parietal va visseral tarmoqlari: qorin o‗zani, ustki va pastki ichak tutqich arteriyalari
va ularning shoxlari. Me‘da , jigar, taloq, me‘da osti bezi va ichaklarning qon Bilan
444
PASTGA YO‟NALUVCHI AORTA TARMOQLARI
Ko‗krak aortasi.
1 – A.carotis communis dextra; 2 – A. vertebralis dextra; 3 – R. ascendens; 4 – Ramus
superficialis; 5 – Truncus thyrocervicalis; 6 – A. subclavia dextra; 7 – A. suprascapularis; 8 – A.
thoracica interna; 9 – Truncus brachiocephalicus; 10 – Aorta ascendens; 11 – Aa. coronariae cordis
dextra et sinistra; 12 – Valva aortae; 13 – Esophagus; 14 – Rr. esophagei aortae thoracicae; 15 –
Aorta; 16 – A. phrenica inferior dextra; 17 – A. gastrica sinistra; 18 – A. hepatica communis; 19 –
A. renalis dextra; 20 – A. mesenterica superior; 21 – A. renalis sinistra; 22 – A. lienalis; 23 –
Truncus caeliacus; 24 – Rr. esophagei; 25 – Diaphragma; 26 – Esophagus; 27 – Aa. intercostales
posterior sinistrae (VI–IX); 28 – Bronchus principalis sinister; 29 – Rr. bronchiales aortae
thoracicae; 30 – Arcus aortae; 31 – Aa. intercostales posteriores I–II; 32 – A. intercostalis suprema;
33 – Truncus costocervicalis; 34 – Plexus brachialis; 35 – M. scalenus anterior; 36 – A. subclavia
sinistra; 37 – A. carotis communis sinistra; 38 – Trachea; 39 – A. thyriodea.
Pastga yo‘naluvchi aorta (aorta descendens) aortaning eng uzun qismi bo‘lib,
arcus aortae dan IV Ko‗krak umurtqasi oldida boshlanib, mediastinum posterius
orqali diafragma teshigidan qorin bo‘shlig‗iga tushadi va bel umurtqasining oldiga
kelganda ikki katta tarmoqqa bo‘linadi.
Aorta descendens ning Ko‗krak bo‘shlig‗ida joylashgan bo‘lagi aorta thoracica
(Ko‗krak aortasi) deb ataladi va undan Ko‗krak bo‘shlig‗ining devoriga (ramus
parietalis) va Ko‗krak bo‘shlig‗ida joylashgan a‘zolar uchun rami viscerales
tarmoqlari chiqadi.
I. Ko„krak qafasi devoriga boruvchi shoxchalar:
1. Qovurg‗alar oralig‗idagi orqa arteriyalar (aa. intercostales posteriores)
poyasining ikki Yonboshidan III–XII qovurg‗alar oralig‗i uchun 10 juft arteriya
bo‘lib chiqadi. Yuqoridagi ikkita qovurg‗a oralig‗iga truncus costocervicalis
(«O‗mrov osti arteriyasi»ga qaralsin) shoxchalari tarqaladi. Har bir a. intercostalis
posterior caput costae ning pastki tomoniga kelib, ikki shoxchaga bo‘linadi: a) uning
orqa shoxchasi ramus dorsalis bo‘lib, orqa tomonda ramus spinalis tolasi chiqadi. Bu
tola foramen intervertebrale orqali umurtqa kanaliga kirib, orqa miya va uning
pardalari bo‘ylab tarqaladi.
445
Ramus dorsalis ning asosiy tolasi umurtqalarning ko‘ndalang o‘siqlari ostidan
shu nomli nerv bilan o‘tib, orqa muskullar va teriga tarqaladi; b) oldingi shoxcha
ramus anterior aslida a. intercostalis posterior ning davomi bo‘lib, qovurg‗a pastki
qirralarining ichki Yuzasida joylashgan sulcus costae dan boshlanadi. Arteriya poyasi
dastlab plevra pardasining orqa (tashqi) tomonidan borib, qovurg‗a burchagiga
yetganda m. intercostalis externus bilan m. intercostalis internus lar orasidan
yo‘naladi. Qovurg‗a oraliq arteriyasi sulcus costae da (tepa tomonda) v. intercostalis
va qovurg‗a oraliq nervi (n. intercostalis) (past tomonda) bilan birga joylashgan. A.
intercostalis posterior old shoxchasining har biri o‘zidan pastda joylashgan
qovurg‗aning ustki qirrasi bo‘ylab yo‘naladigan ingichka tolani beradi. Shuning
uchun Ko‗krak bo‘shlig‗iga ukol qilishda ana shu arteriya tolasini nazarda tutib,
shpris ignasini pastki qovurg‗aning Yuqori qirrasidan bir oz teparoqdan (qovurg‗a
oraliq bo‘shlig‗i o‘rtasidan) Yuborish kerak. XII qovurg‗a oraliq arteriyasi
qovurg‗aning pastki tomonidan yo‘naladi va a. subcostalis deb ataladi. Qovurg‗a
oraliq arteriyalari rr. anteriores sulcus costae dan oldinga borib, a. thoracica interna
tarmoqlari bilan tutashadi. X–XII qovurg‗a oraliq arteriyalarining old shoxchalari esa
qorinning qiyshiq muskullari oralig‗idan o‘tib a. epigastrica superior tarmoqlariga
qo‘shiladi. Natijada qovurg‗alar oralig‗ida aorta thoracica bilan a. thoracica interna
tolalari (aa. intercostales lar) o‘zaro qo‘shilib, arteriya doirasini hosil qiladi. Bunday
arteriya doiralari kollateral qon aylanishi rivojlanishida katta ahamiyatga ega.
2. D i a f r a g m a n i n g u s t k i a r t e r i y a l a r i (aa. phrenicae superiores)
Ko‗krak aortasining diafragmaga yaqin turgan qismidan chiqib, bel bo‘lagi tepasida
tarqaladi va a. thoracica interna hamda aa. intercostales posteriores tarmoqlari bilan
anastomozlashadi.
II. Rami viscerales – i ch k i a‘ z o l a r g a t a r q a l a d i g a n t a r m o q - c h a
l a r:
1. B r o n x l a r b o‘ y l a b t a r q a l a d i g a n t o l a l a r (rami bronchiales)
aortadan ko‘pincha chap tomonga ikkita va o‘ng tomonga bitta tola chiqaradi, limfa
tugunlari, bronxlar, o‘pka to‘qimalari, alveolalarni qon bilan ta‘minlaydi.
2. R a m i o e s o p h a g e a – qizilo‘ngachga boradigan 4–5 ta tola.
3. R a m i m e d i a s t i n a l e s – ko‘ks oralig‗iga boradigan tarmoqchalar
cavum mediastinale posterior dagi limfa tugunlari, yog‗ to‘qimalari va biriktiruvchi
to‘qimalarni qon bilan ta‘minlaydi.
4. R a m i p e r i c a r d i a c i – Yurak xaltasiga boradigan tolalar aortadan 3–4 ta
bo‘lib chiqib, Yurak xaltasining orqa qismiga taraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: