Toshkent shahar Chilonzor tumani Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya fakulteti Amaliy psixologiya 103-guruh talabasi Boqiyeva Naziraning Oʻzbekistonning eng yangi tarixi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Download 124,02 Kb.
bet1/2
Sana04.11.2022
Hajmi124,02 Kb.
#860146
  1   2
Bog'liq
О‘zbekistonda parlament islohotlari






Toshkent shahar Chilonzor tumani Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya fakulteti Amaliy psixologiya 103-guruh talabasi Boqiyeva Naziraning Oʻzbekistonning eng yangi tarixi fanidan tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI


Mavzu:О‘zbekistonda parlament islohotlari.

Tekshirdi: _____________
Bajardi: _____________


Reja:
Kirish
Asosiy qism:
1. Islohot o’zi nima?
2. О‘zbekistonda parlament islohotlari
3. Oʻzbekistondagi islohotlar dunyo nigohida
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Shu yil 24-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga uchinchi Murojaatnomasini taqdim etdi. Davlat rahbarining maʼruzasi mamlakatni isloh qilish yoʻlida muhim qadam boʻldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur Murojaatnomasida oldingidek eski, samarasiz ish uslubidan voz kechib, boshqaruvning demokratik va bozor munosabatlariga asoslangan shakllarini joriy qilish, shuningdek, kuchli vakillik hokimiyati zarurligini alohida taʼkidladi.
Davlat rahbari yangi saylangan deputatlarni islohotlarni amalga oshirishda qatʼiyatli va jurʼatli boʻlish, ijro hukumatiga qarab qolmaslik, saylovchilar manfaatini ifodalaydigan aniq pozitsiyani bildirishga chaqirdi.
Prezident samarali faoliyat koʻrsatadigan parlamentga tayangan holda oʻzaro muvozanat va tiyib turishga asoslangan barqaror tizimni shakllantirishga intilmoqda. Shavkat Mirziyoyev hokimiyatni qatʼiy vertikal asosda shakllantirish maqsadga muvofiq emasligini aniq tushunadi. Biroq mamlakatda parlament nomigagina faoliyat yuritsa, buning iloji boʻlmaydi.
Shu bois Prezident Shavkat Mirziyoyev mustaqil parlamentni shakllantirmoqda. Bu jarayonda fuqarolarning manfaatidan kelib chiqib qonunlarni qabul qilish salohiyatiga, zarur malaka va irodaga ega boʻlish Oliy Majlis faoliyatining ustuvor jihatlaridan hisoblanadi.
Parlament aʼzolari maqomi va obroʻsini oshirishga daʼvatlar ham aynan shular bilan bogʻliq. Buning uchun davlat rahbari vazir va idora rahbarlarining deputatlik soʻrovlariga shaxsan javob qaytarishi lozimligini qonunan belgilab qoʻyishni taklif qildi.
Albatta, islohotlarni taklif qilish boshqa, ularni amalga oshirish boshqa. Ayni paytda davlat tomonidan konkret islohotlar amalga oshirildi. Oʻzbekiston tarixida birinchi marta Bosh vazir Vazirlar Mahkamasi tarkibini tasdiqlash uchun parlamentga taqdim qildi. Shu bilan birga, parlamentning oʻzi ham faollasha boshladi. Bunday oʻzgarishlar parlament tomonidan taklif qilinayotgan qonun loyihalarini koʻrib chiqish jarayonida yaqqol koʻrinmoqda.
Qonunchilik palatasining oldingi tarkibida 16 ta qonun loyihasi muhokamalardan oʻtmagan va qayta ishlash uchun tashabbus egalariga qaytarilgan. Taqqoslash uchun: 2010–2014-yillarda deputatlar tomonidan birorta ham qonun loyihasi qaytarilmagan.
Bularning barchasi siyosiy partiyalarning qizgʻin debatlari natijasi ekani eʼtiborga molik. Ushbu jihatlar bugungi parlamentni oldingi, yaʼni hamma meʼyoriy hujjatlar loyihasi bir ovozdan qabul qilinadigan parlamentdan ajratib turadi. Bunday oʻzgarishlar muhim: ular eski tizim, yaʼni “qonunlarni yuqoridan koʻrsatma asosida qabul qilish” oʻtmishda qolganini koʻrsatadi.
Amalda oʻzaro tiyib turish va muvozanatni saqlash tizimi mustaqil hamda samarali ommaviy axborot vositalarisiz faoliyat koʻrsata olmaydi.
Hozir, oʻtgan davrdan farqli ravishda, oʻzbek ommaviy axborot vositalari toʻrtinchi hokimiyat rolini muvaffaqiyatli bajarmoqda. Ular odamlarni qiynayotgan dolzarb muammolarni aniqlab, aholining ijtimoiy kayfiyati va islohotlar muvaffaqiyatining muhim barometriga aylanmoqda. Ushbu amaliyotning kelgusidagi rivoji Oʻzbekistonga islohotlarni yuqoridan quyiga koʻrsatma asosida emas, balki “quyidan yuqoriga” tamoyili asosida amalga oshirishga imkon beruvchi “qayta aloqa” mexanizmini qoʻllash imkonini beradi.
Oʻzbekistondagi tizimli oʻzgarishlarning yana bir muhim jihati – nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) yoki fuqarolik jamiyati atamalari ostida birlashgan mustaqil fuqarolik tashabbuslaridir.
Hozir hukumat NNTlarni davlat apparati faoliyatini monitoring va ijtimoiy nazorat qilish vositasi sifatida mustahkamlashga urinmoqda. NNTlar siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi vaziyatning monitoringi boʻyicha 700 dan ortiq tashabbus bildirdi.
Amalda siyosiy islohotlar yangi iqtisodiy model tomonidan qoʻllab-quvvatlanmasa, muvaffaqiyatli kechishi qiyin. Sobiq ittifoq davridan qolgan koʻplab institut, tuzilma va odatlar yangicha fikrlash va boshqaruvga toʻsqinlik qilishi shubhasiz. Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari Bosh vazir sifatidagi faoliyati uning bunday kamchiliklar mavjudligini juda yaxshi bilishini va bu borada vaqtinchalik choralar koʻrish koʻzlangan natijani bermasligini aniq-tiniq tushunishini koʻrsatadi.
Shu bois, u haqiqiy bozor tamoyillari asosida faoliyat yurituvchi yangi iqtisodiy model ishlab chiqish taklifini ilgari surdi. Shu kabi taklif va tashabbuslar Prezident hamda uning administratsiyasi koʻzlangan maqsadga tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash orqali erishish niyatida ekanini koʻrsatmoqda.
Biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha saʼy-harakatlar koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy taʼsirini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlarda ham namoyon boʻlmoqda.


Download 124,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish