Mitoxondriyalar hujayralarning energiya ko‘p sarflanadigan
joylarida joylashadi. Bir jigar hujayrasida 2000 dan ko‘p
mitoxondriyalar bo‘lishi mumkin. Mitoxondriyalarning o‘rtacha umri 10
kun. Ular bo‘linib yoki ma’lum qismini ajratib chiqish yo‘li bilan
ko‘payadi. Mitoxondriyalar o‘z DNKsi, ribosomalariga ega. Buyrak usi
bezida mitoxondriyalar steroid gormon sintezida ishtirok etadi, kristalari
esa mayda pufakchalar shaklida bo‘ladi (13-rasm).
13-rasm. Mitoxondriyalar va
ularning tuzilishi.
A-B-kristalari plastinkasimon
mitoxondriylar
A-sxema
B-TEM
V-G-kristalari pufaksimon
mitoxondriylar
V-sxema
G-TEM
1. tashqi membrana
2. membranalar orasidagi
bo‘shliq
3. ichki membrana
4. kristalari
5. matriks
29
Do'stlaringiz bilan baham: |