Toshkent shahar Chilonzor tumani 203-maktabning biologiya fani o’qituvchisi Xolmirzayeva Mavjudaning zoologiya fanidan dars taqdimoti



Download 29,68 Mb.
Sana11.09.2021
Hajmi29,68 Mb.
#171836
Bog'liq
Baliqlarning nerv sistemasi va sezgi organalari.

  • Mavzu: Baliqlarning nerv sistemasi va sezgi organalari.
  • 1.Darsning maqsadi:
  • a) Ta’limiy
  • O’quvchilarga baliqlarning nerv sistemasi va sezgi organalari haqida tushunchalar berish.
  • b)Tarbiyaviy
  • O’quvchilarga tabiatni sevishga, uning boyliklarini asrash va oqilona foydalanishga o’rgatish.
  • c) rivojlantiruvchi
  • Mavzuga oid bilimlarni boyitish, mustaqil fikrlashni o’rgatish.
  • II.Dars jihozlari:
  • Yangi bilimlarni o’zlashtirish darsi.
  • Darsni jihozlash: Baliqlar ta’svirlangan plakatlar, slaydlar,,kampyuter, kinoproyektor, savol, topshiriqlar va krassvord.
  • III. Dars metodi:
  • Test metodi,hamkorilikda o’qitish metodi. Zanjirli davra suhbati.
  • IV. Kutilayotgan natija:
  • a)Pedtexnologiyalar samaradorligini namoyish etish, fanga nisbatan qizig’ish uyg’otish.
  • b) Baliqlar haqida toliq ma’lumot olish
  • Darsning borishi:
  • I. Tashkiliy qism:
  • a) Salomlashish
  • b) davomatni aniqlash
  • c)darsga tayyorgarlik ko’rish va dars rejasi.
  • II.Uyga vazifani so’rab baholash:
  • a) videorolikli so’rov
  • b) og’zaki so’rov
  • VI. Yangi mavzu bayoni:
  • a) mavzuni tushuntirish reja bo’yicha
  • b) mavzuni mustahkamlash
  • VII. a) mavzuni mustahkamlash
  • b) o’quvchilarni baholash va uyga vazifa berish
  • Baliqlarning markaziy nerv sistemasi, bosh miya va orqa miyadan tashkil topgan. Orqa miya uzun nayda iborat bo‘lib, umurtqa pog‘onasi nayi ichida joylashgan. Orqa miyaning ikki yonidan ichki organlarga, suzgichlarga, teri va muskullarga nervlar chiqadi. Baliqlar va barcha umurtqali hayvonlarning bosh miyasi oldingi miya, oraliq miya, o‘rta miya, miyacha va uzunchoq miya deb ataladigan bo’limlar-dan iborat.
  • Miyaning hamma bo‘limlari baliqlar hayotida katta ahamiyatga ega.Miyacha harakatlanish, uzunchoq miya nafas olish, qon aylanish,hazm qilish organlari ishini boshqarib turadi.
  • Sezgi organlari
  • Sezgi organlari baliqlarga atrof-muhitni yaxshi bilib olishga imkon beradi. Ular yordamida baliq o‘z ozig‘ini topadi yoki yaqinlashayotgandushmanini bilib oladi. Suvdagi sharoitni aniqlashda
  • ham sezgi organlari katta yordam beradi. Sezgi organlari orasida ko‘zlar muhim ahamiyatga ega.
  • Baliqlarning ko‘zi qovoqsiz,boshining ikki yonida joylashgan. Ular yaqin masofadan ko‘radi, narsalarning shakli va rangini farq qila oladi. Ko‘zlar oldida joylashgan ikkita burun teshigi hid sezuvchi hujayralarga
  • ega bo‘lgan xaltachalarga ochiladi.
  • Eshitish organlari.
  • Eshitish organlari miya qutisining ikki yonida joylashgan, suyaklar
  • bilan qoplangan ichki quloqdan iborat. Suv zich muhit bo‘lganligidan tovushni yaxshi o‘tkazadi. Tajribalarda baliqlar qirg‘oqda yurgan odam qadami, suzib kelayotgan qayiq ovozi, qo‘ng‘iroq va o‘q tovushlarini
  • yaxshi eshitishi aniqlangan.
  • Ta’m bilish hujayralari baliqlarning og‘iz bo‘shlig‘i, halqumi hamda butun tana yuzasida joylashgan. Zog‘ora baliq, treska va boshqa bir qancha baliqlarning boshida joylashgan mo‘ylovlar tuyg‘u vazifasini bajaradi.Baliqlar hayotida ayniqsa yon chiziqlarning ahamiyati katta. Yon chiziqlar baliq tanasining ikki yonida qator bo‘lib joylashgan teshikchalardan iborat. Teshikchalar maxsus sezuvchi hujayralari bo‘lgan naychalar bilan tutashgan. Yon chiziqlar suv oqimi, suv ostidagi narsalarni sezishga yordam beradi. Yon chiziqlari tufayli hatto ko‘r bo‘lib qolgan baliq ham to‘siqlarni sezadi, harakat qilayotgan o‘ljasini tutib oladi.
  • Ta’m bilish organlari
  • Agar baliqni biror narsa bilan turtsak, u o‘zini tezlik bilan chetga oladi. Bu jarayon quyidagicha sodir bo‘ladi.Ta’sir sezgi hujayralari tolalari orqali markaziy nerv sistemasining bosh miya yoki orqa miya qismiga uzatiladi. U yerdan ta’sirga hosil bo‘lgan javob tegishli organlarga uzatiladi. Organlardagi muskullar qisqarishi tufayli organizm ta’sirga javob beradi. Baliqlar o‘z o‘ljasini sezganida ham xuddi shunga o‘xshash holat sodir bo‘ladi. Zog‘ora baliq chuvalchangni ko‘rganida hosil bo‘lgan qo‘zg‘alish ko‘rish nervi orqali markaziy nerv sistemasiga boradi, u yerdan javob nerv tolalari orqali muskullarga keladi.Buning natijasida baliq o‘ljasini ushlab oladi. Hayvonlarning ta’sirga shunday javob qaytarish reflekslari tug‘ma bo‘lganidan shartsiz reflekslar, ya’ni instinkt deyiladi.
  • Reflekslari
  • 1. Baliqlarning orqa miyasi qanday tuzilgan?
  • 2. Baliqlarning qaysi sezgi organlari rivojlangan?
  • 3. Yon chiziqlar qanday vazifani bajaradi?
  • 4. Baliqlarda shartsiz reflekslar qanday hosil bo‘ladi?
  • 5.Shartli refleks qanday hosil bo’ladi?
  • Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
  • 1. Darslikdagi mavzuni o’qish va berilgan topshiriqlarni bajarish.
  • 2. Mavzuga oid qo’shimcha ma’lumotlar to’plash va referatlar tayyoralash.
  • Uyga vazifa

Download 29,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish