2. Chilonzor tumani Moliya bo‘limining faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘rganish
O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrdagi «Mahalliy davlat xokimiyati to‘g‘risida»gi Qonunida mahalliy davlat xokimiyat idoralarining moliyaviy faoliyati asoslari belgilab kuyilgan. Mazkur qonunning “Mahalliy davlat hokimiyati faoliyatining moliyaviy asosi” deb nomlangan 11-moddasida ta’kidlanganidek, viloyat, tuman, shaharning moliyaviy resurslarini byudjet mablag‘lari, byudjetdan tashqari fondlar, aniq maqsadga qaratilgan fondlar, kredit resurslari, shuningdek, respublika byudjetidan ajratilgan subvetsiya va dotatsiyalar tashkil etadi.
«Mahalliy davlat xokimiyati to‘g‘risida»gi qonunda viloyat, tuman, shaxar xokimlari tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy faoliyat bu soxada mahalliy idoralarga berilgan vakolatlar va ularning xukukiy xolati belgilab kuyilgan. Mahalliy davlat idoralari tarkibidagi Moliya boshqarmalari va moliya bo‘limlarining xuquqiy xolatlari belgilangan tartibda ular to‘g‘risidagi tasdiqlangan nizomlarga ko‘ra belgilanadi.
Davlat moliyasini boshqarishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, byudjet tizimining ustuvor yo‘nalishlarini yagona bitta hujjat orqali tartibga solish, byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida 2013 yil 26 dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” O‘RQ-360-son Qonuni qabul qilindi, hamda mazkur Qonunga asosan, O‘zbekiston Respublikasida 2014 yil 1 yanvardan boshlab Byudjet kodeksi eksperiment tariqasida, 2014-2015 yillar davomida sinov sharti bilan amalga kiritildi. Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan, 2014 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi va “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonulari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan bo‘lsa, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi, “Xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risida”gi va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining har yilgi "Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida"gi qarorlari. Mazkur har moliya yili boshlanishidan oldin qabul qilanadigan qarorlarda mamlakatizmiz byudjetining daroamdlari va xarajatlari miqdori tasdiqlanadi. Jumladan, soliq stavkalari miqdori, ulardan tushumlar miqdori va xarajatlar yo‘nalishi va miqdori tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |