Toshkent shahar Chilonzor tumani
XTMFMT va TEB ga qarashli
“SHODLIK” nomli
526-maktabgacha ta`lim muassasasi
Guruh: Tayyorlov
Tarbiyachi: Ergasheva M.
Zal bayramona bezatilgan. Bolalar kirib kelishadi.
Boshlovchilar:
Kulib issiq yuzimiz
Porlab turar ko`zimiz
Assalomu alaykum
Eng birinchi so`zimiz.
|
Mehribon onalarga
Jonkuyar onalarga
Qadrdon ustozlarga
Assalomu alaykum.
|
Ayamagan vaqtini
Bizga bergan pandini
Ham asal ham qandini
Onajonlar assalom.
Assalomu alaykum bayramimizning aziz mehmonlari.
Bugungi Onajonlar bayramiga bag`ishlangan bayram ertaligimizga xush kelibsiz.
Birgalikda: Barchangizni kirib kelayotgan 8-mart Onajonlar bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.
Butun hafta tinmasdan
Bizlar harakat qildik.
Shoshib-pishib tinmasdan
Kecha zo`rg`a tugatdik.
Bayramga onalarga
Nima sovg`a qilamiz
Hayollar turli-tuman
Har bir bola boshida.
|
Kutilmagan sovg`alar
Qiziq bo`ladi juda
Tog`orada xamir qorsam
Pechkamiz chidab bersa
Pirog, somsalar yopsam.
|
Men esa onam uchun
Devorga gul chizaman.
Ozgina bo`yim o`ssa
Qandillarni yuvaman.
|
Hal qilaylik onalarga
Nima sovg`a qilishni.
|
Ha, men o`ylab topdim
Jonim bilan aytaman.
Hammangiz keling yaqin
Men sizlarga aytaman.
Aziz onajonlar qabul eting tabrigimiz, barcha qo`shiq kuyimiz sizga atalgan.
“Onajonlar ashulasi”
Sakkizinchi mart kuni
Onajonlar bayrami
Yo`llariga poyondoz
Dasta gullar boylami.
|
A`lo baho sovg`amiz
Onajonlar assalom
Hamisha ta`zimdamiz
Mehribonlar assalom.
|
Boshlovchilar:
Bugun bahor nafasi
Chor-atrofni bezadi
Bolajonlar bog`lardan
Boychechaklar uzadi.
|
Ilk bahorning quyoshi
Sizlargadir onajon
Onalarga muhabbat
Dilimizda bir jahon.
|
Bu jahonni qo`lida
Ushlab turar onalar
Xursand qilsak biz bilan
Birga kular onalar.
|
Onajonlar yuzingiz
Tabassumdan porlasin
Baxtimizga onalar
Hech xastalik ko`rmasin.
|
Marhamat yana navbatni she`rga beramiz.
Sen onasan, mahbubasan
Sensiz quyosh chiqmaydi
Senla kirib kelgan bahor
Sira ortga qaytmaydi.
Sen go`zal yor yagonasan
Otabeklar armoni
To`maris ham Bibixonim
Ko`kning mohitoboni.
|
Ilk davrimda Onajonim
Men ko`chaga chopardim
BIr zumdayoq o`yinchog`u
Ham o`rtoqlar topardim.
Qo`llarimdan ushlab doim
Kuzatsangiz bo`gchaga
Hech ajratgim kelmay doim
Qilar edim xarxasha.
|
Endi ba`zan ukalarim
Qilganida injiqlik
Unday qilma, bo`lgin deyman
Ukajonim sen eslik.
|
Onajonlar bizga bergan
Mehr uchun bir umr
Boshimizni egib deymiz
Onajonlar tashakkur.
|
Onajonim mehribonim
Bayramingiz muborak
Onajonim nur jahonim
Bayramingiz muborak.
O`g`il bolalar qizlar ijrosida raqs tomosha qilamiz.
“Assalom raqsi”
Boshlovchi: Yana navbatni she`rga beramiz.
Ortingizdan taqlid qilib
Qo`g`irchog`im boqaman
Uy-joylarni yig`ishtirib
Sizga chandon boqaman.
|
Xolakasi o`ynaganda
Oyisi men bo`laman
Hamma ishda oyijonim
Sizga taqlid qilaman.
|
|
|
Kechalari boshim uzra
Ertak aytib berdingiz
Xafa bo`lsam yig`ladingiz
Men kulganda kuldingiz
Qo`lingizga kitob olib
Qiziqtirib kitobga
Chehrangizdan nur yog`ilar
Tenglagayman oftobga.
|
Buvijonim borlar
Hammadan ham mehribon
Boshimizda parvonalar
Kasal bo`lsak nogahon
Ertaklari juda qiziq
Qiqir-qiqir kulamiz.
Ba`zan esa yonlarida
Mudrab uxlab qolamiz.
|
Onajonim katta bo`lsam
Ishingizni olaman
Dam oling deb tagingizga
Ko`rpachalar solaman
Shul sababli Onajonim
Bo`ling sog`-u salomat
Onalar bor bolalar sog`
Shudir baxt-u saodat.
Boshlovchi: Marhamat endi navbat sahna ko`rinishiga.
Dilbar: Dilshod, Dildora nima qilyapsizlar?
Bolalar: Assalomu alaykum Dilbar opa. Biz onajonimizga sovg`a tayyorlayapmiz. Hali ishdan kelsalar tabriklaymiz.
Dilbar: Uylar yig`ishtirilmagan, hammayoq yoyilib yotibdiku. Onajonimizni bunday ahvolda xursand qilib bo`lmaydi.
Bolalar nima qilish kerak?
Dilbar: Dilshod sen o`yinchoqlarni yig`ishtir. Dildora sen supurgini olib kel. Men uy va pollarni supurib beraman. Sizlar uyning va pollarning changini arting. Hamma yoqni tozalab so`ngra oyimizga sovg`a tayyorlab, qanday tabriklashni o`ylab ko`ramiz.
Bolalar: Xo`p boladi Dilbar opa.
Dilshod: Yo`q-yo`q bu ishlar sizlarning ishlaringiz. Men o`zim oyimga boshqa sovg`a tayyorlayman – deb yugurib chiqib ketadi.
Qizlar o`zlari yig`ishtirmasang yig`ishtirma deb hamma joyni yig`ishtirib qo`yadi.
Onasi kirib keladi.
-Assalomu alaykum oyijon. Yaxshi keldingizmi?
Dildora: Oyijon bayramga-chi sizga she`r yod oldim.
Oyisi: Qani eshitaylik-chi?
Onajonim mehribonim
Bayramingiz muborak
Onajonim nur jahonim
Bayramingiz muborak.
Oyisi: Rahmat Dildora qizim juda xursand bo`ldim.
Shu payt eshikdan Dilshod kirib keladi va raqsga tushib ketadi.
Onasi raqs tugagach Voy bu kim bo`ldi? Qizlarim tanimayapman.
Dilshod oyisiga o`zini tanishtiradi.
Oyisi xursand bo`lib: - Meni juda xursand qildinglar. Hammasi uchun rahmat. Lekin hammasidan ham uylarni saranjomlab, ahil-inoq o`tirganinglarni ko`rib yanada xursand bo`ldim.
Dildora: -Oyjon buni bizga Dilbar opam o`rgatdilar.
Dilshod: Ha Dilbar opam ko`p ish qildilar. Bizlar ham ozgina qarashdik.
Oyisi: Rahmat Dilbar qizim. Doimo shunday bo`linglar, - deydiyu sovg`alarini bolalariga tarqatadi.
Yana navbat she`rga.
Qo`shiq aytmang shamollarga siz
Yuz tutmang hech zavollarga siz
Baxt ulashing ayollarga siz
Shirin sozlar ayting kamida
Sakkizinchi mart bayramida
|
Tinglang ko`ngil kitoblarini
Oching tarix kitoblarini
Ko`ring ayol shitoblarini
Lazzat bo`ling hayot ta`mida
Sakkizinchi mart bayramida.
|
Aritmang hech labda kulguni
Yurak sevar bunday tuyg`uni
Oling do`stlar qo`lga cholg`uni
Nur tarating umr shamida
Sakkizinchi mart bayramida.
|
Yiroq ketsang zor kutgan ular
Azob chekib dard yutgan ular
Siz deb o`zin unutgan ular
May tutaylik bir ishq tomida
Sakkizinchi mart bayramida
|
Ana endi marhamat ashula tinglaymiz.
“Ona qo`llari” ashulasi
Boshlovchilar: Keling endi navbatni “Keling bir kulishaylik” sahnasiga beramiz.
1-bola: -Botirjon, gulmisiz, rayhonmisiz, jambulmisiz?
2-bola: -Akajon aytganingizman.
1-bola: -Ertalab hovliqib bayramga 1-bo`lib kelibsiz, bilganlar Botirjon deydi.
2-bola: -Bilmaganlar-chi?
1-bola: -Bilmaganlar bahorning birinchi guli boychechak ekan deydi.
2-bola: -Menku mayli, aka, bayramga birinchi kelib, boychechakdek ajralib turibman. Sizning og`zingizni ochib kelishingizni ko`rib karnaygulmi debman.
3-bola: -Men ham ertalab kelib qoqio`t ochilibdi deb yuribman, keyin bilsam Botirjon bilan sizlar ekansiz.
4-bola: -O`rtoq, to`g`ri aytasiz. Men ham sizlarni ko`rgan edim. O`shanda nima uchundir gulga emas chaqirtikanakka o`xshatib yuribman.
5-bola: -Chaqirtikanakka o`xshagan bo`lsak bordir, lekin men ham sizga qarab bu gulbeor bu yerda nima qilib yuribdi deb o`yladim.
1-bola: -Mayli o`rtoqlar Navro`z bayrami davrasida hammamizning shu turishimiz gultojixo`rozga o`xshaydi.
2-bola: -Og`ayni, siz bizni gultujixo`rozga o`xshatdingiz, men boshqa narsaga o`xshatib turgan edim.
3-bola: Nimaga ekan, og`ayni?
2-bola: -Bizning bu turishimiz turli gullardan tuzilgan guldastaga o`xshaydi.
4-bola: -Hammasi mayli, bizni ko`rib bog`bon gulqaychi ko`tarib kelib qaychilab qo`ymasinda deb turibman.
5-bola: -Akalar, gulqahqah bo`llib bir oz kulishdik. Keling gulzorga kirib o`z o`rnimizni topib olaylik, bo`lmasa, bizni sassiq alaf nima qilib yuribdi deb yulib tashlashmasin. ( kulishadi, bolalar joyiga borib o`tirishadi.)
Nima uchun yoqut olmas
Sovg`a qiladilar oddiygina gul
Nahotki qadrli dur-gavhardan ham
Atirgul, chuchmoma, rayxonu sumbul
|
Onalar bayrami kirib kelmoqda
Nima qilsam ekan boshim qotmoqda
Qanday sovg`a tayyorlay onajonimga
Nima yoqadi o`zi mehribonimga.
|
Bir hovuch olmos beraymi
Yo yulduzli samolar
Tarixdan saboq olaylik
Nima qilgan bobolar.
|
Andijonlik onalar
Xush ko`rishgan oltinni
Yoki duru gavhar
Balki billur solishgan.
|
Boshlovchilar: Ana endi Andijonlik yigitlar ijrosida raqs tomosha qilamiz.
Onajonim mehribonim
Bayramingiz muborak
Onajonim nur jahonim
Bayramingiz muborak
|
Bayram bilan qutlamoqlik
Bizga sharaf-shon bo`ldi.
Ona mehri farzandlariga
Hech tuganmas kon bo`ldi.
|
Onajonim ba`zan meni
Yosh deb hech o`ylamang
O`yinqaror bebosh mehri
Tosh bu deb hech o`ylamang.
Darhaqiqat hali yoshman
|
Мама очен а люблю
Раставитса не хочу
Абнимала славила
|
Boshlovchilar: Bugungi bayramimizga mehmonlarimiz tashrif buyurishgan. Kutib oling. O`zbekiston madonnasi Yulduz Usmonova va Ruslan Sharipovlar.
Boshlovchilarning xayrlashuv so`zlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |