Toshkent shahar Chilonzor tumani Toshkent davlat pedagogika universitetining tabiiy fanlar fakulteti geografiya va IBA yo'nalishi 202-guruh talabasi O'rinboyeva Nodiraning tabiiy geografik jarayonlar fanidan " Tuproq eroziyasi tufayli yuzaga keluvchi relyef formalari va qarshi kurash choralar "mavzusida tayyorlagan mustqail ishi taqdimoti.
Tekshirdi: Amanbayeva Ziyoda
Reja:
I .Kirish.
II.Asosiy qism.
1. Tuproq eroziyasi va uning turlari.
2. Tuproq eroziyasi natijasida yuzaga keladigan relyef formalari
3.Tuproq eroziyasiga qarshi choralar.
III. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati.
Kirish.
Unumdorlik xususiyatiga ega bo’lgan yer yuzasining ustki g'ovak qatlami tuproq deyiladi. Tuproqlarning tabiatdagi va jamiyat hayotidagi roli g'oyat beqiyosdir. Tuproq organizmlar uchun hayot muhiti, ozuqa manbai hisoblanadi, moddalarning kichik biologik va katta geologik aylanma harakatida muhim rol o'ynaydi. Tuproq qattiq, suyuq, va gazsimon komponentlardan iborat bo’lib, iqlim, tog' jinslari, o"simliklar va hayvonlar, mikroorganizmlarning o'zaro murakkab ta'siri natijasida hosil bo’ladi. 1 gramm tuproqda milliondan ortiq sodda hayvonlar va tuban o" simliklar uchraydi.
Tuproq eroziyasi (lot. erasio yemirilish, nurash) — tuproqning eng unumdor yuqori qatlamlari va tuproq osti jinslarining atmosfera yogʻinlari hamda sugʻorish suvlari, shamol va boshqa taʼsirida yemirilish jarayoni. Yuz berish darajasiga koʻra, tabiiy va jadallashgan (yemiradigan) turlarga boʻlinadi. Tabiiy Tuproq eroziyasi nisbatan sekin kechib, tuproq tabiiy hosil boʻlish jarayonida qayta tiklanib turadi. Jadallashgan Tuproq eroziyasi odamning xoʻjalik faoliyati (madaniy oʻsimliklarni oʻstirishda yerdan notoʻgʻri, uquvsiz foydalanish, eroziyaga qarshi tadbir choralarga rioya qilmay yerlarni oʻzlashtirish, sugorish, chorva mollarni boqish, oʻrmonzorlarni yoʻq qilish, qurilish ishlarini olib borish va boshqalar) natijasida yuz berib, tuproq unumdorligini sezilarli darajada pasaytirib yuboradi.
Vayron bo'lish darajasiga qarab tuproq eroziyasining ikki turini ajratish mumkin: normal eroziya, ya'ni tabiiy va tezlashgan, ya'ni antropogen. Birinchi turdagi eroziya asta-sekin sodir bo'ladi va tuproq unumdorligiga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi. Tezlashtirilgan eroziya odamlarning xo’jalik ishlari bilan chambarchas bog’liq, ya’ni tuproq noto’g’ri ishlov berilgan, boqish, o’rmonlarni qirqish va hokazolarda vegetatsiya qoplami buziladi. Eroziyaning tez rivojlanishi bilan tuproq unumdorligi pasayadi, ekinlarga zarar yetadi, jarliklar tufayli qishloq xo'jaligi yerlari noqulay yerlarga aylanadi, bu dalalarni, daryolarni va suv omborlarini o'stirishni qiyinlashtiradi. Tuproq eroziyasi yo'llarni, elektr uzatish liniyalarini, aloqa vositalarini va boshqalarni buzadi. Bu qishloq xo'jaligiga juda katta zarar etkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |