O‟ng qorincha – Ventriculus dexter. O‘ng qorincha uchi pastga qaragan uch
qirrali piramida shaklida bo‘lib, devorining qalinligi 5–8 mm, qorinchaning ichki
Yuzasida muskul tutamlari parallel holatda yotmay, bir-biri bilan kesishib murakkab
muskul chigali – et to‘siqlarini (trabeculae corneae) va muayyan joylarda qorincha
bo‘shlig‗iga chiqib turadigan uchta konussimon o‘siq – so‘rg‗ichsimon muskullarni
(mm. papillares) hosil qiladi. Qorinchalarni bir-biridan ajratib turadigan oraliq to‘siq
septum interventriculare o‘ng qorincha bo‘shlig‗iga kirib joylashgan. Shuning uchun
qorincha ko‘ndalangiga kesib qaralganda, yarimoy shakliga o‘xshab ko‘rinadi.
O‘ng qorincha bo‘shlig‗ining Yuqori serbar qismi ikki bo‘lakka ajralgan, orqa
tomoni – tanasida (corpus) o‘ng bo‘lmachaga ochiladigan teshik – ostium
atrioventriculare dextrum bor, oldingi Yuqori – konus tomoni (conus arteriosus) esa
o‘pkaga boradigan qon tomir poyasi (stvoli)ga qo‘shilib ketadi.
Atrioventrikular teshikda joylashgan uch tavaqali klapan valva atrioventricularis
dextra (tricuspidalis) – quyidagi uchta alohida tavaqaga ajratiladi, ulardan biri oraliq
to‘siq – cuspis septalis medial tomonda, ikkinchisi – cuspis anterior oldingi tomonda,
uchinchisi – cuspis posterior orqa tomonda joylashadi. Bu klapanlar Yurakning ichki
(endokard) qavatidan vujudga kelib, ularning pastki erkin chekkalari qorincha
bo‘shlig‗i tomonida joylashgan, har bir klapan uchiga esa so‘rg‗ichsimon
muskullardan boshlanadigan ingichka pay iplari – chordae tendineae birikkan. Pay
iplari, odatda, uchta so‘rg‗ichsimon muskulning har biridan ikkitadan boshlanib,
ikkita Yonma-Yon joylashgan qo‘shni klapanga boradi. Natijada har bir
so‘rg‗ichsimon muskul ikkita klapanga bittadan pay iplari yordamida tutashib turadi.
O‘ng qorinchaga ochiladigan o‘pka qon tomiri teshigi (ostium pulmonalis)ning
og‗zida yarimoysimon klapan – valva trunci pulmonalis joylashgan, ulardan biri
(valva semilunaris anterior) oldingi tomonda, qolgan ikkitasi orqa tomonda
417
joylashgan: ana shu ikkita klapanning biri medial tomonda (valva semilunaris dextra),
ikkinchisi lateral tomonda (valva semilunaris sinistra) o‘rnashgan. Yarimoysimon
klapanlar qon tomir bo‘shlig‗iga qarab (tashqaridan tikilgan cho‘ntakka o‘xshab)
joylashgan. Har bir klapanning erkin chekkasida kichkina tugunchalari noduli
valvulorum semilunarium bor. Qorincha diastolasi (bo‘shashgan) paytida qon
tomirdagi qon orqaga qaytib, klapanlarni qon bilan to‘ldiradi, shu tufayli ularni bir-
biriga yaqinlashtirib, o‘pka arteriyasi qon tomirini qorincha bo‘shlig‗idan ajratib
turadi, qon esa diastola paytida a. pulmonalis dan qorinchaga qaytib quyilmaydi.
Ayni vaqtda qorinchalar diastolasi bo‘lmachalar sistolasi (qisilish) bo‘lib, qon bo‘lma
bilan qorincha oraliq o‘rtasidagi teshik orqali qorinchalarga quyiladi. Qorinchalar
sistolasi paytida bo‘lmacha diastola holatida bo‘ladi. Ayni vaqtda uch tavaqali
klapanlar bir-biriga yaqinlashib, teshikni yopib qo‘yadi. Natijada qon bo‘lmachaga
qaytmasdan, o‘pka qon tomiriga yo‘naladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |