Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti


Qo„shinlar ishtirokidagi maxsus harakatlarda muvaffaqiyatga



Download 11,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/377
Sana09.02.2022
Hajmi11,08 Mb.
#438952
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   377
Bog'liq
fayl 1636 20210826

Qo„shinlar ishtirokidagi maxsus harakatlarda muvaffaqiyatga 
quyidagicha erishiladi:
yuksak jangovar ko„nikmalar; shaxsiy tarkibning 
ma'naviy-ruhiy tayyorgarligi va jismoniy chiniqqanligi; doimiy ravishda razvedka 
olib borish, operativ vaziyat va qo„yilgan vazifani bajarishning shartlarini aniq 
bilish; ularda ishtirok etayotgan barcha turdagi kuchlarning o„zaro kelishilgan va 
yaqin hamkorligi orqali.
Harbiy okrug qo„shinlari birlashgan turkumining maxsus operatsiyasi 
doirasida qo„shinlar ishtirokidagi maxsus harakatlarning operativ-taktik hisob-
kitoblari, ularni tashkillashtirish, rejalashtirish va olib borish vaqtida motoo‟qchi 
batalyonning (vzvodning) motoo„qchi taktik guruhi asosiy taktik bo„linma 
hisoblanib, uning tarkibiga shtatdagi jangovar bo„linmalardan tashqari, tank 
(zarurat tug„ilganda), vertolyot, artilleriya va zenit artilleriyasi bo„linmalari hamda 
maxsus qo„shinlarning (razvedka, muhandislik-sapyor, ognemyot, aloqa va 
boshqalar) bo„linmalari kirishi mumkin.
Qo„yilgan vazifa hamda katta komandir (boshliq) tomonidan ajratilgan kuch 
va vositalarni hisobga olgan holda motoo‟qchi batalyon taktik guruhining 
(kuchaytirilgan motoo‟qchi batalyonning) komandiri tomonidan vzvod taktik 
guruhlari (kuchaytirilgan vzvodlar) tuzilib, bunda avval boshdan ularning yetarli 
darajadagi avtonomligi hamda mustaqil harakatlarni olib borish imkoniyatlari 
nazarda tutiladi.


174 
Bunda vaziyatning sharoitlari hamda qo„shinlar ishtirokidagi maxsus 
harakatlarning turidan kelib chiqqan holda motoo‟qchi batalyon (vzvod) taktik 
guruhining tarkibiga qo„shimcha ravishda merganlarning yig„ma guruhlari, 
aviatsiya mo„ljallovchilari va artilleriya o„t ochish amaliga to„g„rilashlar 
kirituvchilar, Maxsus operatsiyalar kuchlari shuningdek, chegara qo„shinlari 
hamda DXX va IIVga qarashli boshqa tuzilmalarning (organlarning) bo„linmalari 
kirishi mumkin.
Bundan tashqari, vzvod taktik guruhlari (kuchaytirilgan jangovar va tog„-
o„qchi guruhlari) katta komandirning qaroriga binoan aeromobil guruhlar 
(otryadlar) va taktik havo desanti tarkibiga kiritilishi mumkin.
Qurolli mojaroni hal etish mobaynida motoo‟qchi batalyonning (vzvodning) 
qo„shinlar ishtirokidagi maxsus harakatlari uning oldini olish bosqichida, qoidaga 
ko„ra, mudofaa, uni to„xtatish bosqichida esa – hujum tavsifiga ega bo„ladi.
Qo„shinlar ishtirokidagi maxsus harakatlarning mudofaa xarakteriga ega 
turlariga quyidagilar kiradi: Davlat chegarasini yoki ma'muriy chegarani (ichki 
qarama-qarshilik hududini ajratib qo„yishda) qo„riqlashni kuchaytirish; o„ta muhim 
ahamiyatga ega (turkumlangan) ob'ekt hamda kommunikatsiyalarni qo„riqlash va 
ularni mudofaasini kuchaytirish.
Qo„shinlar ishtirokidagi hujum tavsifiga maxsus harakatlarning ega turlariga 
quyidagilar kiradi: razvedka-jangovar harakatlar (razvedka-qidiruv, razvedka-
hujum va dushmanning front ortidagi harakatlar); dushmanning qurollangan 
tuzilmalarini bevosita qurshab olish va yo„q qilish; dushman yo„q qilingandan 
so„ng qurshovga olingan hududni ko„zdan kechirib (tozalab) chiqishni o„tkazish va 
boshqalar.
Qo„shinlar ishtirokidagi maxsus harakatlardagi umumqo„shin bo„linmalari 
vazifalarning hajmi va mazmuni harbiy okrug qo„shinlari birlashgan turkumi 
tomonidan o„tkazilayotgan maxsus operatsiyaning miqyosi hamda dushman qurolli 
tuzilmasidagi qarshilik ko„rsatayotgan turkumning tarkibiga bog„liq bo„ladi va har 
qanday holat uchun O„zbekiston Respublikasining qonunchilik aktlarida 
belgilangan huquqiy me'yorlar asosida aniqlashtiriladi.


175 
Bajarilayotgan vazifalarni hisobga olgan holda harbiy okrug qo„shinlari 
birlashgan turkumi qo„mondonining qarori bilan umumqo„shin batalyonlariga 
mas'uliyatga biriktirilgan zonalar tayinlanishi mumkin. Motoo‟qchi batalyon 
mas'uliyatiga biriktirilgan zonaning sarhadlari front bo„ylab 

Download 11,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish