Katta guruh; yurishni mashq qilish: turli usullarda, yarim o’tirgan holda tovonda barmoq uchlari bilan qadam tashlab, turli tomonga oyoqni yo’llanma qilib, qarsak chalib yurish, oyoq uchida, qo’llarni bosh orqasiga qo’yib yurish. Ko’zni yumgan holda 3-4 m masofani bosib o’tish, oyoqlarni chalishtirib yurish, harakatlarni bajarib yurish.
Tarbiyachi bolalarning yosh imkoniyatlarini hisobga olgan holda harakatlar sifatiga juda katta talablar qo’yadi. Odatdagi to’g’ri yurish quyidagi belgilar bilan harakterlanadi: gavda tik holda tutiladi, yelkalar kerilgan, qorin chiqarilmaydi, bosh biroz ko’tarilgan ( yo’lni ko’rish nazorati oyoq ostidan 2-3m)bo’ladi. Nafas ritmik holda burun yoki og’iz orqali bir tekis olinadi. Barcha qadamlar bir xil, muayyan yo’nalish va ritmda tashlanadi, qo’l va oyoq harakatlari kordinatsiyasi to’g’ri bo’ladi.
Avvalgi yosh guruhlarda egallangan yurish ko’nikmalari mustahkamlanadi va takomillashtiriladi: tovonda yurishni oyoq uchida yurish bilan, oyoqning yon tomoni bilan yurishni ichki tomonlarida yurish bilan almashib turadi.
Barcha bolalar endi boshlovchi bo’la oladilar fazoda tarbiyachi topshirig’iga binoan mustaqil mo’ljal ola biladilar. Olti yoshga qadam qo’ygan bolalarning yurishi bir muncha barqarorligi va sur’atining sekinligi, qadamining kattaligi bilan xarakterlanadi. Yetti yoshli bolalar oqilona raxbarlik qilganda yaxshi va erkin shug’ullanadilar to’g’ri qaddi- qomatga, harakatlar kordinarsiyasiga ega bo’ladilar, turli sharoitlariga kirishib ketadilar va shuning uchun ham yurishning turli usullaridan foydalana oladilar, uning texnikasini o’zlashtirib oladilar.
Yurishni takomillashtirish maqsadida ularga bir muncha murakkab mashqlar beriladi: cho’qqayib yurish, oyoqlar tizzalaridan bukilgan bo’ladi, qadam tashlaganda oyoq uchidan tovonga o’tiladi,so’ng oyoq ichiga o’tilib, yuzaga tiralib itariladi, homla qilib yurish tizzadan bukilgan oyoq oldinga uzatiladi, yerga to’liq bosiladi va qadam tashlaganda rostlanadi: ikkinchi orqada oyoq uchida turgan o’ng oyoq bilan siltaniladi, qo’llar erkin tutiladi.
Bundan tashqari, 7yoshli bolalar ko’zlarini yumib orqa bilan oldinga yurishni mashq qiladilar. Yurishni takomillashtirish maktabgacha bo’lgan butun bolalik davri mobaynida davom ettiriladi. Yoshi ortib borishi bilan yurish ko’nikmasini o’zlashtirishning faqat sifat ko’rsatkichi emas, balki miqdor ko’rsatgichi ham o’zgaradi: to’rt yoshli bolalarda qadam uzunligi 39-40 sm dan yetti yoshga yetguncha 51-53 sm gacha uzayadi, shunga muvofiq qadamlar soni minutiga 170-180 tadan 150 gacha kamayadi.
Yurish- jarayonida katta miqdordagi muskul guruppalarining navbatma navbat qisqarishi va bo’shashi yuz beradi. Yugurish paytida kuch sarfi oshadi, shuning uchun nafas olish hajmi, qon aylanishi, gaz almashish tezkorligi ortadi. To’g’ri tozalangan yugurish umumiy jismoniy rivojlanishiga, markaziy nerv sistemasining chiqishiga yordam beradi.
Kichik guruh: yugurish tarbiyachi orqasidan yugurish,dumalatib yuborilgan buyumni quvib yetish,2 chiziq orasidan chiqmay yugurishga,70-80 metrga asta yugurishga o’rgatish nasarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |