Farmonni ijro etish doirasida O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Jinoyat, Jinoyat-prosessual, Fuqarolik prosessual, Xo`jalik prosessual kodekslari va bir qator boshqa qonun hujjatlariga zarur o`zgartish va qo`shimchalar kiritiladi. Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish tizimini izchil takomillashtirish va mustahkamlash maqsadida umume`tirof etilgan xalqaro standartlar asosida bir qator alohida qonunlar, shu jumladan “Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat prosessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to`g`risida”gi, “Mediasiya to`g`risida”gi, “Ma`muriy sudlov ishlarini yuritish to`g`risida”gi qonunlarni qabul qilish rejalashtirilmoqda. Ushbu dasturiy hujjatning amalga oshirilishi mamlakatning sud-huquq tizimi faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta`minlash, shuningdek aholining odil sudlovga bo`lgan ishonchini yanada mustahkamlash imkonini beradi.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish:
- jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish;
- diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy choralarni yanada kuchaytirish;
4-reja: Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirishning ustuvor vazifalari
Do'stlaringiz bilan baham: |