O‟ng toj arteriya – a. coronaria dextra aortaning chiqish joyidagi o‘ng
sinusdan chiqib, Yurakning o‘ng qulog‗i tagida, o‘ng bo‘lmacha bilan o‘pka
arteriyasi boshlanish qismining orasida o‘rnashadi. Keyin sulcus coronarius bo‘ylab
o‘ngga, so‘ngra orqa tomonga yo‘nalib sulcus interventricularis posterior ga boradi,
ana shu egat bo‘ylab Yurakning uchiga tushadi va tarmoqlanadi. A. coronaria dextra
Yurakning o‘ng qorinchasiga yirik va o‘ng bo‘lmacha devoriga maydaroq tarmoqlar
beradi. Natijada o‘ng toj arteriya Yurak o‘ng yarim devorining birtalay qismini, chap
qorinchaning orqa devorini va m. papillaris septalis qorinchalararo to‘sig‗ining orqa
yarmini (r. interventricularis posterior) qon bilan ta‘minlaydi va chap toj arteriya
tarmog‗i bilan anastomozlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |