Keyingi bosqichda krol’ usulida ko’krak va orqa bilan 7-10 metrga suzishga o’rganadilar. Suzishga o’rganish ota-onalar bilan kelishgan holda maxsus suv havzalarida, maxsus uslubchilar yordamida haftasida 2marta tashkillashtiriladi.
Tebratma kursi, arg’imchoq, karuselda uchish. Bu mashqlar vestibulyar apparatini rivojlantiradi, tezkorlikka nisbatan barqarorlikni oshiradi, muskullarni mustahkamlaydi, jismoniy sifatlarni takomillashtiradi, dovyuraklikni o’stiradi. Yakka tebranma karusellardan toychoq, quyoncha, o’rdakcha, samolyot, ot, avtomobil, kabilarda uchishga o’rgatiladi. Tarbiyachi bolalarga arg’imchoqqa o’tirish, uchishga yordamlashadi, o’zini tutish qoidalarini tushuntiradi va nazorat qiladi. Har bir bola 15-20 marta uchgandan so’ng dam olish uchun tanaffus beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |