Kichik guruhdarda ishlash zamonaviy ta’lim jarayonining muhim qismi bo`lib hisoblanadi.
O`quvchilar birgalikda qarorlar qabul qilishadi, birgalikda turli-tuman manbalardan bilim olishni o`rganishadi, g`oyalar va aхborotlarni ijodiy biriktirish ko`nikmalarini hosil qilishadi, birgalikda turli masalalar echimini topishga harakat qilishadi. Bunday ta’lim jarayonida ular bir-birlarini fikrlarini хurmat qilishga, o`z fikrlarini himoya qilib, etkazishga, hz guruhi uchun javobgarlik hissiyotini shakllantirishga muvofiq bo`ladilar.
Kichik guruhlarning shakli: yoki juftliklar, yoki uch ko`pi bilan olti, etti o`quvchilardan iborat bo`lgan birikma.
«Stol o`rtasidagi ruchka»
O`quvchilar kichik guruhlarga bo`linib (uch kishidan etti kishigacha), o`z guruhlarida g`oya almashishni boshlaydilar. Har kim o`z ruchka yoki kalamini stolni o`rtasiga qo`yib, bu bilan muhoqamaga o`z-хissasini qo`shganligini bildiradi.
Guruh ishtirokchilarining hammasi ruchkalarini stolning o`rtasiga qo`ymagunga, hech kim o`zining boshqa g`oyalarini bayon eta olmaydi.
Bu usul o`qituvchidan katta mahoratni talab etadi. O`qituvchi guruhlar muhokamasini diqtat bilan kuzatib boradi, natijalarini yozadi.Muhokama tutagan o`qituvchi stolning ustidan hohlagan ruchkani olib, u qanday «hissa» qo`shganligi to`g`risida so`rashi mumkin.Ohirida o`qituvchi guruhlar muhokamalarini baholaydi va masalaga yaqun yasaydi.
Bu usul guruh a’zolarining masala muhokamasiga teng hissa qo`shish imkoniyatlariga ega ekanliklarini isbotlaydi. Bunday munozaralarda hech kim ustunlik qila olmaydi. Boshqalarning fikrlarini hurmat qilishga o`rgatadi.
«Rotasiya yo`li bilan fikr almashish»
O`qituvchi oldindan sahifalangan qogoz varaqalarida bir nechta savollarni (5-8) yozib chiqadi va auditoriyaning devorlariga osib chiqadi.
Guruh savollarning soniga qarab kichik guruhlarga bo`linadi va har bir kichik guruhga bittadan savol beriladi.
Guruh ishtirokchilari 4-5 minut davomida savolni muхokama etishadi va javobni varaqalarga yozishadi.
Guruhlar o`qituvchining ruhsati bilan keyingi varaqa tomon siljiydilar. Savol va javobni o`qib, o`z mulohazalarini qo`shib yozadilar.
O`qituvchi signal berib guruhlarning keyingi varaqalarga tomon siljishga da’vat etadi. Bu jarayon to guruhlar o`z raqamlari oldiga kaytmagunlariga qadar davom etadi.
Guruhlar varaqalardagi mulohazalar bilan tanishib, ularni muhokama qilishadi. Bu pedogogik strategiya yordamida o`quvchilarning o`z fikrlarini qisqa va lo`nda bayon etishiga, boshqalarning fikrlarini inobatga olishga, javobgarlik hissiyotiga ega bo`lishga va boshqa kommunikativ qo`nikmalarni shakllantirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |