144
Aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf qilinadi. O„tkazilgan nazoratdan so„ng
motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandiri brigada
komandiriga jangovar
harakatlarga shaylik haqida bildiruv beradi hamda tayinlangan vaqtda shtatdagi va
qo„shimcha berilgan bo„linmalarning komandirlariga o„t ochib hujumni
tayyorlashni boshlash vaqti, shuningdek,
“S”
vaqtini e'lon qiladi.
3.2. Hujum jangini olib borish
Dushman bilan bevosita to„qnash kelganda amalgaoshiriladigan hujum jangi
Belgilangan vaqtda katta komandirning signaliga binoan o„t ochib hujumni
tayyorlash boshlanadi.
Dushman bilan bevosita to„qnash holatda bo„lgan bo„linmalar o„zining o„t
ochish amali bilan uning tayanch punktlari va birinchi pozitsiyasidagi o„t ochish
vositalari hamda tirik kuchini yo„q qiladi va bostiradi. Dushman tomonidan qarshi
tayyorgarlik o„tkazilgan holda, kuzatuvchilar hamda navbatchi o„t ochish vositalari
raschetlaridan tashqari shaxsiy tarkibning barchasi komandirlarning komandasiga
binoan transheya va boshqa panagohlarga yashirinadi.
Motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandiri o„t
ochib hujumni tayyorlashni
o„tkazish mobaynida o„t ochish amalining natijalarini kuzatadi, bo„linmalar, o„t
ochish vositalarining oldiga dushmanning omon
qolgan va yangi aniqlangan
nishonlarini yo„q qilish bo„yicha vazifalar qo„yadi, muhandislik to„siqlari orasidan
yo„l ochish, qo„shimcha berilgan (madad berayotgan) tanklarning chiqib kelishi
o„z vaqtida olib borilayotganligini nazorat qiladi
hamda brigada komandiriga
hujumga shaylik haqida bildiruv beradi.
Birinchi eshelondagi hujum uchun mo„ljallangan tankchi batalyon,
shuningdek, motoo„qchi bo„linmalarga qo„shimcha
berilgan va kutish
(boshlang„ich) pozitsiyalarni egallab turgan tankchi vzvodlar (guruhlar) o„t ochib
hujumni tayyorlash vaqtida belgilangan komandaga (signalga) binoan hujumga
o„tish marrasi
tomon chiqishni boshlaydilar, bunda belgilangan
“S”
vaqtda
tanklarni dushman mudofaasi oldingi chizig„iga motoo„qchi bo„linmalar bilan bir
vaqtda chiqishining ta'minlanishi hisobga olinadi.
Tanklar ortidan ular bilan
145
joylashtirilgan piyodalar jangovar mashinalari (zirhli transportyorlar) ham
harakatni boshlaydilar.
Hujumga o„tish marrasiga yaqinlashish barobarida tankchi bo„linmalar
ketma-ketlik bilan vzvod kolonnalariga, guruh kolonnalariga, so„ngra esa jangovar
tartibga tiziladilar hamda ruxsat etilgan eng katta tezlikda harakatni davom ettirib,
harakat davomidagi o„t ochish amali bilan dushmanni yo„q qilgan holda hujumga
o„tadi. Piyodalar jangovar mashinalari (zirhli transportyorlar) o„z bo„linmalari
tomon chiqib boradi.
To„g„ridan-to„g„ri nishonga olib o„t ochish uchun jalb qilingan tanklar o„z
bo„linmalarining jangovar tartibidagi joylarini egallaydi.
Motoo„qchi bo„linmalar bilan piyoda yurib hujumga qilish oldidan, tanklar
birinchi eshelondagi motoo„qchi vzvodlarning boshlang„ich pozitsiyalariga
yaqinlashib qolgan
vaqtda vzvod komandirlari
Do'stlaringiz bilan baham: