xromatindan, yadrochadan va yadro shirasidan tuzilgan bo‘ladi.
Yadro irsiy axborotni saqlaydi, ko‘paytiradi, tashiydi va shu tufayli
oqsil sintezida, hujayraning fiziologik hamda morfologik jarayonlarini
belgilashda asosiy ahamiyatga ega bo‘ladi (3-rasm).
Yadro qobig‘i – kariolemma yadroni sitoplazmadan ajratib turadi.
Kariolemma tashqi va ichki membranaliridan tuzilgan. Tashqi yadro
membranasi yuzasida ribosomalar joylashgan bo‘lib, bu membrana
endoplazmatik to‘r hosil qilishda ishtirok etadi. Yadro qobig‘i
membranalari orasida perinuklear bo‘shliq bo‘ladi. Har bir membrana
qalinligi o‘rtacha 10 nm.
Do'stlaringiz bilan baham: |