Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar


Yiringli infeksiyaga organizmning reaksiyasi va patogenezi



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Yiringli infeksiyaga organizmning reaksiyasi va patogenezi 
Yiringli infeksiyaning rivojlanishida teri va shilliq qavat 
barer 
larining 
ahamiyati juda katta

Mikroblar uchun butunligi buzilmagan teri va shilliq qavatlari 
engilmas to‘siq bo‘lib xizmat qiladi. Mexanik yoki boshqa omillarning ta’siri 
epidermis va shilliq qavatlar butunligini buzilishiga olib keladi va infeksiya uchun 


203 
«kirish darvozalari»
ochiladi. Mikroblar organizmga arzimagan mikrotravmalar 
natijasida osongina kirib oladi va to‘qimalararo bo‘shliqqa o‘tib, limfa sistemasi 
orqali limfa oqimi bilan to‘qimalarning chuqurroq qatlamlarigacha etib boradi. 
Xirurgik infeksiyaning keyingi rivojlanishi va yiringli jarayonning tarqalishi 
quyidagilarga bog‘liq:
organizmning immunologik holatiga, mikroblarning 
virulentligiga. 
Xirurgik infeksiyaning rivojlanishida to‘qimalarning immunobiologik, anatomo-
fiziologik xususiyatlari katta ahamiyatga ega. 
O‘tkir yiringli infeksiyaning rivojlanishiga
k
irish darvozalari sohasi 
terisidagi trofik o‘zgarishlar (qon quyilishi, nekroz), poliinfeksiya (bir necha xil 
mikrofloralarning sinergik), superinfeksiya (virulentligi har-xil bo‘lgan yangi tur 
mikroblarning kirishi) olib keladi. 
Xirurgik infeksiyaning mahalliy belgilari: qizarish, shish, og‘riq, 
temperatura, zararlangan a’zo va to‘qimalar funksiyasining buzilishi. 
Bu simptomlarning namoyon bo‘lish darajasi organizmning reaktivligiga 
bog‘liq. Yallig‘lanishga javoban organizmning quyidagi raeksiyalari tafovut 
qilinadi: giperergik, normergik, anergik. 
Giperergik reaksiya
. Bu tur reaksiya uchun yallig‘lanish o‘chog‘ida yiringli 
jarayon, shishning keskin rivojlanishi, keskin ifodalangan limfadenit va tomirlar 
trombozi xarakterli. Bu jarayonlar ko‘pincha bemorlar umumiy ahvolining 
birdaniga yomonlashuvi bilan kechadi va o‘lim bilan tugashi mumkin. 
Normergik reaksiya
. Bu xil reaksiyada jarayon biroz sekinroq kechadi, to‘qimalar 
reaksiyasi sust ifodalangan (biroz shish), uncha baland bo‘lmagan temperatura va 
biroz leykotsitoz. Agarda davolash vaqtida va to‘g‘ri boshlansa, normergik 
reaksiya osongina davolanadi.
Anergik reaksiya
. Reaksiyaning bu turi sust ifodalangan umumiy va mahalliy 
simptomlar bilan xarakterlanib, yallig‘lanish chagaralangan va salgina ifodalangan 
shish, normal yoki subfebril temperatura bilan kechadi. Organizmning immuniteti 
etarli darajada bo‘lsa kasallik osongina shifo topadi va o‘tib ketadi. Agarda 
immunitet past bo‘lsa unda jarayon keskin tus oladi.


204 
Har bir yallig‘lanish jarayoni organizmning umumiy reaksiyasi bilan kechadi va 
quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi: mikrofloraning virulentligiga, parchalangan 
to‘qimalarning so‘rilish intensivligiga, makroorganizmning reaktivligiga. 
Organizmning umumiy reaksiyasi namoyon bo‘ladi:
gektik temperatura, titroq, 
bosh og‘rishi, holsizlik, hushning buzilishi, taxikardiya, jigar va buyrak 
faoliyatlarining buzilishi. 
Davolash prinsiplari.
Rivojlangan xirurgik infeksiyani davolash organizm 
immunobiologik kuchlarini maksimal oshirish bilan, mikroflora rivojlanishi uchun 
noqulay sharoitlar yaratish orqali olib boriladi: 
Aholining maishiy sanitar-gigienik ahvolini yaxshilash, shu juladan 
antibiotiklarni keng ko‘lamda qo‘llash xirurgik infeksiya rivojlanish sonini 
kamaytiradi. Vaqt o‘tishi bilan mikroblarning antibiotiklarga chidamli bo‘lgan 
yangi shtammlari paydo bo‘lishi natijasida, xirurgik muolajalarni talab qiluvchi 
yiringli kasalliklar ko‘payadi. Oxirgi yillarda xirurgik infeksiya bilan kurashning 
yangi usullarini izlash –organizm ximoya kuchlarini o‘rganishga, ularni 
kuchaytirish va maqsadga muvofiq ravishda qo‘llashga undaydi va bular bilan esa 
klinik immunologiya shug‘ullanadi. Infiltrativ yallig‘lanish bosqichida konservativ 
davolaniladi. Davolashda mahaliy va umumiy ta’sir qilish prinsiplari qo‘llaniladi. 
Mahalliy davo: tinchlik, antiseptik vositalarni mahalliy qo‘llash, fizioterapevtik 
muolajalar, novokainli blokadalar.
Umumiy davolash: yiringnli intoksikatsiya bilan kurashish, organizm himoya 
kuchlarini faollashtirish, mikroorganizmlar virulentligi pasaytirish, hayot uchun 
muhim a’zolar faoliyatini yaxshilash, to‘qimalar regenerativ xususiyatlarini 
stimullash. 
Yiringli intoksikatsiya bilan kurash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: yiringni 
evakuatsiya qilish, antitoksik xususiyatga ega bo‘lgan vositalarni ishlatish – 
fiziologik eritma, 5% li glyukoza, laktosol, gemodez, polivinol, jelatinol, oksigeno 
va vitaminoterapiya, jigar va buyrak faoliyatini yaxshilash. 
Organizm himoya kuchlarini faollashtirish: yangi konsentratsiyalashgan qon va 
eritrotsitar massa quyish, faol immunizatsiya: anatoksin, maxsus vaksinalar 


205 
ishlatish, passiv immunizatsiya: stafilokokk anatoksini, antistafilokokk plazmasi 
yoki gamma-globulini, spetsifik bakteriofaglar ishlatish.
Antibiotiklar keng ishlatiladi: mahalliy ishlatish, suyak ichiga yuborish, vena 
ichiga yuborish, arteriya ichiga yuborish , aortaga yuborish, traxeya ichiga 
yuborish, yuqorida ko‘rsatilgan usullarni kombinatsiyasi. 
Enzimoterapiya – mahalliy, ingalyasiya yordamida, parenteral ishlatish. 
Operativ davo prinsiplari: 
Operatsiya oldi tayyorgarligi
: gigenik vanna, xuqna, operatsiya maydonini 
tozalash. 
Og‘riqsizlantirish:
 
mahalliy infiltratsion, o‘tkazuvchi anesteziya; 
umumiy anesteziya – vena ichiga, ingalyasion. 
Operatsion kesim
keng bo‘lishi kerak, zaruriyat bo‘lganda qo‘shimcha 
kontraperturalar qilinishi lozim, yiringli bo‘shliqni ikki bo‘shliqli drenaj naychalar 
bilan drenajlash kerak. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish