151
qo„llash va yetkazish vositalarini, o„ta
aniq qurol tizimlarini, artilleriyasini,
boshqaruv punktlarini yo„q qiladi hamda uni qismlarga bo„lib yuborib tor-mor
qilish uchun sharoit yaratadi.
Dushman
mudofaasining
ichkarisidagi jang bo„linmalarni olg„a
harakatlanishining bir tekis bormasligi bilan tavsiflanadi hamda murakkab va tez
o„zgaruvchan vaziyatda rivojlanadi. Motoo‟qchi batalyon (vzvod)
komandiri
jangning borishini diqqat bilan kuzatishi, barcha vositalarning o„t ochish amallarini
boshqarishi va eng katta muvaffaqiyatga erishgan bo„linmalarga o„z vaqtida madad
berishi, boshqa bo„linmalar bilan manevr qilib, dushman tayanch punktlarining
qanoti va front ortiga daf'atan hujum qilish uchun ularning yutug„idan ustalik bilan
foydalana bilishi kerak.
Dushmanni uning birinchi eshelonidagi motoo‟qchi batalyonlarining
mudofaa hududida yo„q qilgandan so„ng motoo‟qchi batalyon (vzvod)
dushmanning jangovar tartibidagi ochiq joy va yoriqlardan, artilleriya va o„zini o„t
ochish vositalari o„t
ochish amalining natijalaridan, shuningdek, aviatsiya
zarbalaridan foydalangan holda ichkariga shiddatli hujumni davom ettiradi.
Motoo‟qchi batalyonning razvedka (jangovar razvedka) dozori
birinchi
eshelondagi bo„linmalarning o„t ochib bergan madadi bilan oldinga chiqadi va o„z
yo„nalishida razvedka amalini olib boradi. Piyoda yurib harakat qilgan motoo„qchi
bo„linmalarning shaxsiy tarkibi piyodalar jangovar mashinalariga (zirhli
transportyorlarga) yoki desant tariqasida tanklarga chiqariladi.
Tanklar uchun o„tish qiyin bo„lgan tabiiy joy uchastkalarida motoo„qchi
bo„linmalari tanklarni quvib o„tishi hamda ular va piyodalar jangovar mashinalari
(zirhli transportyorlar) o„t ochish amalining himoyasi ostida hujum qilishi mumkin.
Mazkur uchastkalar yengib o„tilgandan so„ng tanklar yana motoo„qchi
bo„linmalarni quvib o„tadi va hujumni davom ettiradi.
Qo„lga olingan marralar yoki dushman mudofaasining ichkarisidagi muhim
ahamiyatga ega alohida ob'ektlar buning uchun tayinlangan bo„linmalarga
biriktirilib, ular zudlik bilan yer qazib o„z atrofini o„raydi va dushman tomonidan
amalga oshirilishi mumkin bo„lgan qarshi hujumlarni qaytarish uchun o„t
ochish
152
amalini tayyorlaydi. Tutashish joylari va ochiq qanotlar artilleriyaning o„t ochish
amali, rezervning manevri, zarurat tug„ilganda esa motoo‟qchi batalyon olg„a
harakatlangan sari joyidan ko„chib boradigan himoyalash bo„linmalarini nisbatan
xavfli yo„nalishlarga yuborish bilan ham ta'minlanadi.
Dushman mudofaasining ichkarisida jang olib borish vaqtida qo„lga
kiritilgan har qanday yutuq zudlik bilan rivojlantirilishi va dushmanni to„liq tor-
mor qilishga erishilgan uchun foydalanilishi kerak. Hujumni rivojlantirish
mobaynida motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandiri
navbatdagi mudofaa
pozitsiyasidagi dushmanning mudofaasini avvaldan fosh qilish uchun choralar
ko„radi, unga o„t ochib shikast yetkazish, uni harakat davomida egallash yoki yorib
o„tishning tartibini, ikkinchi eshelon yoki rezervni jangga kiritish yo„li bilan sa'y-
harakatlarni kuchaytirish tartibini belgilaydi hamda bo„ysunuvchi va madad
berayotgan bo„linmalarning vazifalariga aniqlik kiritadi.
Brigadaning ikkinchi eshelonida yoki umumqo„shin rezervida harakat
qilayotgan motoo‟qchi batalyon (vzvod) joydan-joyga ko„chishda pinhona, odatda,
jang oldi tartibida, birinchi eshelondagi motoo‟qchi batalyonlar (vzvodlar) ortidan,
tabiiy joyning himoyalovchi va niqoblovchi xususiyatlaridan foydalangan holda bir
marradan
boshqasiga tomon, erishilgan muvaffaqiyatni rivojlantirish, yorib kirish
joyini qanot tomonga kengaytirish va qarshi hujumlarni qaytarishga, birinchi
eshelondagi bo„linmalarni almashtirishga, shuningdek, hujum qilayotgan
bo„linmalarning front ortida qolgan dushmanni yo„q
qilishga shay holatda
harakatlanadi.
Motoo‟qchi batalyonning ikkinchi esheloni (rezervi), qoidaga ko„ra, birinchi
eshelondagi bo„linmalardan
Do'stlaringiz bilan baham: