Toshkent shahar Chilonzor tumani xtmfmt va teb ga qarashli “shodlik” nomli 526-bog`cha maktab majmuasi



Download 494,5 Kb.
bet16/16
Sana05.12.2022
Hajmi494,5 Kb.
#878875
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Сценарийлар

Toshkent shahar Chilonzor tumani
XTMFMT va TEB ga qarashli
SHODLIK” nomli
526-maktabgacha ta`lim muassasasi





Guruh: Tayyorlov

Toshkent.


Zal bayramona bezatilgan, bolalar bayramona kiyinib, musiqa ostida bayram boshlanadi. Zalga musiqa ostida Buratino kirib keladi.
Buratino: Voy, bu nima ekan, menga yoqmaydi, o`qishni yomon ko`raman, daftar va kitobni ham.
Malvina kirib keladi.
Malvina: Buratino bu yerda nima qilyapsan, seni qidirmagan joyim qolmadi.
Buratino: Yana o`qishga olib borasanmi?
Malvina: Yo`q, seni bayramga olib bormoqchiman, xohlaysanmi?
Buratino: Bayram! Men hech ham bayramga bormaganman.
Malvina: Bugun biz kabi tengdoshlarimiz bog`cha bilan xayrlashib maktabga qadam qo`ymoqda ekan. Shu sababli “Xayr bog`cha – salom maktab “ nomli bayram ertaligi tayyorlashgan. Xohlasang seni ham olib boraman. U yerda bilimdon bolalarni ko`rib zora seni ham o`qish uchun mehring tovlansa.
Buratino: Mayli, yuraqol.
Zaldan ikkalasi qo`l ushlashib chiqib ketadi.
Musiqa ostida bolalar kirib kelishadi va valsga tushadi.
Boshlovchi:

Quvnoq tillardan
Biyron tillardan
Shirin so`zlardan
Salom assalom.



Bog`cha bizni kuzatar
Mehribon quchog`idan
Baxt yo`lga uzatar
Gul tutib gul bog`idan.



Tarbiyachi: Assalomu alaykum aziz mehmonlar, bolajonlar bugun katta tantana sizlar bog`cha bilan xayrlashib maktabga ilk qadam qo`yish arafasida turibsiz. Sizlarni bugungi bayram bilan qutlayman.










Shodligim ko`kka sig`mas
Bitmas baxtim bor meni
Quvnoq bog`chamdir meni.

Nima uchun bugun biz
Quvnoq bayram qilamiz.
Chunki tez kun ichida
Biz maktabga boramiz.



Bog`chada bilim oldik


Xulqimiz a`lo
Sizlar bergan tarbiya
Dilimizga jo.

Qo`shiq: “Yetti yoshmiz”





Tarbiyachi ustozlar
Va mehribonlar
Onamdek eng yaqin
Bilimdonlar.



Bugun zo`r bayram
Har yurakda naqin bor
Salom aziz sentabr
Xayr bog`cham yaxshi qol.



Eshik taqillab bayramga Malvina va Buratino kirib kelishadi.


Tarbiyachi: Xush kelibsiz mehmonlar davramizga marhabo.


Malvina: Assaomu alaykum bayramingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Bilasizmi bolajonlar sizlarni bayramingizga Buratinoni mehmonga olib keldim. U o`qishni juda yomon ko`radi. Sizlarni bayramingizni tomosha qilsa, balki u ham o`qishni xohlab qolar.

Tarbiyachi: Kelinglar, marhamat bayramda siz ham ishtirok etinglar. Bolalar mehmonlarga yillar davomida o`rgangan bilimlarimizni namoyish qilamiz.


Raqs:
Tarbiyachi: Bolajonlar mana sizlar tez kunda maktabga qadam qo`yasizlar. U yerda sizlar uchun yangi hayot boshlanadi. Maktabda a`lo baholarga o`qing, O`zbekiston kelajagi buyuk davlat, barkamol avlod bo`lib yetishing.





Bu dunyoda vatanlar ko`p
Bu dunyoda chamanlar ko`p
Barchasida yayrar dillar
Barchasida yashnar gullar

Ona Vatan ertasi
Kelajakning mevasi
Bilim hunar egasi
Biz bo`lamiz albatta.



Buratino: Voy, sizlarni qaranglar faqat shuni bilasizlarmi?
Boshlovchi: Buratino sen biroz shoshmagin. Kel biz bilan bilimlar mamlakatiga sayohat qilgin. Bu sayohat davomida sen bizni bilimimizni sinab ko`rasan.
Shunda musiqa ostida bolalar karton poyezdda chiqib zalni aylanib yurishadi va oldilaridan bilimlar mamlakati qiroli kitob chiqib qoladi.
Kitob: Ha, bolajonlar qayerga ketyapsizlar?
Bolalar: Biz bilimlar mamlakatini qidirib ketyapmiz.
Kitob: Men bilimlar mamlakati qiroli bo`laman. Meni o`qigan har bir bola aqlli, dono bo`lur. Meni yana do`stlarim bor qalam, ruchka, daftarlardir. Ulardan foydalanib savodimiz chiqadi.
Bolalar: Rahmat sizga ey ulug` zot.
Kitob: Qani bolajonlarim sizlarga savolim bor, javob berasizlarmi?
Bolalar: Ha.

  1. Vataningiz qayer, siz kimni farzandisiz?

Javob: Bizning Vatanimiz O`zbekiston, millatimiz o`zbek. A.Navoiy, Bobur, Beruniy ota-bobolarimizdir.

  1. Rahmat bolajonlar. Menda 4 ta olma bor, birini do`stimga berdim, birini yeb qo`ydim, nechta qoldi?

Javob: 2 ta

  1. Balli ey dili oqlar, bilimga chanqoqlar. Menga Vatan so`zini yozib bering-chi.

Bolalar qo`llarida harflar bilan chiqib ko`rsatishadi.

  1. Barakalla. 10 kattami yoki 5?

Bolalar qo`llarida yozilgan sonlar bilan chiqib ko`rsatishadi 10>5.

  1. Barakalla bolajonlar yana nima bilasizlar, qanday fanlar bilan tanishsiz?

Biz mashg`ulot davomida ko`p bilimga ega bo`ldik. Matematika, atrofi olam, musiqa , badiiy adabiyot, nutq o`stirish, savoga o`rgatish, jismoniy tarbiya.


Kitob: Qani jismoniy tarbiyadan nimalar o`rgandingiz?


Raqs: Gimnastika
Kitob: Rahmat bolajonlar sizlardan xursandman, sizlar zukko bolalar ekansizlar, endi menga ruhsat.
Zaldan chiqib ketadi.
Tarbiyachi: Kelinglar yo`limizda davom etamiz. Bolalar musiqa ostida zal bo`ylab yurishadi, oldilaridan Karabas-Barabas chiqib qoladi.

Bolalar: Nima qilib yuribsizlar? Orangizda mening qo`g`irchoqlarim ko`rinmaydimi?


Bolalar: Assalomu alaykum biz bilimlar mamlakatiga sayohatga bordik.
Karabas-Barabas: Voy shunday mamlakat bor ekanmi? U yerda nimalarni ko`rdingiz, nimalar bor ekan, qornim juda och
Bolalar: U yerda bilim bo`ladi, uni yeb bo`lmaydi.
Karabas-Barabas: Qani bir hunarlarini ko`rsatchi.
Tarbiyachi: Karabas-Barabas kel seni bolalar ijrosida bir qo`shiq tinglagin.
Qo`shiq: “Bog`cha opamiz”
Karabas-Barabas: Qo`shig`ingiz menga yoqdi. Meni ham qo`g`irchoqlarim bor edi, ularni ko`rmadingizmi, ularni qidirib shu yerga kelib qoldim, judayam charchadim, shu soqolimni o`rtaga qo`yib qasam ichaman, ularni topsam o`ldiraman. Endi bir oz dam olay. Karabas uyquga ketadi.
Malvina: Bolalar bizga yordam beringlar, Karabasni kuchi soqolida, uni sekin kesib qo`yamiz shunda u yaxshi odamga aylanadi
Bolalardan biri sekin Karabas soqolini kesib oladi va berkitib qo`yadi.

O`g`il bolalar raqsi.


Karabas uyg`onib ketadi.
Karabas: Qani meni soqolim, men qayerdaman, nima uchundir hech narsani eslay olmayapman. Malvina, Buratino qayerdasizlar menga yordam beringlar.
Malvina: Nima bo`ldi sizga yuring uyimizga ketamiz.
Buratino: Meni ketgim yo`q, o`qishni xoxlayman.
Karabas: Menga ham shu bolalar yoqib qoldi. Endi men hech qachon hech kimga ozor bermayman, yaxshi odam bo`laman. Ketishdan oldin sizlarga bir sovg`am bor. Mening sovg`amni olib kelinglar. Bu sehrli quticha, men ketganimdan so`ng ochinglar.

Zal o`rtasiga chiroyli quticha olib chiqiladi.


Tarbiyachi: Voy bolalar bu nima bo`ldi?


Karabas: Xayr bo`lmasa yuringlar bu yerdan ketamiz.


Malvina Buratino va Karabas zaldan chiqib ketishadi.


Tarbiyachi: Endi nima qilamiz, bu quticha sehrlangan bo`lsa.


Shu payt quticha qimirlab ketadi.


Voy qutida jonli narsa borga o`xshaydi, ochamizmi, qutichadan qo`g`irchoq chiqadi. Lekin u buzuqqa o`xshaydi. Qani kaliti bor ekan burab ko`ramiz.


Raqs: Qo`g`irchoq.


Tarbiyachi: Rahmat senga Karabas, seni sovg`ang bizga yoqdi. Kelinglar bolalar yo`limizda davom etamiz.


Bola: Bog`cha opa biz endi o`z bog`chamizga bora qolaylik.


Tarbiyachi: Mayli.


Bolalar yana zal bo`ylab yurishadi. Ana o`z bog`chamiz.


Bola: O`zimizni bog`chamiz yaxshi.





Go`zal bizning bog`chamiz
Quchog`iga chopamiz
Bilim olib barchamiz
Shodu xurram o`samiz.



Xayr endi bog`chajon
Xayr bog`cha opamiz
Endi sizdek mehribon
Opa qaydan topamiz.

Ashula:
Tarbiyachi: Bolalar endi kelinglar sizlarni tarbiya qilgan jamoaga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz.



Yig`ilishib hammamiz
Sizga rahmat aytamiz
Bizni doim sevdingiz
Bog`chain bezatdingiz
Bizni o`ynab kulsin deb
O`yinchoqlar berdingiz
Unutmaymiz hech qachon
Rahmat mudira opajon.



Bizni doim sevdingiz
Kasal bo`lsak Parvona
Tozalikni ko`rib siz
Deysiz ha barakalla
Unutmaymiz hech qachon
Rahmat hamshira opajon.



Yuzlarida kulgu tabassum
Bo`gchamiz metodisti
Unutmaymiz hech qachon
Samarali mehnatingiz
Rahmat deymiz hammamiz
Rahmat Dilfuza opajon.



Minnatdormiz biz sizdan
Tarbiyachi opajon
O`stirdingiz bizlarni
Ona kabi mehribon
Xizmatingiz kattadir
Unutmaymiz hech qachon
Sizni Nasiba opajon.



Doim bizni o`ylagan
Birga-birga o`ynagan
Bizga o`yin o`rgatib
Quvnoq ashula aytgan
Musiqa chalib doim
Bizni xursand qilgan
Unutmaymiz hech qachon
Rahmat Dilorom opajon.



Oq yuvib oq taragan
Bizga mehribon bo`lgan
Xonani toza qilib
Idish tovoqni yuvgan
Oq choyshabni solib
Bizni xursand qilgan
Rahmat Barno opajon.



Guruhimiz sarishtasi
Sizgan o`rganar hamma
Bilim berishga ovora
Siz ham bizga ham ona
Unutmaymiz hech qachon
Rahmat Gulzoda opajon.



Yaxshi qoling opajon
Siz ham bog`bon otajon
Shovla, palov pishirgan
Sizlar oshpaz opalar
Unutmaymiz hech qachon
Siz Malika, Inoyat opajon.



Xayr bog`cham, gul bog`cham
Bag`ri to`la nur bog`cham
Xayr o`yinchoqlarim
O`roqchayu, bolg`acham.



Quvnoq o`yin sevimli bog`im
Xayr sizga xayr opalar
Endi bizlar boraylik
Bizni maktab chorlar.



Raqs:
Tarbiyachi: Shuning bilan xayr bog`cham bayram ertaligi o`z nihoyasiga yetdi. Hammangizga kattakon rahmat, endi so`zni bog`chamiz mudirasiga beramiz.


Bolalarni ixtiyoriy raqsga taklif qilamiz. Musiqa ostida zaldan chiqib ketishadi.
Download 494,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish