Yadro qobig‘ida yadro teshiklari porasoma kompleksi joylashadi.
Teshiklar diametri o‘rtacha 70-80 nm, teshiklarda 3 qator (har qatorda 8
tadan) granulalar joylashgan va ular o‘rtada yotgan granula bilan mayda
iplar yordamida birlashgan. Shunday qilib bir porasomada xajmi 25 ta
granula bo‘ladi. Yadro faollashganda teshiklar soni ortib boradi va bir
yadro qobig‘ida minglab porasomalar bo‘ladi.
Yadro shirasi (karioplazma, kariolimfa) - yadroning ichki muhiti
bo‘lib, unda xromatin, yadrochalar va har xil donachalar joylashgan.
Yadro matriksida 2-3 nm qalinlikdagi oqsil tanachalari bo‘lib, ular yadro
ichidagi strukturalarni birlashtiruvchi ichki skelet vazifasini o‘taydi.
Regulyator fermentlar ham mavjud.
Xromatin – xromosomalarning interfaza davridagi ko‘rinishidir.
Interfaza davrida xromosomalar spirallari yoyilgan (euxromatin) va
spirallashgan qismlari (geteroxromatin) ko‘rinadi. Xromatinning
kimyoviy tarkibi asosan DNK va oqsildan tashkil topgan (shuning uchun
ham ular maxsus bo‘yoqlar bilan bo‘yalish hususiyatiga ega).
36
Xromosomalar tarkibida ma'lum miqdorda RNK, yog‘lar, uglevodlar,
metall ionlari ham uchraydi.
15-rasm. Hujayra yadrosi ko‘ndalang kesimning sxematik ifodasi:
1-yadro teshigi; 2-tashqi yadro membranasi; 3-ichki yadro membranasi;
4-yadro atrofi bo‘shligi; 5-yadrocha, 6-ribosomalar; 7-donador
endoplazmatik to‘r; 8-hromatin
Bo‘linayotgan hujayralarda xromosomalar to‘g‘ri yoki egilgan
tayoqchalar shaklida bo‘ladi. Xromosomalar sentromera (birlamchi
belbog‘) bilan ikki yelkaga bo‘linadi. Sentromeraning joylashishiga
qarab uch turdagi xromosomalar farqlanadi: metatsentrik (teng yelkali).
Submetatsentrik (tengmas yelkali), akrotsentrik (belbog‘i bir uchiga
yaqin) xromosomalar. Ba'zi xromosomalarning ikkilamchi (yadrocha
hosil qiluvchi) belbog‘i mavjud. Hromosomalarning bu qismi
interfazada yadrocha hosil qilishda qatnashadi (4-rasm).
Metafaza xromosomalari ikkita spiral holatda o‘ralgan
xromatidalardan iborat bo‘lib, ular sentromera orqali o‘zaro birikadi.
Bo‘linish
oxirida
xromatidalar
bir-biridan
ajralib,
mustaqil
xromosomalarga aylanadi.
Elekt on mikroskopda kuzatganimizda uning eng elementar
tuzilmalarini ko‘ramiz. Ular diametri 10-13 nm ga teng bo‘lgan DNK
hamda gistonli oqsildan tashkil topgan ipchalar yoki nukleogistonlardir.
Nukleogistonlar o‘z navbatida nukleosomalardan (15-rasm ) tashkil
topgan.
37
16-rasm. Hromosoma tuzilishi va tiplari.
a-xromosoma tinlari: 1-akrotsentrik; 2-submetatsentrik; 3-metatsentrik
b-tashqi tuzilishi; d-ichki tuzilishi; 1-birlamchi belbog‘; 2-seitromera; 3-
ikkilamchi belbog‘; 4-yo‘ldosh; 5- xromonemalar. e - xromonemaning
nafis tuzilishi; 1- euxromatin; 2-geteroxromatin; 3-birlamchi belbog‘; 4-
sentromera; 5- xromatida; 6- xromoiema; 7-ikkilamchi bslbog‘; 8-
yadrocha.
38
Do'stlaringiz bilan baham: |