Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Donorlarning
O. K. Gavrilov bo‘yicha tasnifi 

Qon donorlari. 

Kam uchraydigan qon guruhlari donorlari. 

Standart eritrotsitlar donorlari. 

Plazma donorlari. 

Immun plazma donorlari. 

Qon hujayralari (leykotsitlar, trombotsitlar) donorlari. 

Suyak ko‘migi donorlari. 

Navbatchi donorlar (lozim bo‘lgan vaqtda uydan chaqiriladilar). 

Bevosita qon quyish uchun donorlar (qarindoshlar, ota, ona, farzandlar, aktiv 
donorlar). 
Qon komponentlari va preparatlari: 
1. Qon zardobi: tabiiy zardob, quruq, antigemofil, antistafilokokk, yashil 
tayoqchaga qarshi zardoblar. 
2. Eritrotsitar massa: yuvilgan eritrotsitlar, muzlatilgan eritrotsitlar, 
eritrotsitlar suspenziyasi. 
3. Leykotsitar massa 
4. Trombotsitar massa 
5. Qon ivishini korrektorlari: fibrinogen, kriopretsipitat, antigemofil 
globulin, fibrinolizin, trombin, fibrin plyonkasi, biologik antiseptik tampon 
(BAT), gemostatik gubka. 
Qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar 
1. Kristalloid (tuzli) eritmalar: natriy xloridining izotonik eritmasi, 
Ringer-Lok eritmasi, laktosol. 


140 
2. Gemodinamik ta’sirga ega suyuqliklar: poliglyukin, reopoliglyukin, 
jelatinol, polivinol. 
3. Dezintoksikatsiya ta’siriga ega suyuqliklar: gemodez, polidez, 
neokompensan, periston. 
4. Parenteral oziqlantirish uchun mo‘ljallangan suyuqliklar: 
gidrolizin, aminopeptid, aminozol, infezol, selepid, selemin. 
Qon quyish. 
Konservatsiya qilingan qon va qon o‘rnini bosuvchilarni saqlash, 
transportirovkasi, taqsimlash, hisoblash va nazorat qilish. 
Transportirovka qilish, tayyorlash va saqlash uchun qonni tayyorlash va 
qayta ishlash otryadi (QTQO) va qon quyish stansiyasi (QQS) (rasm-62) 
ekspeditsion bo‘limlar shakillanadi.
62-rasm. 
Shartlari – qonning biologik xususiyatini uzoq saqlab qolishdir: a) genga 
mexanik ta’sirning oldini olish (chayqash, aralashtirish va h. k.); b) doimiy past 
haroratda (- 4 -16
o
S) saqlash kerak. 
Maxsus saqlash joylar, sovutish qurilmalari yoki muzlatgichlar bo‘lishi 
kerak. Qisqa vaqt saqlash uchun termoizolyasiyalovchi konteynerlar (TK-1M) va 
harakatchan refrijerator qurilmalari (RM-P) bo‘ladi. 


141 
63-rasm. 
Dala sharoitida qon maxsus jihozlangan erto‘lalarda (63-rasm) yoki 
termoizolyasiyalovchi konteynerlarda saqlanadi. Erto‘la quruqligi va 1,5 - 2m dan 
ko‘p emas, devori yupqa o‘ralgan, tomi termoizolyasiyalovchi materialdan 
qilingan bo‘ladi. Harorat kuniga 2 marta nazorat va hujjatlarda qayd qilinadi. 
Flakonlardagi qon tokchalarda tik holda taxlab qo‘yilishi kerak. Bunda qonning 
shaklli elementlari cho‘kadi va yoritilganda qon plazmasiga qarab qonning qo‘llash 
uchun tayyorligiga baho beriladi. Ko‘p miqdorda qon joylashtiriladigan saqlov 
xonalarda 4 ta tokcha bo‘lishi maqsadga muvofiq: 1) tinayotgan; 2) tingan qon – 
quyishga yaroqli; 3) shubhali qon; 4) quyishga yaroqsiz qon uchun. 
Standart konservatsiya qilingan eritmalarda tayyorlangan va quyishga 
yaroqli bo‘lgan qonni saqlash muddati 20 kundan oshmasligi kerak, nazorat 
qilinishi qonni pasportizatsiyasiga ma’sul bo‘lgan vrachga topshiriladi. 
2. Transport qilishda QQSda qonni saqlanish sharoitlariga e’tibor berish; optimal 
haroratni saqlash (-4 -16
o
S) va shaklli elementlarni travmatizatsiyasini oldini olish 
zarur. 
Transportirovkada optimal harorat tartibi bilan harakatchan refrijator 
qurilmasi (RM-P nusxadagi) va termoizolyasiyalovchi moslamalar bo‘ladi. Eng 
avaylovchi transport turlari aviatsiya, suv, yo‘lovchi poezdlari hisoblanadi. Yo‘l 
orqali tashilganda maxsus qoplamalar bilan himoya qilinadi. 


142 
Flakonlar konteyner va qutilarga tik holda tahlanadi, qutilar belgilanadi. 
Konteyner tez buziladigan yuk sifatida hujjatlashtiriladi. Ularda quyidagi belgi 
bo‘lishi kerak: “Oyna”, “Yuqori”, “Ag‘darmang”. 
3. Tibbiy evakuatsion etaplarini qon bilan ta’minlash ko‘chiruv yo‘nalishli 
front yoki front orti gospitallarini qon xizmati ta’minlaydi. Ko‘chirish 
bosqichlarida ommaviy yo‘qotishlar bo‘lganda konservatsiya qilingan qonga 
bo‘lgan talab A.N.Berkutov tomonidan taklif qilingan formulaga asosan har 100 
yaradorga nisbatan hisoblab topiladi. 
Qon va qon o‘rnini bosuvchilarni hisoblash va nazorat qilish.
Evakopunktlarga tushganlar uchun qon tezda, maxsus har bir ampulani qayd 
qilingan holda olib keltiriladi. Bunda qonni qabul qilish sanasi, guruhi va Rh-
faktori, tayyorlangan sanasi, donorning familiyasi va ampula nomeri, qabul 
qilingan qon miqdori qayd qilinadi. Qon o‘rnini bosuvchilarni hisoblash: har bir 
alohida modda turining miqdori, seriyasi va tayyorlangan sana va joyi belgilanadi. 
Qonni qo‘yishdan avval har bir flakonni germetikligi, pasport qismi 
to‘g‘riligi, makroskopik ko‘zdan kechirish ma’lumotlari tekshiriladi. Agar rezina 
probka va qopqoplar buzilsa, shishada yoriqlar bo‘lsa, o‘ramdan qon sizib 
chiqqan bo‘lsa, ampulada (flakon) qon tayyorlangan sana, guruh, donor 
familiyasi va shifokor familiyasi, muassasa nomi ko‘rsatilgan yorlig‘i bo‘lmasa, 
bunday qon quyilmaydi. Konservatsiyalangan qon tiniq, plazma tilla sariq 
rangda, cho‘kmalarsiz va loyqasiz, cho‘kkan globulyar massa va plazma o‘rtasida 
aniq chegaraga ega bo‘lishi kerak. Globulyar massa va plazma nisbati 1:1 yoki 
1:2 bo‘lib, bu eritmani suyultirish darajasi va uning individual biologik 
xususiyatiga bog‘liq. 
Konservatsiyalangan qon sifatining, quyishga yaroqligining unda gemoliz 
belgisi yo‘qligi ko‘rsatadi. Transportirovka vaqtida qonning chayqalishi undagi 
eritrotsitlar to‘la cho‘kishini uch kunga kechiktiradi va qon gemolizlanishini 
tezlashtiradi. 
Eritrotsitlar parchalanishiga shubha bo‘lganda gemolizga sinamalar 
o‘tkaziladi. 


143 
1. Sentrifugali sinama: 5ml donor qonidan olib sentrifugalanadi, keyin 
plazmaning qizil rangda bo‘lishi – gemoliz bo‘lgandan, sariq bo‘lishi – 
gemoliz yo‘qligidan darak beradi. 
2. I.S.Komenikov sinamasi: 2 ta probirkaga 10 ml dan fiziologik eritma 
quyiladi. Bittasiga tekshirilayotgan qondan 3 tomchi solinadi. Eritrotsitlar 
cho‘kkandan so‘ng nazorat probirka bilan solishtiriladi. Agar rangsiz bo‘lsa 
– gemoliz yo‘qligini ko‘rsatadi. 
Infeksiyalangan qon plazmasi xira, iflos, loyqasimon rangda, unda 
suspenziya cho‘kma, donadorlik, gaz pufakchalarining bo‘lishi, uning yuzasida oq 
loyqa va parda bo‘lishi, plazmani pushti yoki qizil rangdaligi (gemoliz) yoki 
plazmada massiv quyqalar bo‘lishi xarakterlidir. 
Infitsirlangan qonni xilezdan quyidagi belgilaridan ajratish mumkin. 1-usul: 
ampuladagi xilez (yog‘li) qon xona haroratida tursa, plazma ustidagi loyqasimon 
parda yo‘qoladi. Bu infitsirlangan qonda kuzatilmaydi. 
2-usul: flakondagi qon chayqatilmagan holda issiq suvga (38
o
S dan yuqori 
bo‘lmasligi kerak) 30 daqiqaga solib qo‘yiladi. Yog‘li parda yo‘qolib ketishi 
kerak, plazma yuzasidagi mikrobli parda bo‘lsa, o‘zgarishsiz turadi. 
Agar kuzatilayotgan qon ko‘rinishini aniqlab bo‘lmasa, xilez qonni 
quymaslik kerak. Konservatsiyalangan qonda kichik, alohida quyqalar bo‘lsa uni 
quyish mumkin, lekin quyish vaqtida kapron filtrdan suzish kerak. Katta va ko‘p 
quyqali qon yaroqsiz. Vaqti-vaqti bilan qonni ko‘zdan kechirib turish kerak. Bu 
undagi o‘zgarishlarni, gemoliz infitsirlanish belgilari, joylashining buzilishini o‘z 
vaqtida bilishga yordam beradi. Yaroqsiz qon saqlov xonasidan olib tashlanadi. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish