Serotonin
Furan hosilalari furatsillin va furazolidon – mikroorganizmlar ta’sirida vujudga keluvchi (tif, dizinteriya) yalligʻlangan shamollash jarayonlarida kuchli ta’sir etadi:
Tiofenning qaytarilgan shakli – tetragidrotiofen biotin (“H” vitamini) tarkibiga kiradi. Uning yadrosi mochevina bilan tutashgan bo‘lib, molekulaning yon zanjirida, kutilganidek α-holatida, valerian kislotaning qoldigʻini tutadi:
Vitamin “H” terida oqsil va yogʻ almashinuvida qatnashadi. Uning yetishmovchiligi teri kasalliklarini keltirib chiqaradi, soch tolalarining sogʻlomligi, o‘sishi va estetik holati uchun javob beradi. Yana biotin organizmda karboksil guruhlarni tashib yetkazib berishda hamqatnashadi. U ko‘p miqdorda javdar unida bo‘ladi.
Furatsilin Furazolidon Valerian kislota qoldig‘i karbamid yetishmaganida maxsus biologik qo‘shimchalar va dori moddalar ko‘rinishida beriladi.
Gistamin organizmda maxsus ferment gistidin-dekarboksilaza ta’sirida gistidin aminokislotasidan hosil bo‘ladi.Normal holatda gistamin maxsus hujayra (gistiotsit)larning tarkibiy qismi sifatida saqlanadi va oddiy hollarda organizmga zarar yetkazmaydi. Allergiya hurujida esa qonga ajralib chiqadi. Turli to‘qimalarda uning miqdori turlicha. Ma’lumki teri, bronxlar, ovqat hazm bo‘lish yo‘llari to‘qimalarida uning miqdori katta bo‘ladi. Aynan shu a’zolar allergiya hurujiga moyilligi yuqori bo‘ladi.
Gistamin
Erkin gistamin juda katta faolikka ega: u silliq mushaklarni spazm holatiga keltiradi (shu jumladan, bronxlar mushaklarini), ingichka qon tomirlarining kengayishiga va arterial qon bosimining pasayishiga, to‘qimalarda shishlar hosil bo‘lishiga, teriga toshma sochilib ketishiga olib keladi. Shuningdek, organizmda adrenalin miqdori ko‘payib, arteriolalar torayadi, yurak urushi tezlashadi va oshqozon shirasi ajralishi kuchayadi.
Gistaminning bir qancha miqdori markaziy asab sistemasida bo‘lib, taxminlarga ko‘ra neyromediatorlik vazifasini o‘taydi. Shuning uchun ham gistaminning ba’zi bir lipofil antagonistlari markaziy gistamin retseptorlarini blokirovka qilib qo‘yadi.
Odam organizmiga bir necha milligram gistamin inyeksiyasi ogʻir anafilaktik shok holatiga tushirib qo‘yadi. Unda o‘z-o‘zidan savol tugʻiladi: qanday qilib shunday zaharli modda organizmda doimiy saqlanib turib unga zarar ko‘rsatmaydi? Bu savolga to‘liq javob hali berilmagan. Bir gipotezaga binoan gistamin hujayralarda faol bo‘lmagan kompleks ko‘rinishida saqlanadi deb taxmin qilinadi. Bir qator ta’sirlar ostida gistamin uni bogʻlab turgan kompleksdan halos bo‘lib, faol ko‘rinishda hujayradan ajralib, organizmning suyuqliklariga o‘tadi.
Boshqa, fiziologlar gipotezasiga asosan, gistidindan gistaminga o‘tkazib beruvchi ferment gistidin-dekarboksilaza miqdori har xil sharoitga qarab o‘zgarishi mumkin. Bu taxmin allergiya kasalligiga chalingan bemorlar organizmida gistamin miqdori ko‘pligini asoslab beradi. Odatda, allergiyaga qarshi preparatlar antigistamin preperatlar deb nomlanadi.
Antipirin, amidopirin va analgin tibbiyotda og‘riqni qoldiruvchi, istma tushuruvchi, tinchlantiruvchi dorivor modda sifatida keng qo‘llaniladi.
Vitamin PP ning asosiy funksiyasi – oksidlanish-qaytarilish jarayonlalarida qatnashishdan iborat. Yani u to‘qimalar rivojlanishi, yog‘ni energiyaga o‘tishi, xolesterin miqdori kamayishida ishtirok etadi. Shuningdek, u insonni yurak-tomir kasalliklaridan himoyalaydi, migren kasalligining oldini oladi. Nikotin kislota oshqozon-ichak faoliyati uchun ham javobgar, oshqozon shirasini ishlab chuqarishda, jigar, ichaklar ishida faol qatnashadi.
Nikotinamidning hosilasi bo‘lgan nikotin kislotaning dietilamidi kordiamin MNS ni, yurak kasalliklarini davolashda ishlatiladi
Antipirin
Amidopirin
Analgin
E'tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |