish joylari va turtib chiqqan 
joylaridan foydalanib bino tomon siljib boradi hamda belgilangan vaqtda o„t 
ochish amali va aerozolli (tutunli) pardalarning himoyasi ostida binoga bostirib 
kiradi. Hujum o„t ochish nuqtalari va jonli kuchga qarata hamda derazalar orqali 
binolar ichiga qo„l granatalarini uloqtirgan holda shiddat bilan amalga oshiriladi.
Binoga bostirib kirgach, hujumchi guruhlar dushman kuchlarini ajratib 
yuborishga hamda ularni o„zaro aloqada bo„lish va bir-biriga yordam berish 
imkoniyatidan mahrum qilishga intiladi. Hujumchi guruhlar dadil va mardonavor 
harakat qilib tezlik bilan zina xonalari va maydonchalarini egallaydilar hamda 
tutash xonalarni dushmandan tozalagan holda ularga mustahkam o„rnashib oladi. 
Artilleriya va tanklarning o„t ochish amali bilan madad berish hujumchi guruhlar 
binoga kirib olgunga qadar amalga oshiriladi. Katta binodagi jang qavatlarda 
tarqoq holda boradigan alohida olishuvlarga bo„linib ketadi.
Hujumchi otryad (guruh) tarkibiga kiruvchi muhandislik bo„linmalari 
devorlar va qavatlar orasidagi to„siqlarda yo„l ochadi, zarurat tug„ilganda esa 
qo„lga olingan binolarni minalardan tozalaydi.
Artilleriya bo„linmalari qo„shni binolardagi dushmanni yo„q qiladi va uning 
rezervlarini yaqinlashishiga yo„l qo„ymaydi.
Hujumchi otryad (guruh) bino yoki dahani qo„lga olgandan so„ng keyingi 
bino va dahalar uchun jangni davom ettirib, qo„yilgan vazifani bajaradi. Alohida 
qarshilik o„choqlari va dushmanning kichik guruhlari ikkinchi eshelon (rezerv) 
tomonidan yo„q qilinadi. Juda mustahkam uzoq muddatli o„t ochish istehkomlari 
qurshovga olinadi va ularni mudofaa qilayotgan garnizon bilan birgalikda portlatib 


165 
yuboriladi. Qo„lga olingan muhim binolar va chorrahalar mustahkamlanadi. yer 
osti kommunikatsiyalarining chiqish joylari qo„riqlanadi yoki vayron qilinadi.
Hujumchi otryadning (guruhning) komandiri eng muhim binoga (ob'ektga) 
hujum qilayotgan bo„linmalarga bevosita yaqin joyda turib jangni boshqaradi.
Motoo‟qchi batalyonning texnik ta'minot va front orti bo„linmalari, qoidaga 
ko„ra, shahar (aholi punkti) tashqarisida yoki uning chekkasida joylashtiriladi. 
Qurol-aslaha, texnikani evakuatsiya qilish va ta'mirlash uchun vositalar hamda o„q-
dori va yonilg„ining zaruriy miqdori ortilgan transport, shuningdek, motoo‟qchi 
batalyon tibbiy punkti shahar (aholi punkti) tomonga siljib boradi. Texnik kuzatuv 
punktlari birinchi eshelonda hujum qilayotgan vzvodlarga imkon qadar yaqin 
bo„lgan ko„chalarda yoyiladi. Yaradorlarni qidirish uchun sanitarlar-zambilchining 
guruhlari tuziladi.

Download 11,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish