Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Transfuzion terapiya. 
Ko‘p qon yo‘qotganlar, og‘ir shok holatidagi 
yaradorlar harbiy zonada davolash-ko‘chiruv choralar tizimi ishlashiga asos 
bo‘ladi. Bu bosqichda transfuzion terapiyaga muhtoj yaradorlar va shikastlanganlar 
soni 0,1-6%ni tashkil qilishi mumkin. Infuzion terapiya qon o‘rnini bosuvchilarni 
quyish orqali gemodinamikani stabilizatsiyalanishiga olib keladi. Evakopunktlarda 
gemotransfuziyaga ko‘rsatma 0,5l I qon guruhini quyish bo‘lib, massiv qon 
yo‘qotish (1,5l dan ko‘p) bo‘ladi. Geotransfuziyaga qarshi ko‘rsatma – ichki qon 
ketish. Qorin, ko‘krak qafasi, miya yaralarida qon quymaslik kerak. 
Qon quyish texnikasi: b
irinchi vrachlik yordam ko‘rsatishda tezkor 
hollarda faqat 0(I) guruh qonini 500ml. Donor va retsipient (qabul qiluvchi) qonini 
guruh mosligi, Rh mosligi aniqlanmasdan ham quyilaveradi. Hayotiy ko‘rsatma 
bo‘lsa 0(I) (Rh-) eritrotsitlar massasini quyish ham mumkin. Individual va biologik 
moslikni aniqlash kerak. Flakondagi donor qonining guruhi va Rh-faktori 
aniqlangan bo‘lishi kerak. 
Individual moslikni aniqlash uchun sinama o‘tkazish dasturi. 
1. Retsipient venasidan 3-5ml qon olib, stabilizatorlar qo‘shmagan holda 
probirkaga solinadi. 2. Qon sentrifugalanadi. 3. Pipetka yordamida retsipient qon 
zardobidan 2-3 tomchi olinadi va tarelkaga solinadi.
retsipient qon zardobiga 1 tomchi (10 marta kam) donor qoni solinib, shisha 
tayoqcha bilan yaxshilab aralashtiriladi. 4. Reaksiyaga 5-10 daqiqadan so‘ng baho 
beriladi: agglyutinatsiya bo‘lmasligi donor va retsipient qonini individual mosligini 
ko‘rsatadi. 
Biologik sinov o‘tkazish dasturi.
1. Donor qonini mikroskopik baholash (flakon, plastik xaltadagi) 
2. Flakondagi qon quyishga yaroqli bo‘lganda yaxshilab aralashtiriladi. 
3. Qon quyish uchun sistema yig‘iladi 
4. Venepunksiya. 
5. Birinchi 75ml qon retsipientga 25ml dan oqim bilan 3-5 min oraliq bilan 
yuboriladi. 


147 
6. Biologik sinamada retsipientning pulsi, nafasi, tashqi ko‘rinishi kuzatib 
turiladi. 
Mos kelmaganda puls, nafas tezlashadi, teri rangi o‘zgaradi. Dastlab teri 
oqaradi, keyin qizaradi, lablar sianozi kuzatiladi. Bemor ko‘krak va beldagi 
og‘riqlarga shikoyat qiladi. Lab va qovoq titrashi, ko‘ngil aynishi va qayt qilish 
paydo bo‘ladi. Gemotransfuziya bunda tezda to‘xtatiladi. 
75ml qondan keyin mos kelmaslik kuzatilmasa, qon tanafussiz oqim bilan yoki 
tomchilab quyiladi. 
Qon o‘rnini bosuvchi eritmalar o‘tkir qon yo‘qotishda (1,5l dan kam) va 
shokni III-IV darajasida quyiladi: venaga 0,5-1,0l poliglyukin, reopoliglyukin va 
boshqa plazma o‘rnini bosuvchi suyuqliklar oqim bilan yuboriladi.
Evakopunktlarda transfuzion vositalarni qo‘llashdan maqsad-keyingi tibbiy 
ko‘chirish bosqichida transportirovka davrida yaradorni gemodinamikasini 
stabillashtirish. Yaradorni ko‘chirishga imkon bo‘lmasa, qon o‘rnini bosuvchilar 
yuboriladi. Uni keyingi bosqichga o‘tkazishda ham transfuzion terapiya foydalidir. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish