Yelka arteriyasi tirsak chuqurchasida lacertus fibrosus ning orqasida a. radialis
va a. ulnaris larga bo‘linadi. Bilak arteriyasi sulcus radialis da v. radialis lar bilan
birga bilak suyagiga parallel holatda joylashadi. Bilakning pastki bo‘lagida m.
brachialis bilan m. flexor carpi radialis paylari orasida joylashib Yuzaga chiqadi, uni
fassiya, teri osti yog‗ qavati va teri qoplab turadi. Bilak arteriyasi bilak pastida Yuza
joylashishi sababli pulsatsiyasini bemalol aniqlash mumkin. U bilak suyagining
bigizsimon o‘siqchasi uchiga kelib, orqa tomonga buriladi va anatomik tabakerka
Anatomik tabakerka – art. radicarpea ning dorsal tomonida bo‘lib, medial – m.
extensor pollicis longus va lateral (bosh barmoq) tomondan mm. abductor pollicis et
extensor pollicis brevis lar bilan chegaralanib o‘tadi. U yerdan yana kaft Yuzasiga
tomon yo‘nalib, I–II ossa metacarpale oralig‗ida joylashgan muskullarni teshib o‘tgan
1. M u s k u l l a r g a b o r a d i g a n m a y d a t a r m o q l a r (rami musculares)
butun arteriya poyasi bo‘ylab chiqadi, yaqin joylashgan muskullarni qon bilan
440
2. B i l a k n i n g o r q a g a q a y t u v ch i a r t e r i y a s i (a. recurrens radialis)
m. supinator bo‘ylab Yuqoriga ko‘tariladi. Bu arteriya epicondylus medialis oldida a.
collateralis radialis (a. profunda brachii ning tarmog‗i) bilan anastomozlashadi va
yaqin turgan muskullarga tarqaladi.
3. K a f t t o m o n d a g i sh o x i (ramus carpeus palmaris) ko‘ndalang yo‘nalib,
a. ulnaris ning shunga o‘xshash tarmog‗i bilan tutashadi va rete carpi palmare ni hosil
qiladi.
4. K a f t n i n g Yu z a sh o x i (ramus palmaris superficialis) thenor muskullari
orasidan o‘tib, kaftda tirsak arteriyasining uchi bilan anastomozlashadi va arcus
palmaris superficialis (Yuza arteriya ravog‗i)ning hosil bo‘lishida qatnashadi.
Kaftning Yuza shoxi ramus carpeus dorsalis muskullariga va terisiga shoxchalar
chiqaradi.
5. K a f t n i n g o r q a (d o r s a l) t o m o n d a g i sh o x i ramus carpeus
dorsalis bilak arteriyasi (anatomik tabakerka) sohasiga chiqib, a. ulnaris ning shunga
o‘xshagan tarmog‗i bilan qo‘shiladi va aa. interroseae anterior et posterior (suyak
oraliq arteriyalari) bilan birga rete carpi dorsale (kaftning dorsal Yuzasidagi arteriya
to‘ri) ni hosil qiladi.
6. K a f t n i n g b i r i n ch i o r q a a r t e r i y a s i (a. metacarpea dorsalis
prima) orqa tomonda uchta shox (aa. digitales dorsales) ga ajraladi, ulardan biri
ko‘rsatkich barmoqning bilak tomoniga, qolgan ikkitasi esa bosh barmoqning ikkala
tomoniga tarqaladi.
7. Q o‘ l b o sh b a r m o g‗ i n i n g b i r i n ch i (a s o s i y) a r t e r i y a s i (a.
princeps pollicis) uchta mayda shoxchaga bo‘linadi. Bu shoxchalar pastga yo‘nalib
bosh barmoqning ikkala va ko‘rsatkich barmoqning lateral tomoniga aa. digitales
palmares sifatida tarqaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: