Toshkent moliyainstituti n. Atayeva, F. Rasulova, M. Salayeva, S. Hasanov


Pedagogika fanining istiqbolli vazifalari quyidagilar



Download 20,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet577/679
Sana31.12.2021
Hajmi20,47 Mb.
#271115
1   ...   573   574   575   576   577   578   579   580   ...   679
Bog'liq
umumiy pedagogika

Pedagogika fanining istiqbolli vazifalari quyidagilar:

-   milliy  pedagogika  sifatida  tarkib  topishi,  byurokratizm 

rasmiyatchilik  illatlaridan  qutulish,  jahon  fanida  yuqori  darajaga 

ko‘tarilishi.  Milliy  mafkura,  kadrlar  tayyorlash  Milliy  modeli,  bozor 

iqtisodi talablari va jahon fani  tajribalari  asosida o‘z metodologiyasi va 

yo‘nalishini tubdan o‘zgartirish;

-  

pedagogik 



tadqiqot 

metodologiyasi 

va 

metodikasini 



takomillashtirish,  uning  samaradorligini,  insonshunoslik  fanlari  bilan 

hamkorligini  amalga  oshirish,  shaxsni  bir  butunlikda  o‘rganish  va  uni 

shakllantirish metodologiyasini yaratish;

-   pedagogik  investitsiyani  rivojlantirish, 

ilg‘or  pedagogik 

texnologiyani  yaratish,  jahonda  raqobatbardosh  loyihalami  ishlab 

chiqish, 

eksensiya  (eksport)ni 

kengaytirish, 

pedagogik 

ixtiro- 

innovatsiyalami boshqa mamlakatlar tajribasida sinab ko‘rish;

-   eng  qadimgi  davrlardan  bugungi  kungacha  boigan  pedagogika 

tariximizni chuqur o‘rganish, buyuk mutafakkirlar merosini hozirgi davr 

mezonida tahlil  qilish,  xalq  pedagogikasi,  ma’naviy  qadriyatlar asosida 

qoilanmalar  yaratish,  milliy  pedagogikada  xalqimizning  tarbiya 

borasidagi  tajribasini  singdirish,  undan  foydalanish  metodikasini 

yaratish;

-   pedagogika  fanlari  tizimi  va  tarkibini  takomillashtirish,  ijtimoiy 

pedagogika  sohasida  oila  pedagogikasi,  ma’naviyat-ma’rifat  ishlar



610


pedagogikasi  alohida  fan  sifatida  tarkib  topishi.  Professional 

pedagogikada  iqtidorli  bolalami  tanlash  va  ulami  o‘qitish,  maktab, 

akademik  litsey,  kasb-hunar  kollejlari,  malaka  oshirish  institutlari,  oliy 

va  xususiy  o‘quv  yurtlarida  taiim-tarbiya  ishlarini  tashkil  etish 

nazariyasi va amaliyotini takomillashtirish;

-   pedagogika  nazariyasi  va  amaliyotining  o‘zaro  bogiiqligi, 

pedagoglar ommasining erkin ijodkorligiga sharoit yaratish tajribalarini 

o‘rganish va ommalashtirish tizimini tarkib toptirish;

-   pedagogika  fanining  tarkibida  «Shaxsni  shakllantirish 

jarayoni», «pedagogik texnologiya», «ta’Iim texnologiyasi», «tarbiya 

texnoIogiyasi» masalalarini alohida o‘rganish;

-   «Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi»asosida  «yuqori  malakali 

mutaxassislar  tayyorlovchi  va  ulardan  foydalanuvchi,  iIg‘or 

pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish»;

-   xalqimizning  mentaliteti,  milliy  mafkura,  bozor  iqtisodiyotining 

o‘ziga xos  xususiyatlari,  demokratik huquqiy  davlat va  ochiq  fuqarolik 

jamiyati  talablari  asosida  mustaqillikni  mustahkamlash,  ma’naviy 

salohiyatni  oshirish,  har  bir  insonni,  yosh  avlodni  XXI  asr  sharoitida 

baxtli yashashga tayyorlash omilini oshirish.

-  uzluksiz taiim  tizimining barcha bo‘g‘inlarini  kadrlar tayyorlash 

Milliy  modeli,  jahon  andozalari  asosida  takomillashtirish;  pedagogik 

texnologiya bilan ta’minlash;

-  pedagogik jarayon  qonuniyatlarini  mukammal  o‘rganish,  har  bir 

pedagogik jarayonning o‘ziga xos xususiyati, pedagogik jarayonning bir 

butunligi,  pedagogik  texnologiyaning  tarkibiy  qismlarini,  pedagogik 

jarayonning ikki tomonlama xususiyatini asoslash;

-  

shaxs 


rivojlanish 

jarayonining 

qonuniyatlarini, 

shaxs 


kamolotining  biologik,  ijtimoiy-pedagogik  omilini,  sharqona  mijoz  va 

pedagogik  texnologiyaning  bogiiqligini  har  bir  individ  va  tipik 

xususiyatli  shaxsni  shakllantirish  metodikasining  o‘zaro  bogiiqligini 

mukammal o‘rganish;

-   komil  inson  -   barkamol  shaxsning  hozirgi  davr  mezonini, 

sifatlarini  shakllantirishda insonshunoslik  fanlarining  o‘zaro  bogiiqligi 

prinsiplarini yaratish;

-   shaxsni  o‘zligini  bilish,  o‘z-o‘zini  boshqara  bilish,  o‘z-o‘zini 

tarbiyalash,  metodikasini  yaratish,  har  bir  taiim-tarbiya  muassasasida 

psixologik-pedagogik  diagnostika  xizmatini  tashkil  etish,  psixologik- 

pedagogik  diagnostika metodikasini  takomillashtirish,  umumtaiimning 

pedagogik  texnologiyasini  yaratish,  taiim   standartlarining  didaktik



611


xususiyatlarini  yoritish,  uni  jahon  andozalar  va  davr  talabiga  mos 

rivojlantirish.  Taiim  mazmunida  umuminsoniy  va  milliy-mintaqaviy 

uyg‘unligiga  erishish.  Har  bir  mavzuni  kimga,  nima  uchun  va  qanday 

o‘qitish texnologiyasini yaratish;

-   taiimning  uzviyligi  va  uzluksizligini  metodik  ta’minlash, 

nazariyani amaliyot bilan birligi modelini yaratish;

-  taiimni  intensivlash va differensiyalash texnologiyasini fanlararo 

bogiiqlik metodologiyasi va metodikasini yaratish;

-   oilada  o‘qitish,  mustaqil  bilim  olish  didaktik  asoslarini  ishlab 

chiqish;


-  uzluksiz taiim  tizimida barcha fanlami o‘qitish didaktik asoslarini 

ishlab chiqish, maxsus fanlami o‘qitish metodikasini takomillashtirish.

-   taiim   jarayonining  ilg‘or  tajribalarga  asoslangan  modelini 

yaratish. Bu modelda o‘quvchi — talaba faoliyati va o‘quvchi -  muallim 

faoliyatining  dialektik  uyg‘unligiga  asoslanish  bilim  olish,  o‘qitish  va 

o‘rganishning  uyg‘unligi  bilim  olish  motivini,  bilimga  qiziqishini 

shakllantirish  ommabop  metodikasini  ishlab  chiqish,  reyting,  test 

nazoratini  takomillashtirish,  joriy  nazoratda  bilimni  mustaqil  baholash 

tizimini joriy etish;

-   taiimda  ma’naviyatning  ustuvorligi,  o‘qitish  va  o‘rganish, 

taiimiy,  tarbiyaviy va rivojlantiruvchi  vazifalar uyg‘unligi,  didaktik va 

tarbiyaviy ta’sir uyg‘unligi modelini yaratish;

-  didaktik vositalaming taiimiy-tashkiliy va qoilanish uslubiyatini 

yaratish ulami takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

-   taiim   berish  shakllarini  takomillashtirish,  sinf-dars  tizimini 

optimal  sharoitga  mos  modellashtirish,  individual  taiim   jarayonining 

uslubiyatini yaratish;

-  taiim  metodlarini takomillashtirish,  milliy taiim  modeli  asosida 

pedagogik texnologiyani yaratish;

-   jahon  ilg‘or  tajribalari  asosida  masofaviy  taiim-tarbiyaning 

mazmunini, metodlarini, uni baholash mezonlarini ishlab chiqish;

-  taiim-tarbiya  tizimini  boshqarislming  pedagogik  ta’minlash,  uni 

demokratiyalash  va  insonparvarlashtirish,  xususiy  sohani  rivojlantirish, 

kadrlar tayyorlashda raqobat muhitini yaratish;

-  o‘quv muassasalari  mustaqilligi  va tashabbuskorligini  ta’minlash 

mexanizmini ishlab chiqish;

-   bilimni  nazorat  qilish  va  o‘z-o‘zini  o‘zlashtirish  darajasini 

tekshirishning  pedagogik  tizimini  ishlab  chiqish,  reyting  tizimini  keng 

joriy etish va takomillashtirib borish;

612



-   taiimning  texnika  vositalarini  va  ulardan  foydalanish 

metodikasini  takomillashtirish,  ilg‘or  tajribalar  asosida  taiimning 

texnika vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar berish;

-   tarbiya jarayonlari  qonuniyatlari  tizimi,  mazmuni,  prinsiplari  va 

metodlarini takomillashtirish uchun quyidagilami amalga oshirish:

-  hozirgi  davrda tarbiyaning maqsadi,  komil  inson modelini  ishlab 

chiqish, tarbiya texnologiyasini yaratish;

-   tarbiyaning  mazmuni  va  har  bir  insoniy  fazilatning  hozirgi 

davrdagi  mohiyatini  aniqlash,  tarbiya  mazmunida  milliylik  va 

umuminsoniylik  uyg‘unligiga  erishish.  Hamkorlikdagi  jahon  xalqlari 

milliy qadriyatlarini o‘rganish va ommalashtirish;

-   tarbiyaga  bir  butunlikda  va  tizimli  yondashish  metodikasini 

yaratish.  Aqliy  tarbiya,  milliy  dunyoqarash,  milliy  ong,  tafakkur 

madaniyatini  shakllantirish:  vatanparvarlik,  ma’naviy-axloqiy  tarbiya, 

huquqiy,  estetik,  mehnat,  kasb,  iqtisodiy,  ekologik,  jismoniy  tarbiya 

mazmuni va metodlarini, pedagogik texnologiyasini takomillashtirish;

-   shaxsni  jamoada  tarbiyalash,  bozor  iqtisodi  sharoitida  mehnat 

jamoalarining 

xususiyatlari, 

o‘quvchi-talabalar 

jamoasini 

shakllantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirish;

-   tarbiyaning  umumiy  metodlarini  takomillashtirish,  Sharq 

xalqlarining  tarbiya  borasidagi  tajribalarini  qoilash  metodikasini 

yaratish, tarbiya mazmuni va metodini insonparvarlashtirish;

-   istiqlol  mafkurasi  asosida  yoshlaming  milliy  duyoqarashini 

shakllantirish,  o‘quv  fanlarining  aqliy  kamolot  imkoniyatini  oshirish, 

sinfdan -  maktabdan -  auditoriyadan tashqari taiim-tarbiya  ishlarining 

dunyoqarashini tarkib toptirish darajasini oshirish;

-   ma’naviy-axloqiy  mazmunni  takomillashtirish  uchun  milliy  va 

umuminsoniy  qadriyatlar  bilan  boyitish.  Axloqiy  tarbiyada  sharqona 


Download 20,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   573   574   575   576   577   578   579   580   ...   679




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish