Toshkent «noshir» 2017


Aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondi



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/100
Sana10.07.2022
Hajmi0,94 Mb.
#767807
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100
Bog'liq
kimmatli kogozlar

Aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondi
Aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi bir xil nominal
qiymatdagi aksiyalarning ma’lum miqdoriga bo‘lingan bo‘-
lishi lozim. Ustav fondi uning kreditorlari manfaatlarini
kafolatlovchi mol-mulkning eng kam miqdorini belgilab
beradi. Hozirda ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyati ustav
fondining eng kam miqdori 400 ming AQSH dollari yoki
500 mln.so‘mdan kam bo‘lmasligi zarur. Aksiyadorlik
kompaniyasining faoliyati jarayonida uning ustav fondi ko‘-
paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyati
ustav fondini ko‘paytirish yoxud kamaytirish haqidagi qaror
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan yoki, agar bu
ustavda ko‘rsatilgan bo‘lsa, kuzatuv kengashi tomonidan qabul
qilinadi.
Aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi aksiyalar nominal
qiymatini oshirish yoki qo‘shimcha aksiyalarni chiqarish va
joylashtirish hisobidan ko‘paytiriladi. Qo‘shimcha aksiyalar
jamiyat tomonidan faqat uning ustavida belgilangan e’lon
qilingan aksiyalar miqdori chegarasida joylashtirilishi mum-
kin. Aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi aksiyalar nominal
qiymatini pasaytirish yoki ularning umumiy sonini qisqartirish
hisobidan, shu jumladan, aksiyalarning bir qismini jamiyat-
ning o‘zi tomonidan keyinchalik so‘ndirilishi bilan xarid
qilinishi hisobidan kamaytirilishi mumkin. Biroq, agar ustav
fondining kamaytirilishi uning hajmini qonunchilikda belgi-
langan eng kam miqdor bilan nomutanosiblikka olib kelsa,
jamiyat ustav fondini kamaytirish huquqiga ega emas.
Aksiyadorlik jamiyati ustav fondini kamaytirish to‘g‘risida
qaror qabul qilayotib, bu haqda 30 kun muddat ichida
o‘zlarining kreditorlariga xabar qilishi zarur. Kreditorlar
esa, o‘z navbatida, ularga xabar qilingan sanadan boshlab
30 kun ichida jamiyatdan o‘z majburiyatlarining muddatidan
oldin bajarilishini va bu bilan bog‘liq zararlarning qoplanishini
talab qilishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyatida ustav fondi hajmining 15 foizidan
kam bo‘lmagan miqdorda zaxira fondi tashkil etiladi. Zaxira
fondi jamiyatning sof foydasidan har yillik majburiy ajratmalar
hisobidan ustavda belgilangan miqdorga etgunga qadar
shakllantiriladi. Har yillik ajratmalarning miqdori jamiyat
sof foydasining 5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.
Zaxira fondi aksiyadorlik jamiyatining zararlarini qoplash,
obligatsiyalarni so‘ndirish, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha foiz-
larni to‘lash va talab qilish huquqiga ega bo‘lgan aksiya-
dorlarning talabiga ko‘ra aksiyalarni sotib olish uchun,
shuningdek, ustavda ko‘zda tutilgan boshqa maqsadlar uchun
mo‘ljallangan.
Agar ikkinchi va undan keyingi har bir moliya yili yaku-
niga ko‘ra jamiyat aksiyadorlariga tasdiqlash uchun taklif
etilgan yillik buxgalterlik balansiga, yoki auditorlik tek-
shiruvlari natijalariga muvofiq jamiyat sof aktivlarining
qiymati uning ustav fondidan kam chiqsa, u holda jamiyat
ustav fondi uning sof aktivlari qiymatidan ortiq bo‘lmagan
miqdorgacha kamaytirilishi haqida e’lon qilishi shart. Agarda
sof aktivlar qiymati tegishli jamiyat turi uchun belgilangan
eng kam ustav fondi miqdoridan kam bo‘lsa, unda jamiyat
o‘zining tugatilishi haqida qaror qabul qilishga majbur.


80
81

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish