devori, o‗tkazuv yo‗llari, Yurakning qon tomir va nervlari. Perikard. Katta va kichik
muttasil harakatlanib, qisqarib (sistola), kengayib (diastola) turadi va butun
organizmga qon yetkazib beradi. Shunday qilib, Yurak organizmda qon aylanish
sistemasining markaziy a‘zosi hisoblanadi. O‘rta yashar odamning Yuragi 1 minutda
o‘rta hisobda 70–75 marta, bir sutkada esa 100000 marta qisqara oladi. Bu esa shu
vaqt ichida 20 tonna Yukni bir metr balandlikka ko‘tarish kuchiga teng demakdir.
Odam Yuragining rivojlanishi qon tomirlar va platsentaning takomil etishiga
chambarchas bog`liq bo`ladi. Yurak embrionining uchinchi haftasi oxirlarida
birlamchi ichak oldingi qismining ostida mezenximadan parasagittal holda
412
joylashgan ikkita endokard xaltachadan takomil etadi. Keyinchalik ana shu endokard
xaltachalari devorida mezenximadan entodeliy qavati paydo bo`ladi. Rivojlanish
davrida endokard xaltachalarining medial devorlari o`zaro qo`shilib, bitta umumiy
Yurak oraliq devorini hosil qiladi. Lekin mezenximadan hosil bo`lgan bu devor tez
yo`qolib, Yurak bo`shlig`ida qon hujayralariga aylanadi. Natijada, bitta umumiy
Yurak xaltachasi paydo bo`ladi. Ana shu birlamchi Yurak ichakning bosh qismiga
Yurakni o`rab turgan seroz xaltacha (Yurakning orqa tutqichi) vositasida va tananing
oldingi devoriga Yurakning qorin tutqichi orqali birlashgan bo`ladi. Keyinchalik
Yurakning orqa tutqichi orqa ko`ks oralig`ini hosil qiladi, qorin tutqichi esa butunlay
yo`qoladi.
Yurakning muskul qavati – miokard (myocardium) endokard xaltasining
atrofida splanxnotomning visseral varag`idan hosil bo`lib, Yurak naychasi
bo`shlig`ida seroz parda bilan qoplanadi. Pirovardida seroz pardadan Yurak
xaltachasi – perikard hosil bo`ladi.
Yurak rivojlanishi davrida Yurak naychasi epikardga (seroz parda) qaraganda
tezroq o`sadi va "S" shaklida bo`ladi. Keyinchalik "S" shaklidagi Yurak naychasining
oldingi qismidan Yurak oldi bo`lmachasi, uning qulog`i va sinus venosus paydo
bo`ladi. Yurak qorinchalari esa "S" shaklidagi naychaning pastki bo`lagidan
rivojlanadi. Natijada Yurak naychasining vena va arteriya bo`laklarini chegaralab
turadigan joyda sulci interventriculare vujudga keladi. Yurak boshlang`ich davrda
bitta bo`lmacha va bitta qorinchadan iborat bo`ladi, embrionning to`rtinchi haftasida
qorincha va bo`lmachalarning har birini ikkiga ajratib turadigan devorcha hosil
bo`lib, bunda Yurak to`rt bo`lak (kamera) ga bo`linadi. Bo`lmachalar oraliq
devorining o`rtasida joylashgan ovalsimon teshik – foramen ovale ning o`ng
bo`lmachasidan embrion rivojlanish davrida qonning bir qismi to`g`ridan to`g`ri chap
bo`lmachaga quyiladi. Bu davrda pastdan Yuqoriga (bo`lmachalar oraliq devor
tomonga) qarab o`sayotgan septum interventriculare ham qorinchalarni bir-biridan
to`la ajratmaydi. Yurakning tavaqali va yarim oysimon klapanlari endokard hisobiga
takomil etadi va bo`lmacha bilan qorincha o`rtasida teshik (ostium atrioventriculare)
vujudga keladi.
Yurak. O‘rta yashar odamning Yuragi oldindan orqaga qarab bir oz qisilgan,
konus shaklida bo‘lib, hajmi odamning o‘rtacha qisilgan mushtiga teng keladi. Yurak
to‘rt kamera: ikkita bo‘lmacha (atrium dextrum et sinistrum) va ikkita qorincha
(ventriculus dexter et ventriculus sinister) dan tuzilgan bo‘lib, chap bo‘lmacha bilan
chap qorincha Yurakning chap yoki arteriya bo‘lagini, o‘ng bo‘lmacha bilan o‘ng
qorincha esa Yurakning o‘ng yoki vena bo‘lagini tashkil qiladi.
1
Yurakning o‘rtacha og‗irligi erkaklarda 300 g, ayollarda 220–250 g keladi.
Yurakning uzunligi o‘rta Yoshdagi odamlarda 10–15 sm, kengligi (asosida) 8–11 sm,
oldingi va orqa devorining qalinligi 6–8,5 sm. Yurak tashqi Yuzasining o‘tkir (o‘ng)
va o‘tmas (chap) chekkalari uni orqava old tomondagi Yuzalarga ajratib turadi.
Yurakning oldingi va bir oz Yuqoriga hamda chapga qarab turgan to‘sh-
qovurg‗a Yuzasi (facies sternocostalis) to‘sh suyagining dastasi bilan III–VI
qovurg‗alar tog‗ay qismlarining orqa tomoniga to‘g‗ri keladi. Yurakning ikkinchi
yassi Yuzasi (facies diaphragmatica) orqaga va bir oz pastga qaragan bo‘lib,
1
Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell AWM Elsever Churchill
Livingstone, 2014
413
diafragmaning paydan tuzilgan markaziga tegib turadi. Bundan tashqari, Yurakning
Yuqoriga qaragan serbar qismi asosi (basis cordis) va pastga, chapga qaragan
Yumaloqroq uchi (apex cordis) bor. Yurak, asosan, basis cordis dan boshlanadigan
yirik arteriya va vena qon tomirlariga osilgan holatda ishlab turadi (164).
Yurak (old Yuzasi). 1 – Perikardning epikardga o‘tish joyi; 2 – V. cava superior; 3 – Aorta
ascendens; 4 – Auricula dextra; 5 – Sulcus coronarius; 6 – Ventriculus dexter; 7 – Incisura apicis
cordis; 8 – Apex cordis; 9 – Ventriculus sinister; 10 – Sulcus interventricularis anterior; 11 – Conus
arteriosus; 12 – Aorta descendens; 13 – Auricula sinistra; 14 – Truncus pulmonalis; 15 – A.
pulmonalis dextra; 16 – Isthmus aortae; 17 – Arcus aortae; 18 – A. carotis communis sinistra; 19 –
A. subclavia sinistra; 20 – Truncus brachiocephalicus.
Yurakning tashqi Yuzasida bo‘lmachalar bilan qorinchalar o‘rtasidagi chegaraga
to‘g‗ri keladigan va Yurakni hamma tomondan o‘rab turgan ko‘ndalang egat – sulcus
coronarius va qorinchalarni bir-biridan ajratib turadigan devorlariga to‘g‗ri keladigan,
uzunasiga joylashgan oldingi egat – sulcus interventricularis anterior, shuningdek,
orqa tomondagi uzunasiga ketgan egat – sulcus interventricularis posterior bor.
Oldingi va orqa tomonda uzunasiga joylashgan egatlar Yurak uchining o‘ng
tomonida o‘zaro tutashib, Yurak o‘ymasi (incisura apicis cordis)ni hosil qiladi.
Yurakning hamma egatlari Yurakni oziqlantiruvchi tomirlar va yog‗ kletchatkalari
bilan to‘lib turadi. Shuning uchun Yurakda qon tomirlar uncha yaxshi ko‘rinmaydi.
O‘ng va chap Yurak bo‘lmachalari – atrium dextrum et sinistrum bir-biriga nisbatan
o‘rtada joylashgan bo‘lmachalararo devor (septum interatriale) bilan, o‘ng qorincha –
ventriculus dexter, chap qorincha – ventriculus sinister, qorinchalararo devor (septum
interventriculare) bilan ajralib turadi. Lekin o‘ng bo‘lmacha bilan o‘ng qorincha va
chap bo‘lmacha bilan chap qorincha o‘zaro ostium atrioventriculare dextrum et
sinistrum (Yurak bo‘lmachalari va qorinchalari o‘rtasidagi teshiklar) vositasida
tutashgan bo‘ladi.
Shunday qilib, to‘rt bo‘lakli Yurakning o‘zaro bir-biriga tutashib turgan ikki
qismi tafovut qilinadi. Shu jumladan, o‘ng bo‘lmacha bilan qorincha o‘zaro ostium
atrioventriculare dextrum vositasida qo‘shilgan bo‘lsa, ikkinchi tomonda chap
bo‘lmacha bilan chap qorincha bir-biriga ostium atrioventriculare sinistrum
vositasida tutashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: