Yo„ldoshlarning noqulay joylashuvi
– bu priyomnik hamma vaqt bitta
zenitda turgan yo„ldoshdan hamda uning atrofida teng taqsimlangan holda
joylashgan va balandligi ufq chizig„idan 20° katta bo„lgan burchak ostida turgan
yo„ldoshlarning bir nechasidan signal qabul qilishi kerak. Agar yo„ldoshlarning
asosiy qismi osmonning bir tomonida joylashgan bo„lsa, koordinatalarni
o„lchashdagi aniqlik „asayadi.
Geografik axborot tizimi (GIS) haqida umumiy ma‟lumotlar.
Zamonaviy sharoitlarda, geografik makon ma‟lumotlarining ahamiyati
qo„shinlardan samarali foydalanishda sezilarli darajada oshmoqda va joyning
raqamli ma‟lumotlarini tuzish tobora zarur bo„lib bormoqda.
Joyning raqamli ma‟lumotlari qo„shinlar va qurollarni avtomatlashtirilgan
navigatsiya tizimlarini, nishonlar razvedkasi hamda aloqa vositalarini avtomatik
tarzda boshqarish tizimini kartografik ta‟minlashning asosiy vositalaridan biri
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |