Asosiy Qism:
Islohot — ijtimoiy hayotning biron-bir tomoni (tartiblar, idoralar, muassasalar)ni oʻzgartirish, qaytadan tuzish. Islohot rasman — har qanday mazmundagi yangilikni joriy etish hisoblansada, aslida . deyilganda koʻp yoki oz darajadagi ilgʻor qayta oʻzgartirish nazarda tutiladi. Jamiyatdagi ijtimoiy iqtisodiy oʻzgarishlarning pirovard maqsadini vaziyatdan kelib chiqqan holda toʻgʻri belgilab olish muhimdir. I.lar turli mamlakatlarda ularning geografik joylashishi, iqlimi, iqtisodiy, intellektual salohiyati, maʼnaviyati, madaniyati, milliy xususiyatlari va b. oʻziga xos omillardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, harbiy, madaniy, maʼrifiy, huquqiy va sh. k. sohalarida alohida yoki bir necha soqalarida bir yoʻla I. qilinishi mumkin. I. vaziyatga qarab tadrijiy tarzda, bosqichma bosqich amalga oshirilsa muvaffaqiyatli boʻladi. Oʻzbekiston mustaqillikni qoʻlga kiritgach, jamiyat hayotining hamma sohalarida tub oʻzgarishlar boshlandi. Jumladan, bozor iqtisodiyotini qaror toptirishga yoʻnaltirilgan I.lar xalqning turmush farovonligini yaxshilashga qaratilgandir
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik yillari davomida milliy umuminsoniy qadriyatlar va boy tarixiy davlatchilik tajribalari asosida o‘ziga xos rivojlanish yo‘li tanlab olindi. Shu asosda davlat-huquqiy amaliyotida jahon davlatchiligining boy tajribasidan unumli foydalanilib hokimiyatning bo‘linishi prinsiplariga mos davlat organlari tizimi shakllantirildi.
Bizga ma’lumki, mamlakatimizda Asosiy Qonunimiz talablari asosida davlat hokimiyatining amalga oshirish tamoyillarida eng katta konstitutsiyaviy islohotlar 2002 yil 27 yanvarda bo‘lib o‘tgan referendum natijasida amalga oshirildi.
2000 yil 25 may kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq, ikkinchi sessiyasida Konstitutsiyamizning 83-moddasida belgilangan qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirib: "Bizning jamiyatimiz tez sur’atlar bilan o‘zgarayapti. Odamlar ma’naviy ulg‘ayishi yo‘lida ildam qadam tashlayapti. Bu uzoqni ko‘zlagan siyosatimiz, ezgu maqsad yo‘lidagi intilishlarimiz natijasidir. Shuni yaxshi anglab olishimiz zarurki, hayot o‘zgarishi bilan, odamlarimizning avvalgi siyosiy va manaviy ongi ulg‘ayishi bilan, bizning parlamentimizning tashkil etilishida ham, uning faoliyatida ham tegishli o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiydir.
Shu holatlarni nazarda tutib, men doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o‘tish taklifini kiritmoqchiman ya’ni, biz 2004 yilda bo‘ladigan saylovlarda parlamentni ikki palatali qilib, tashkil etishimiz lozim. Bunda quyi palata – Oliy Majlis partiyalar vakillari va mustaqil deputatlardan saylanadi. Siyosiy partiyalar va aholi yig‘ilishlari unga o‘z vakillarini o‘tkazadi, ular parlamentda doimiy ravishda ishlaydi. Yuqori palata tarkibini viloyat, shahar va tumanlardan mahalliy kengashlarga saylangan deputatlarning vakillari tashkil etadi"1- degan takliflari va Oliy Majlis palatalarining qay tartibda faoliyat yuritishi to‘g‘risidagi asoslari deputatlarning muhokamasiga kiritildi. Shundan so‘ng bu taklif yuzasidan, deputatlarning fikr va mulohazalari o‘rganib chiqilib, 2001 yil 6 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq, yettinchi sessiyasida deputatlar bir ovozdan O‘zbekiston xalqining fikrini aniqlash maqsadida refendum o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi, O‘zbekiston xalqi, Oliy Majlis faoliyatini takomillashtirishni bir ovozdan tasdiqladi3. O‘zbekiston parlamentida boshlangan ushbu islohot uzoqni ko‘zlab amalga oshirilganligi keyingi yillarda o‘z tasdig‘ini topdi.
Shu yil 24-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga uchinchi Murojaatnomasini taqdim etdi. Davlat rahbarining maʼruzasi mamlakatni isloh qilish yoʻlida muhim qadam boʻldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur Murojaatnomasida oldingidek eski, samarasiz ish uslubidan voz kechib, boshqaruvning demokratik va bozor munosabatlariga asoslangan shakllarini joriy qilish, shuningdek, kuchli vakillik hokimiyati zarurligini alohida taʼkidladi.
Davlat rahbari yangi saylangan deputatlarni islohotlarni amalga oshirishda qatʼiyatli va jurʼatli boʻlish, ijro hukumatiga qarab qolmaslik, saylovchilar manfaatini ifodalaydigan aniq pozitsiyani bildirishga chaqirdi.
Prezident samarali faoliyat koʻrsatadigan parlamentga tayangan holda oʻzaro muvozanat va tiyib turishga asoslangan barqaror tizimni shakllantirishga intilmoqda. Shavkat Mirziyoyev hokimiyatni qatʼiy vertikal asosda shakllantirish maqsadga muvofiq emasligini aniq tushunadi. Biroq mamlakatda parlament nomigagina faoliyat yuritsa, buning iloji boʻlmaydi.
Shu bois Prezident Shavkat Mirziyoyev mustaqil parlamentni shakllantirmoqda. Bu jarayonda fuqarolarning manfaatidan kelib chiqib qonunlarni qabul qilish salohiyatiga, zarur malaka va irodaga ega boʻlish Oliy Majlis faoliyatining ustuvor jihatlaridan hisoblanadi.
Parlament aʼzolari maqomi va obroʻsini oshirishga daʼvatlar ham aynan shular bilan bogʻliq. Buning uchun davlat rahbari vazir va idora rahbarlarining deputatlik soʻrovlariga shaxsan javob qaytarishi lozimligini qonunan belgilab qoʻyishni taklif qildi.
Albatta, islohotlarni taklif qilish boshqa, ularni amalga oshirish boshqa. Ayni paytda davlat tomonidan konkret islohotlar amalga oshirildi. Oʻzbekiston tarixida birinchi marta Bosh vazir Vazirlar Mahkamasi tarkibini tasdiqlash uchun parlamentga taqdim qildi. Shu bilan birga, parlamentning oʻzi ham faollasha boshladi. Bunday oʻzgarishlar parlament tomonidan taklif qilinayotgan qonun loyihalarini koʻrib chiqish jarayonida yaqqol koʻrinmoqda.
Qonunchilik palatasining oldingi tarkibida 16 ta qonun loyihasi muhokamalardan oʻtmagan va qayta ishlash uchun tashabbus egalariga qaytarilgan. Taqqoslash uchun: 2010–2014-yillarda deputatlar tomonidan birorta ham qonun loyihasi qaytarilmagan.
Bularning barchasi siyosiy partiyalarning qizgʻin debatlari natijasi ekani eʼtiborga molik. Ushbu jihatlar bugungi parlamentni oldingi, yaʼni hamma meʼyoriy hujjatlar loyihasi bir ovozdan qabul qilinadigan parlamentdan ajratib turadi. Bunday oʻzgarishlar muhim: ular eski tizim, yaʼni “qonunlarni yuqoridan koʻrsatma asosida qabul qilish” oʻtmishda qolganini koʻrsatadi.
Amalda oʻzaro tiyib turish va muvozanatni saqlash tizimi mustaqil hamda samarali ommaviy axborot vositalarisiz faoliyat koʻrsata olmaydi.
Hozir, oʻtgan davrdan farqli ravishda, oʻzbek ommaviy axborot vositalari toʻrtinchi hokimiyat rolini muvaffaqiyatli bajarmoqda. Ular odamlarni qiynayotgan dolzarb muammolarni aniqlab, aholining ijtimoiy kayfiyati va islohotlar muvaffaqiyatining muhim barometriga aylanmoqda. Ushbu amaliyotning kelgusidagi rivoji Oʻzbekistonga islohotlarni yuqoridan quyiga koʻrsatma asosida emas, balki “quyidan yuqoriga” tamoyili asosida amalga oshirishga imkon beruvchi “qayta aloqa” mexanizmini qoʻllash imkonini beradi.
Oʻzbekistondagi tizimli oʻzgarishlarning yana bir muhim jihati – nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) yoki fuqarolik jamiyati atamalari ostida birlashgan mustaqil fuqarolik tashabbuslaridir.
Hozir hukumat NNTlarni davlat apparati faoliyatini monitoring va ijtimoiy nazorat qilish vositasi sifatida mustahkamlashga urinmoqda. NNTlar siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi vaziyatning monitoringi boʻyicha 700 dan ortiq tashabbus bildirdi.
Amalda siyosiy islohotlar yangi iqtisodiy model tomonidan qoʻllab-quvvatlanmasa, muvaffaqiyatli kechishi qiyin. Sobiq ittifoq davridan qolgan koʻplab institut, tuzilma va odatlar yangicha fikrlash va boshqaruvga toʻsqinlik qilishi shubhasiz. Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari Bosh vazir sifatidagi faoliyati uning bunday kamchiliklar mavjudligini juda yaxshi bilishini va bu borada vaqtinchalik choralar koʻrish koʻzlangan natijani bermasligini aniq-tiniq tushunishini koʻrsatadi.
Shu bois, u haqiqiy bozor tamoyillari asosida faoliyat yurituvchi yangi iqtisodiy model ishlab chiqish taklifini ilgari surdi. Shu kabi taklif va tashabbuslar Prezident hamda uning administratsiyasi koʻzlangan maqsadga tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash orqali erishish niyatida ekanini koʻrsatmoqda.
Biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha saʼy-harakatlar koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy taʼsirini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlarda ham namoyon boʻlmoqda. Inqirozga qarshi ishlab chiqilgan maxsus dastur bank sektori, ishlab chiqarish va mehnat munosabatlarini oʻz ichiga oladi. Koronavirus oqibatlarining salbiy taʼsirini yumshatish uchun
1 milliard dollar miqdoridagi mablagʻga ega maxsus jamgʻarma tashkil etildi. Oʻzbekiston hukumati kichik va oʻrta biznes, eksport qiluvchi korxonalar, turizm, transport va mehmonxona biznesi, shuningdek, aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Oʻzini oʻzi yakkalash rejimiga oʻtishga majbur boʻlgan tadbirkor va fuqarolarning ehtimoliy yoʻqotishlarini minimallashtirish uchun keng imtiyoz va preferensiyalar taqdim etilgan. Xususan, mulk va yer soliqlarini toʻlash muddati kechiktirildi, turistik soliq toʻlovlari muzlatib qoʻyildi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari kamaytirildi, qator soliqlarga ustamalar ham toʻxtatildi.
Fuqarolarning ijtimoiy ehtiyojmand qatlami ham eʼtibordan chetda qolgani yoʻq. Bu jarayonda davlat va jamiyatning samarali hamkorligi yuzaga keldi. Mamlakatning har bir hududida tegishli xayriyalarni muvofiqlashtiruvchi markazlar tuzildi. Ularda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining 18,5 mingga yaqin volontyori faoliyat koʻrsatmoqda. Bugungi kunga kelib ular tomonidan 200 mingga yaqin ehtiyojmand oilaga begʻaraz yordam koʻrsatildi.
Bundan tashqari, aholining ijtimoiy zaif qatlamini manzilli qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatini tashkil etish boʻyicha tashabbus koʻrsatildi. Davlat rahbari tadbirkorlarni ixtiyoriy ravishda ehtiyojmandlarga begʻaraz yordam berish kabi masʼuliyatli ishga bosh qoʻshishga chaqirdi.
Oʻz navbatida, davlat bunday tadbirkorlarga soliq, lizing, kredit, kerakli resurslardan foydalanish imkonini berish borasida turli imtiyoz va preferensiyalar taqdim etadi.
Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Qoʻchqorov taʼkidlaganidek, tadbirkor sarflagan har bir soʻm davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi.
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining soʻnggi yuz yilligi bir haqiqatni ishonch bilan tasdiqladi: tadbirkorlik faoliyati erkinligi taʼminlangan mamlakatlarda fuqarolar farovonligi oshgan va aksincha, toʻsqinlik qilish salbiy oqibatlarni yuzaga keltirgan. Oʻzbekistonning sobiq ittifoq davridagi oʻtmishi ham bu soha rivojiga toʻsqinlik qilish oqibatlari qandayligini yaqqol isbotlaydi. Soʻnggi bir necha yilda Oʻzbekiston iqtisodiyotda qatʼiyat bilan fundamental islohotlarni amalga oshirmoqda. Ushbu saʼy-harakatlar oʻzining sezilarli natijalarini bermoqda.
Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, koronavirus paydo boʻlguniga qadar Yevropa va Markaziy Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida YAIMning yillik oʻsish darajasi 2,2 foizni tashkil qilgan, ammo Oʻzbekistonda oʻsish darajasi ushbu koʻrsatkichdan 2,5 barobar yuqori boʻlgan. Oʻzbekiston, shuningdek, ilk bora S&P, FitchRatings, Moodyʻs kabi yetakchi xalqaro reyting agentliklarining suveren kredit reytingida yuqori koʻrsatkichlarni olishga muvaffaq boʻldi. Bir milliard dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirish esa bozorning mamlakat iqtisodiy rejalariga ijobiy javobi boʻldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlatning paxta va gʻalla ekinlari ustidan monopoliyasini bekor qildi. Bu islohot vaqt oʻtishi bilan soʻzsiz ulkan diversifikatsiya, ixtisoslashuv va eksport hajmining oshishiga olib keladigan, qishloq xoʻjaligi sohasida haqiqiy bozor iqtisodiyotini yaratish sari qoʻyilgan dadil qadamdir.
Mamlakatning yana-da taraqqiy etishiga jiddiy zarar yetkazadigan va xalal beruvchi omil korrupsiyadir. Unga toʻqnash kelgan koʻplab boshqa davlatlar kabi Oʻzbekiston ham bu oʻrinda yagona yechim yoʻqligini tushunadi. Bu borada Prezident Shavkat Mirziyoyev kompleks chora-tadbirlar olib bormoqda. Ular orasida toʻliq valyuta konvertatsiyasi, davlat shartnomalarini qayta ishlash, soliq va toʻlovlarni undirish jarayonini raqamlashtirish, sud-huquq tizimi va yuridik taʼlimni isloh qilish kabi saʼy-harakatlar bor. Bundan tashqari, davlat xizmatchilari uchun oʻz daromadi va mol-mulki toʻgʻrisida ommaviy ravishda hisobot berish kabi talab joriy qilinmoqda.
2017-yilda Oʻzbekiston parlamenti “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qildi. Bundan tashqari, oʻtgan yili parlamentning ikki palatasida Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitalari tuzilib, ularda, asosan, xorijda oʻqigan, zamonaviy yuridik taʼlimga ega yoshlar ish boshladi.
Bu qisqa muddatda bajarilgan ish, biroq Oʻzbekiston Transparency International xalqaro tashkilotining korrupsiyani qabul qilish indeksida besh pogʻona yuqoriladi. Bu natija hozirgi kunda mamlakatda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borilayotgani, bunga davlat ham, jamoatchilik ham jiddiy eʼtibor qaratayotganidan dalolat beradi. Bu sohada yana-da yuqori natijalarga erishish uchun Prezident alohida Korrupsiyaga qarshi kurashga ixtisoslashgan organ tuzishni taklif qildi. Xalqaro tajriba shuni koʻrsatadiki, korrupsiyaga qarshi kurashadigan tom maʼnodagi mustaqil tuzilmalarni tashkil etish ular faoliyati samaradorligini tubdan oshirishga imkon beradi.
Aholi turmush darajasi oshmasa, islohotlar samara bermaydi. Soʻnggi ikki yilda Oʻzbekistonda real daromadlar 49 foizga oshdi. Davlat pensiya va ijtimoiy taʼminot boʻyicha toʻlovlar miqdorini oshirdi. Hukumat tomonidan taklif etilayotgan 700 million dollar miqdoridagi jamgʻarma kam taʼminlangan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, shuningdek, ularga oʻz koʻnikmalarini rivojlantirish va imkoniyatini oshirishda koʻmaklashishga qaratilgan.
Har qanday davlatda islohotlar jarayoni boshlanishi jamoatchilikda shubha va qoʻrquv bilan birga, orzu-umidlar uygʻonishiga ham sabab boʻladi. Bularning barchasi Oʻzbekistonga ham xos, biroq bugungi kunda optimistik qarash shubha va xavotirlardan ancha ustun. Bu haqiqiy va tizimli islohotlar yoʻlida muhim qadamlar qoʻyilayotgani bilan bogʻliq.
Bundan tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlar, muammo va kamchiliklar haqida ochiq gapiradi. Fuqarolarning davlat va iqtisodiyotni boshqarish, korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat idoralari masʼuliyatini oshirishdagi ishtiroki haqida soʻz yuritar ekan, oʻz islohotlari strategiyasining keng jamoatchilik tomonidan qoʻllab-quvvatlanishiga erisha oldi.
Islohotlar samara berishi tobora oydinlasharkan, oʻzgarishlar jarayoni odamlar kuchiga kuch, gʻayratiga gʻayrat qoʻshmoqda. Natijada bundan nafaqat Oʻzbekiston fuqarolari, balki ularning Markaziy Osiyodagi qoʻshnilari ham manfaat koʻradi. Har qanday vaziyatda ham, Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga yoʻllagan Murojaatnomasida taʼkidlaganidek, “ortga yoʻl yoʻq”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning siyosiy partiyalar, O‘zbekiston ekologik harakati vakillari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari bilan 2017 yil 12 iyulda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi hamda unda parlament palatalari va barcha deputatlar korpusi faoliyatining tahliliga, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan ma’ruzasiga bir yil to‘ldi.
Mamlakatimizning barcha hududida namoyish etilgan ushbu tadbir hamda unda yangragan ma’ruzani siyosiy partiyalarning o‘n minglab faollari, shuningdek, barcha darajadagi mahalliy Kengashlar deputatlari eshitish imkoniga ega bo‘ldi. Unda belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish O‘zbekiston siyosat maydonidagi barcha siyosiy kuchlar faoliyatining muhim tarkibiy qismiga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon ISMOILOV bilan suhbatimiz ushbu sohada erishilayotgan natijalar xususida bo‘ldi.
— Siz tilga olib o‘tgan ushbu voqea muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘lib, aslida mamlakatimiz Konstitutsiyasining asosiy qoidalarini amalda ro‘yobga chiqarilishi bilan uzviy bog‘liqdir.
Davlat hokimiyati organlari kelishilgan holda faoliyat ko‘rsatishini va hamkorligini ta’minlashga doir o‘z konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirish asnosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hokimiyat barcha tarmoqlarini yanada takomillashtirishning istiqbolli rejalarini ishlab chiqishi talab etiladi. Ana shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining o‘tgan yil 12 iyuldagi ma’ruzasida hokimiyat vakillik organlarini yaqin istiqbolda siyosiy jihatdan modernizatsiya qilishning asosiy qoidalarini, shuningdek, ushbu organlar faoliyatining zamon talablariga monand bo‘lishini ta’minlovchi vazifalarni belgilab berdi. Davlatimiz rahbarining ma’ruzasi mamlakatimiz hayotidagi o‘ta dolzarb tashabbuslar zamirida tarkib topgan bo‘lib, bu tashabbuslarning amalga oshirilishi milliy siyosiy tizimimiz mutlaqo yangi, yuksakroq rivojlanish bosqichiga o‘tishini anglatadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, 2017 yil 22 dekabrda Prezidentimizning mamlakat Oliy Majlisiga yo‘llagan Murojaatnomasi 2017 yil 12 iyuldagi ma’ruzada bayon etilgan islohotlarga yuz tutgan qoidalarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Keng jamoatchilikning e’tiboriga havola etilgan ushbu tarixiy Murojaatnoma Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev milliy parlamentarizm tizimining holati va istiqbollarini, siyosiy institutlar faoliyatini demokratlashtirish jarayonlarini hamda siyosiy voqelikni strategik jihatdan keng ko‘lamda qay tarzda tasavvur etishini oydinlashtirib berdi.
Prezidentimizning 2017 yil davomida deputatlar korpusiga yo‘llagan ushbu ikki murojaati O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonida muhim o‘rin egalladi hamda Prezidentimizning parlament faoliyatiga bo‘lgan jiddiy e’tibori va munosabatini belgilab berdi.
Mamlakatimiz rahbarining davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, o‘zaro manfaatli tashqi siyosat sohasidagi g‘oyalari va bu jabhada belgilab bergan vazifalari parlamentimiz oldiga muhim talablar qo‘ydi, uning faoliyatiga yangicha mazmun-mohiyat olib kirilishiga sabab bo‘ldi.
— Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyatini tashkil etish usullari va prinsiplaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida so‘z borar ekan, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan bildirilgan takliflar parlament ishiga qanday tub o‘zgarishlar olib kirganini bilishni istardik.
— Eng avvalo, deputatlarimiz o‘z saylovchilari bilan bo‘lgan munosabatlarini yangicha shakl-shamoyilda olib bora boshladi. Agar ilgari Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z saylovchilari bilan yiliga 2-3 marta uchrashgan bo‘lsa, bugungi kunda bunday ishlar deputatlarning muntazam, har oyda joylarda bo‘lishi tarzida amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilgan. Birgina 2018 yilning yanvar — may oylarida respublikamizning 70 ta tuman va shaharida olib borilayotgan ishlarning haqiqiy holati deputatlar tomonidan chuqur o‘rganildi. Amalga oshirilgan ishlarning natijalari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashlarining majlislari o‘tkazilib, ularda hokimlarning, prokuratura, ichki ishlar organlari va soliq xizmati rahbarlarining hisoboti eshitildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan qarorlar qabul qilindi.
Deputatlarimiz joylarda ishlarni amalga oshirish asnosida o‘tgan davr mobaynida 28 mingdan ortiq xonadonlarga tashrif buyurdilar, 112 mingdan ortiq fuqarolar bilan, shu jumladan, 10 mingdan ziyod tadbirkorlik subyektlari bilan bevosita suhbatlar o‘tkazdi. Aniqlangan muammolarni hal etishga ko‘maklashish choralarini ko‘rdilar.
Deputatlar korpusi qonun ijodkorligi faoliyatining samaradorligi mamlakatimiz Prezidenti tomonidan adolatli tarzda tanqid ostiga olingan edi. Tanqiddan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda qonun ijodkorligi faoliyati samaradorligini yaxshilash yo‘lida ibratli ishlar amalga oshirilishi natijasida, agar 2016 yil mobaynida deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida bor-yo‘g‘i 11 qonun kiritilgan bo‘lsa, 2017 yilda ushbu raqam 27 taga yetdi (o‘sish deyarli 2,5 baravarni tashkil etdi). Joriy yilda ham shunga o‘xshash natijalar kuzatilmoqda — yarim yil ichida faqat deputatlar tashabbusi bilan 12 ta qonun loyihasi kiritildi.
Deputatlar tomonidan parlament nazoratini amalga oshirish ham sifat jihatidan o‘zgardi. Jumladan, so‘nggi yilda Prezidentimiz takliflari asosida Qonunchilik palatasi majlislarida “hukumat soati” doirasida hukumat a’zolarini eshitish mexanizmi joriy etildi va u amalda samarali qo‘llanilmoqda. Jumladan, “hukumat soati” doirasida O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash hamda bandlik va mehnat munosabatlari vazirlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotlari eshitildi.
— Parlament quyi palatasi tarkibida keyingi vaqtlarda amalga oshirilgan tuzilmaviy o‘zgarishlar to‘g‘risida so‘zlab bersangiz.
— Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan oldimizga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish ishimizga muayyan tuzilmaviy-institutsional o‘zgartirishlar kiritishni taqozo etdi. Shu bois aniq yo‘nalishlar bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyati samaradorligi kuchayishini ta’minlashi kerak bo‘lgan yangi tarmoq bo‘linmalari shakllantirildi. Jumladan, quyi palata tarkibida Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi tuzildi. Ushbu qo‘mitaning faoliyati uning a’zolari ishini bevosita joylarda yo‘lga qo‘yish ustuvorligini hisobga olgan holda tashkil etilib, qo‘mita tomonidan Jizzax viloyati va Toshkent shahrining barcha tumanida tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi. Umumlashtirilgan ma’lumotlar asosida huquqni qo‘llash amaliyotini yaxshilashga doir tavsiyalar ishlab chiqildi.
Prezidentimiz taklifiga binoan, Oliy Majlis huzurida Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tashkil etildi. Institut tomonidan eng yaxshi xalqaro tajribalarni tahlil qilish asosida 25 ta qonun loyihasiga, Oliy Majlis palatalari Kengashlarining 5 ta qaroriga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlarining 9 ta loyihasiga taklif va tavsiyalar tayyorlandi. Mazkur institut hozirgi kunda mamlakatimiz parlamenti faoliyati samarali kechishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda.
Shuni ta’kidlash kerakki, Oliy Majlis huzurida sud sohasidagi islohotlarni amalga oshirishga, yoshlarni, ayollarni va oila institutini qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashishi lozim bo‘lgan yangi kollegial organlar shakllantirildi. Jumladan, Oliy Majlis huzurida o‘z faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha Sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashga ko‘maklashuvchi komissiya hamda bevosita Qonunchilik palatasida Oila va ayollar masalalari bo‘yicha komissiya hamda Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya shakllantirildi. Ular bugun faol ish olib bormoqda.
Qonunchilik palatasida faoliyat ko‘rsatayotgan Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi negizida uning vazifalari doirasiga innovatsiyalarni joriy etishga ko‘maklashish masalalarini kiritgan holda, yangi qo‘mita — Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tuzildi va bu zamonaviy jamiyat uchun g‘oyat ahamiyatli sektorlarda deputatlar faoliyati samaradorligini yuksaltirish imkonini berdi.
— Mamlakatimiz Prezidenti davlat organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalasiga katta e’tibor qaratmoqda. Parlamentning quyi palatasida bu yo‘nalish qanday rivojlanmoqda?
— Parlament deputatlari ijtimoiy tarmoqlarda o‘z shaxsiy sahifalarini ochishi to‘g‘risidagi Prezident taklifining amalga oshirilishi natijasida hozirgi vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda parlament vakillarining faolligi bo‘yicha O‘zbekiston o‘rtacha jahon ko‘rsatkichlaridan ancha yuqorilab ketdi. Bu, xususan, BMT tomonidan tayyorlanadigan Ye-parliament World Report xalqaro sharhida ham qayd etib o‘tildi.
Bugungi kunga kelib, Qonunchilik palatasining barcha deputatlari “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida shaxsiy sahifalarini ochdi. Ular tomonidan har kuni turli elektron OAV va tarmoq resurslarida jamoatchilik e’tiborini tortuvchi dolzarb masalalar bo‘yicha 200 dan ziyod axborot materiallari joylashtirilmoqda, jamoatchilik fikrini shakllantirish, ishonchli ijtimoiy-siyosiy axborotni aholiga yetkazish borasida tizimli ishlar olib borilayotir.
“Facebook”dagi shaxsiy sahifalarida, shuningdek, Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida barcha fuqarolar uchun ochiq bo‘lgan “deputatning virtual qabulxonasi” xizmatidan foydalanish deputatlarning o‘z saylovchilari bilan aloqalari sifatini va tezkorligini, ular faoliyatining shaffofligi va hisobdorligi darajasini jiddiy tarzda oshirdi. Qonunchilik palatasi deputatlariga elektron murojaatlar yo‘llashni tashkil etish qulay bo‘lishi uchun fuqarolarning elektron murojaatlarini qayta ishlashni soddalashtirish va avtomatlashtirish imkonini beradigan maxsus mobil ilova ishlab chiqildi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mamlakatimiz Prezidentining tashabbusiga binoan, fuqarolarning jamoaviy elektron murojaatlari bo‘yicha “Meningfikrim.uz” veb-portali yaratilib, ishga tushirildi. Mazkur portal mamlakatimizda jamoatchilik muhokamalarining eng ommabop maydoniga aylanmoqda. O‘tgan to‘rt oy mobaynida portalga fuqarolarning tashabbuslari bilan bog‘liq 1132 ta murojaat kelib tushdi, 14138 ta sharh qoldirildi, 74 ta tashabbus ovoz berish bosqichida turibdi.
Quyi palatada qonun loyihalarining muhokamasi kundan-kunga qiziqarli, fraksiyalararo bahs-munozaralar tarzida, konstruktiv ruhda kechayotganini alohida ta’kidlab o‘tish zarur. Fuqarolarimiz bular haqida ommaviy axborot vositalari, jumladan, televideniye va radiodasturlar orqali muntazam tanishib borish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Nokamtarlik bo‘lsa ham shuni aytib o‘tish kerakki, Qonunchilik palatasining internetdagi veb-sayti eng o‘qishli va keng o‘quvchilar auditoriyasiga ega manbaga aylangan bo‘lib, fuqarolarimiz palatadagi qizg‘in jarayonlarni, qo‘mitalar faoliyatini, muhokama etilayotgan qonunlar haqidagi ma’lumotlarni bevosita kuzatib bormoqda. Diqqatga sazovor jihati shundaki, ijtimoiy muhim ahamiyatga molik qonun loyihalari, albatta, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmoqda.
Umuman olganda, Oliy Majlis bo‘yicha “elektron parlament” kompleks dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturni bajarish elektron ovoz berishning yangilangan hamda elektron hujjat aylanishining ixtisoslashtirilgan tizimlarini joriy etishni, foydalanuvchilarning parlament Qonunchilik palatasi fraksiyalari va qo‘mitalari yig‘ilishlarining hujjatlari, videomateriallaridan foydalanishini ta’minlaydi.
— Suhbatimiz yakunida deputatlik faoliyatining istiqbollari to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tsangiz. Siz ushbu sohada nimalarga va qaysi ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor qaratgan bo‘lardingiz?
— Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning islohotchilik irodasi ila ilgari surilgan keng ko‘lamli rejalari va loyihalarining ro‘yobi, shubhasiz, mamlakatimizni yangi, yanada yuqori darajadagi rivojlanish bosqichiga olib chiqadi, xalqimiz turmush farovonligi oshishiga xizmat qiladi. Jamiyatimizda qaror topgan barcha ijtimoiy kuchlarni O‘zbekistonni rivojlangan demokratik davlat sifatida qaror toptirish haqidagi buyuk g‘oya atrofida jipslantirmay turib, taraqqiyotimizda yuksak maqsadlarga erishib bo‘lmaydi. Hech shubhasiz, bunday sharoitlarda jamiyatda ishchanlik, yaratuvchanlik muhitini shakllantirish, islohotlarni ro‘yobga chiqarish uchun zarur huquqiy maydon yaratish, parlament nazorati tadbirlari salohiyatidan jamiyat manfaatlari yo‘lida samarali foydalanishda parlamentning, boshqa siyosiy institutlarning roli ortib boraveradi.
Mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan taklif etilgan siyosiy yo‘l to‘g‘ri, o‘z vaqtida belgilanganligiga va bundan boshqa yo‘l yo‘q ekanligiga parlamentning ishonchi komil. Biz amalga oshirilayotgan islohotlarning zarurligiga va misli ko‘rilmagan natijalarga erishishimiz muqarrarligiga qat’iy ishonamiz. Shu tufayli ham mamlakatimiz Prezidentining davlat hamda jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan faoliyatini bundan buyon ham siyosiy nuqtai nazardan qat’iy qo‘llab-quvvatlaymiz. Bunday hamjihatlik faqat siyosiy bayonotlarda va rasmiy harakatlardagina ifodalanib qolmay, balki fuqarolarning manfaatlarini amalda ro‘yobga chiqarish va himoya qilish, aholi farovonligini yuksaltirish, tinchlik-xotirjamlikni ta’minlashda parlamentning, deputatlarning bevosita ishtiroki orqali amalga oshiriladi.
Ayonki, milliy davlatchiligimizning taraqqiyoti, o‘z davrida mamlakatimizda parlamentarizm tizimi jiddiy rivojlanishiga ham turtki bo‘ldi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston parlamenti kamol topdi, mustahkam oyoqqa turdi va kelajakka dadil boqmoqda. Hozirgi vaqtda parlament sezilarli kuch va nufuzga, xalq orasida obro‘-e’tibor va ishonchga sazovor bo‘lmoqda. Ushbu salohiyatdan va milliy parlamentarizm tizimining vakolatlaridan xalq farovonligini yuksaltirish, davlatchilikni mustahkamlash, beqiyos Vatanimizni yanada rivojlantirish yo‘lida samarali foydalanish zarur va shartdir. Deputatlik korpusi bu ishga tayyor va hozirgi shiddatli sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar davrida Prezidentimiz tomonidan qo‘yilgan yuksak vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlashga qat’iy bel bog‘lagan.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, Deputatlarimiz joylarda ishlarni amalga oshirish asnosida o‘tgan davr mobaynida 28 mingdan ortiq xonadonlarga tashrif buyurdilar, 112 mingdan ortiq fuqarolar bilan, shu jumladan, 10 mingdan ziyod tadbirkorlik subyektlari bilan bevosita suhbatlar o‘tkazdi. Aniqlangan muammolarni hal etishga ko‘maklashish choralarini ko‘rdilar.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning islohotchilik irodasi ila ilgari surilgan keng ko‘lamli rejalari va loyihalarining ro‘yobi, shubhasiz, mamlakatimizni yangi, yanada yuqori darajadagi rivojlanish bosqichiga olib chiqadi, xalqimiz turmush farovonligi oshishiga xizmat qiladi. Jamiyatimizda qaror topgan barcha ijtimoiy kuchlarni O‘zbekistonni rivojlangan demokratik davlat sifatida qaror toptirish haqidagi buyuk g‘oya atrofida jipslantirmay turib, taraqqiyotimizda yuksak maqsadlarga erishib bo‘lmaydi. Hech shubhasiz, bunday sharoitlarda jamiyatda ishchanlik, yaratuvchanlik muhitini shakllantirish, islohotlarni ro‘yobga chiqarish uchun zarur huquqiy maydon yaratish, parlament nazorati tadbirlari salohiyatidan jamiyat manfaatlari yo‘lida samarali foydalanishda parlamentning, boshqa siyosiy institutlarning roli ortib boraveradi.
Har qanday davlatda islohotlar jarayoni boshlanishi jamoatchilikda shubha va qoʻrquv bilan birga, orzu-umidlar uygʻonishiga ham sabab boʻladi. Bularning barchasi Oʻzbekistonga ham xos, biroq bugungi kunda optimistik qarash shubha va xavotirlardan ancha ustun. Bu haqiqiy va tizimli islohotlar yoʻlida muhim qadamlar qoʻyilayotgani bilan bogʻliq.
Bundan tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlar, muammo va kamchiliklar haqida ochiq gapiradi. Fuqarolarning davlat va iqtisodiyotni boshqarish, korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat idoralari masʼuliyatini oshirishdagi ishtiroki haqida soʻz yuritar ekan, oʻz islohotlari strategiyasining keng jamoatchilik tomonidan qoʻllab-quvvatlanishiga erisha oldi.
Islohotlar samara berishi tobora oydinlasharkan, oʻzgarishlar jarayoni odamlar kuchiga kuch, gʻayratiga gʻayrat qoʻshmoqda. Natijada bundan nafaqat Oʻzbekiston fuqarolari, balki ularning Markaziy Osiyodagi qoʻshnilari ham manfaat koʻradi. Har qanday vaziyatda ham, Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga yoʻllagan Murojaatnomasida taʼkidlaganidek, “ortga yoʻl yoʻq”.
Foydalanilgan adabiyotlar
Google.com
Yandex.ru
Wikipedia.org
Ziyouz.com
https://xs.uz/uz/post/ozbekistondagi-islohotlar-mintaqa-va-dunyodagi-ozgarishlarni-zhadallashtirishda-muhim-omildir
https://yuz.uz/uz/news/ozbekistondagi-islohotlar-dunyo-nigohida
https://xs.uz/uz/post/islohotlarga-qonunij-asosni-parlament-yaratadi
Do'stlaringiz bilan baham: |