Membranasiz organellalar.
Membranasiz organellalarga ribosomalar, fibrillyar tuzilmalar,
mikrotanachalar, hujayra markazlari kiradi. Ribosomalar hamma
hujayralarda uchraydi va elektron zich dumaloq shaklga ega. Ular uch
xil holatda uchraydilar, ozod, endoplazmatik to‘rga yopishgan va to‘p-
to‘p bo‘lib – polisomalar shaklida. Ozod ribosomalar va polisomalar
hujayraning o‘zi uchun, endoplazmatik to‘rga yopishganlari eksport
uchun oqsil ishlaydi. Ribosomalar ribopukleoproteidlardan (RNK +
oqsil) iborat, undagi RNK, r-RNK, t-RNK, m- RNK shaklida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |