Toshkent tibbiyot akademiyasi farmakologiya


Дори моддаларининг эмбриотоксик, фетотоксик, тератоген



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/60
Sana18.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#559562
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   60
Bog'liq
ON gajavoblar

44.Дори моддаларининг эмбриотоксик, фетотоксик, тератоген 
таъсирлари 
Bularga neyrotoksik asoratlar - dori moddalari markaziy nerv sistemasiga ta‘sir etib,
bosh og'rishi, bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, neyroleptik sindromlar yuzaga chiqadi.
Bunday asoratlar ko'pincha neyroleptiklami, qon bosimini tushiradigan moddalami 
qo'llaganda uchraydi. 
Dori moddalari jigarda metabolizmga duchor bo'lgani uchun bu a‘zoga ta‘siri kuchliroq
bo'ladi. Jigar hujayralarida morfologik o'zgarishlar paydo bo'lib, uning faoliyatini 
o'zgartiradi. Bunda bemor sarg'ayib ketishi, toksik gepatit hamda jigar sirrozi paydo
bo'lishi mumkin, gepatotoksik asoratlar ko'pincha alkogol, fenotiazin unumli 
neyroleptiklar, tetratsiklinlami qo'llaganda kelib chiqadi.Dori moddalarining ko'pchiligi 
siydik bilan chiqib, buyrakka, siydik 
O'zgarishlar buyrak kanalchalarida va koptokchalarida sodir bo'lishi mumkin. Dori
moddalardan buyrak zararlanib, nefrit hamda nefroz yuzaga kelishi mumkin. Ko'pincha 
og'ir metallar, neomitsin nefrotoksik asoratlami
keltirib chiqaradi.Og'iz orqali yuborilgan moddalar oshqozon, ichakda salbiy 
ta‘sirlami yuzaga keltirishi mumkin, bunda ko'ngil aynashi, oshqozon va ichakda og'riq
turishi yallig'lanish hamda yara paydo bo'lishi 
mumkin, bu asorat ultserogen deyiladi (lotinchada ―ulcus‖ - yara). Ultserogen 
asoratga asosan atsetilsalitsilat kislota, butadion, rezerpinlar sabab bo'lishi mumkin. 
Og'iz orqali yuboriladigan antibiotiklar (tetratsiklin, levomitsetin) bilan uzoq
davolanganda ichakda saprofit mikroblarning o'sishi to'xtaydi, natijada patogen 
zamburug'lar paydo bo'lishi uchun sharoit yaratiladi, disbakterioz, kandidomikoz paydo
bo'ladi. Bu salbiy ta‘sirlaming oldini olish uchun antibiotiklar bilan birgalikda 
vitamin B kompleksi moddalarini ham qo'llash kerak bo'ladi.Ayollar homiladorlik
davrida dorilarni bilar-bilmas ichishi natijasida homila mayib-majruh bo'lib tug'ilishi 


51 
mumkin. Bunday salbiy ta‘sir teratogen (lotincha tyeratos - majruh) ta‘sir deb ataladi.
Dori moddalarini homiladorlikning 4-6 haftasida qo'llash juda xavflidir, chunki
bo'lajak bolaning asosiy a‘zolari va sistemalari shu muddatda shakllana boshlaydi.
Masalan, etil spirti, tetratsiklin, levomitsetin, kortikosteroidlar, psixotrop moddalar va 
o'smalarga qarshi moddalar teratogen ta‘sir ko'rsatishi mumkin. 
Ayrim dori vositalari embrionning normal rivojlanishiga homiladorlikning birinchi
kunidan boshlab salbiy ta‘sir ko'rsatishi mumkin. Buning natijasida 1, 2, 3-6 hafitalik 
homila o'smay qoladi va oxirida o'z-o'zidan bola tushadi. Dori moddalarining kalta 
miqdori yoki o'rtacha va kichik miqdori uzoq vaqt qabul qilinganda tuxumdonda va
bachadon shilliq qavatida to'planib, salbiy ta‘sir ko'rsatadi. Bu ta‘sir natijasida 
yetishgan homila noso lom tu iladi. Ushbu salbiy ta‘sir embriotoksik
(homiladorlikning 12-haftasidan oldin), fetotoksik (homiladorlikning kechki
muddatlarida ro'y berganda) deb ataladi. Bunday salbiy ta‘sirni etil spirti, xinin,
xloridin yuzaga keltirishi mumkin.Ba‘zi dori vositalari yoki kimyoviy moddalar irsiy 
o'zgarishlaming monnal kechishini o'zgartirib yuborishi mumkin. Masalan, barbituratlar,
steroid gormonlar, psixotrop hamda kantserogen moddalar shunday ta‘sir ko'rsatadi.
Teratogen va m utagen ta‘sir mexanizmi hali to'lao'rganilmagan, ba‘zi ma‘himotlarga 
ko'ra bu moddalar DNK bilan birikadi va DNK molekulasining konformatsiyasini 
o'zgartirib yuboradi, natijada DNKdan hosil bo'ladigan RNK sintezi kamayadi, genetik
mutatsiya jarayoni yuzaga keladi va o'zgarishlar nasldan-naslga o'tishi mumkin.Ba‘zi dori 
moddalari blastomogen ta‘sir ko'rsatishi, ya‘ni mustaqil rivojlanish xususiyatiga ega 
bo'lgan o'smalar paydo bo'lishi mumkin.Zararli ta‘sirlar bir-biriga mos kelmaydigan
moddalar birgalikda qo'llanganda ham hosil bo'ladi. 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish