4. Baqa va odam qoni hujayralarini o‘rganish. Buning uchun baqa va
odam qoni surtmasining bo‘yalgan doimiy preparatlaridan foydalaniladi.
Mikroskop ostida asosan qizil qon hujayralari (eritrotsitlar) ko‘rinadi.
Baqaning qizil qon hujyralari yadroli, odamniki esa yadrosiz
hujayralardir. Oq qon tanachalari yadrosi segmentlarga bo‘lingan
(neytrofillar) yoki bo‘linmagan (limfotsitlar) bo‘lishi mumkin. Baqaning
qon hujayralari, eritrotsitlarining rasmlari chiziladi. Har bir eritrotsitning
qobig‘i, yadrosi, sitoplazmasi belgilab qo‘yiladi.
Keyin jadvallar, tayyor elektron mikrofotografiyalar va slaydlar
yordamida hujayraning nafis tuzilishi o‘rganiladi. Hujayraning nafis
tuzilishi albomga chizilib, uning organoidlari belgilab qo‘yiladi.
33
Do'stlaringiz bilan baham: |