1-qadam Odatda 2 yoshdan boshlab mahalliy suv muolajasi qilish (masalan, oyoqni yuvish) mumkin. Suvning dastlabki harorati 35°C bo‘lishi kerak. Suv haroratini har 3-4 kunda 1°C pasaytirib, 24-22°C ga tushiriladi. Bu muolajacni uxlashdan oldin qilgan yaxshi 2-qadam Qo‘lda cho‘miltirish
Qo‘lda cho‘miltirishni 2 yoshdan boshlash va, albatta, kattalarning nazorati ostida o‘tkazish tavsiya etiladi. Bundan oldin juda bo‘lmasa bir necha marta ustdan suv quygan ma’qul. Ovqatlantirib bo‘lgandan so‘ng 1 soat o‘tgach cho‘miltira boshlanadi. Shamol bo‘lmagan paytda havo harorati 24-25°C dan, suv harorati 22-23°C dan past bo‘lmasligi kerak. Suv yetarlicha isigan paytda — kunning ikkinchi yarmida cho‘miltirgan yaxshi. Cho‘miltirish vaqtida bola doimo harakatda bo‘lishi zarur. Dastlab 2-3 daqiqadan ortiq cho‘miltirmaslik kerak, keyin esa asta-sekin 5-6 daqiqagacha uzaytirib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |