Toshkent moliyainstituti n. Atayeva, F. Rasulova, M. Salayeva, S. Hasanov



Download 20,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet554/679
Sana31.12.2021
Hajmi20,47 Mb.
#271115
1   ...   550   551   552   553   554   555   556   557   ...   679
Bog'liq
umumiy pedagogika

(«Ta 'limi  alifbe yoxud rahbari  maktab»)  darsligini  yozadi.  Bu  kitobni 

tuzish  va  tahrir  etishda  Sadriddin  Ayniyning  xizmati  katta  boigan. 

Darslik  ko‘p  yillar  davomida  arab  alifbosi  bilan  tojik,  o‘zbek  tilida 

savod chiqarishda yaxshi va mazmunli darslik sifatida xizmat qildi.



«Alifbe  ta ’limi»  46  betdan  iborat  boiib,  90  soat  darsga 

moijallangan.  Tarbiyashimos  olim  M.Fattayev  bu  darslik  haqida 

shunday  deb  yozadi:  «Alifbe»  o‘zlashtirilishi  oson  boigan  tovush  va 

harflar bilan boshlanadi, keyin  murakkabroq  materiallar  beriladi.



«Alifbe»  uch  qismdan  iborat.  Dastlab  harf  elementlarini  yozish 

mashqlari,  keyin  harflaming  turli  ko‘rinishlari  va  nihoyat,  taiim- 

tarbiyaviy ahamiyatga ega boigan hikoya va she’rlar beriladi.

Kitob betlarida harflaming yolgiz yoziladigan va so‘zning boshida 

yoziladigan  shakllari  o‘rgatiladi.  Bulardan  ayrim  so‘z  va  kichik-kichik 

gaplar tuziladi.

Har  bir  darsning  boshida  harflaming  yolg‘iz  yoziladigan  va 

so‘zning  boshida  yoziladigan  shakli  berilib,  uning  «a»  harfi  bilan 

qo‘shilgan shakli ko‘rsatiladi.

Maiumki, arab alifbosida «v» harfi «v» tovushini va boshqa harflar 

bilan qo‘shilganda «u» yoki «o‘« unli  tovushlarini ifodalaydi. Bu yerda 

muallif shu  simi  o‘quvchilarga tushuntiradi. «v»  («vov»)  shakli o‘zbek 

va  tojik  tillarida  «u»  hamda  «o‘«  tovushlarini  bildirib,  ulaming

577



birinchisi  «vovi  majhul»  va  ikkinchisi  «vovi  mamdud»  (chosziq)  deb 

ataladi.  Kitobda  bu,  pu,  tu  hamda  o‘sh,  sho‘r kabi  misollami  keltirish 

asosida  «z»  harfining  shu  xususiyati  o‘quvchilarga  tanishtiriladi.  «E» 

harfi  ham shu usul bilan tushuntirilib,  uning I,  I, E,  E kabi tovushlami 

bildirib kelishi bayon qilinadi.

Keyingi  darslarda  harflaming  so‘z  o‘rtasida,  oxirida  yozilishi 

ko‘rsatiladi.  Shu asosda arab alfavitining «sir»lari  o‘quvchilarga ochila 

boradi.  Keyin  arab  alfavitida yozuvda  ifodalanmaydigan  «harakatlar» 

va izofat haqida ma’lumot beriladi. Masalan,  «bod tund»,  «mard dono» 

yozilsa  ham  «bod  tund»,  «mardi  dono»  deb  o‘qiladi  va  shu  kabilar. 

Shundan  so‘ng  bir  necha  darsda  alohida-alohida  so‘zlar,  qisqa-qisqa 

gaplar  keltirilib,  bu  harflaming  turli  kombinatsiyalari  va  ulaming 

qoidalari  beriladi.  Har  bir  dars  uchun  ayrim  kichik  matnlar  keltiriladi. 

Jumladan,  «ob»  (suv)  sarlavhali  matndan  10-12  kichik  gap  orqali  suv- 

ning  hayot  uchun,  qishloq  xo‘jaligi  va  umuman  obodonchilik  uchun 

ahamiyati tushuntiriladi:



«Suvni ichamiz va  u  bilan yuvinamiz.  Tegirmonlami suv yurgizadi. 

Sabzavotchilik  va  dehqonchilik  suv  orqali  hosil  qilinadi.  Suv 

obodonchilik vositasidir».

Shuningdek,  bilim. va  tarbiyaviy  ahamiyatga  ega  boigan  «Chor 



fasl» («To ‘rt fasl») maqolasi ham shu usulda yozilgan.

«Biryil to ‘rtfasldan iborat — bahor, yoz,  kuz,  qish.  Haryil o ‘n  ikki 

oydan  iborat.  Bir  oy  30  kun  yoki  4  haftadan  iborat.  Bir  hafta  yetti 

kundir,  bir kecha-kmduz 24 soat,  bir soat 60 daqiqadan iborat.  Har bir 

daqiqani animat bilib o ‘qish va o ‘rganish kerak».

Shu  asosda  bolalar  o‘qish jarayonida  hayotiy  zamr  bilimlarga ega 

boiadilar.

Maiumki,  arab  alifbosida  har  xil  aytilib,  har  xil  yoziladigan  bir 

qancha undosh harflar mavjud.  Masalan, «z» tovushi  aytilishi bir-biriga 

juda  yaqin  boigan  to‘rt  xil  shaklda  (harf)  yoziladi.  0 ‘zbek  va  tojik 

tillarida asosan bu harflaming birinchisi qoilanilib,  qolganlari esa faqat 

ayrim  arabcha  so‘zlarda  uchraydi.  Shuningdek,  «s»  undoshi  ham  uch 

shaklga ega.

Kitobning  32-betidagi  60-darsda  arab  yozuvining  mazkur 

xususiyatlari haqida maiumot beriladi, bu harflaming qanday so‘zlarda, 

qachon ishlatilishi tushuntiriladi. Kitobning alifbe qismi shu bilan tugab, 

terma  asarlar  qismi  boshlanadi.  Terma  badiiy  kitob  sodda,  tushunarli 

tilda yozilgan  kichik-kichik  hikoyalar,  matnlar va  she’riy  parchalardan



578


tashkil topgan.  Bu hikoya va she’rlar taiim-tarbiyaviy xususiyatga ega. 

Misol tariqasida bir-ikkitasini keltiramiz:



«Bekorchilik  ishlarning  eng  yomonidir.  Men  bekorchilikdan 

bezorman.  Tirik  bekorchidan  -   o ‘lik yaxshi.  Dunyoda  har  bir jondor 

biror xizmatga va har bir kishi ma ’lum vazifaga ega. Biz shogirdlarning 

vazifasi o ‘qish va ilm o ‘rganishdan iborat.  Maktabning har bir shogirdi 

yaxshi xat-savodga  ega bo‘lishi kerak.  Hushyor va g ‘ayratli shogirdlar 

hech vaqt bekor o ‘tirmaydilar».

Bundan tashqari, bir qancha hikmatlar,  iboralar -  hikoyachalar ham 

keltirilgan:

Yalqovdeydi:

— Bugun o ‘ynayman,  ertaga o ‘qiyman.

G ‘ayratli deydi:

—  Ertaga  o ‘ynayman, 

bugun  o ‘qiyman  va  shu  kabilar. 

Bu kitobda axloq,  odob?  tarbiya va dunyoqarashni tarkib  toptirishga 

xizmat  qiluvchi  materiallar  bilan  bir  qatorda  nafosat  tarbiyasiga  doir 

ayrim  maiumotlar  (tabiat  manzaralarining  go6zalligi,  yirik  shaharlar 

haqida maiumot va shu kabilar) ham beriladi.

qish kitobining 37-betidan boshlab bolalar uchun  10 tacha kichik- 

kichik  she’rlar  beriladi.  Ular  ifodali,  tushunarli  sodda  tilda  yozilgan 

boiib, katta axloqiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega:



Faridun ko ‘p  yaxshi bola erdi, yig ‘lab otasiga shundayin derdi:

—  Ey,  otajon, meni maktabga bergin,

Sargardon ko ‘chada kezishdan tiygin.

Maktab liboslarim tezda tayyor et,

Kitoblar keltirgin,  bo ‘Isin bari but.

Ber alifbe-yu, daftar,  qalamni,

Jildimga solib,  bag ‘rimga olayin.

Otasi dediki:

— 

Ey, Faridunjon,

Hali yoshsan, quvvating kamroq,

Biryildan so ‘ng borsang bo ‘lur yaxshiroq.

— 

Toqatim toq bo‘ldi,  azizotajon,



Hamma dono bo ‘Isa-yu, men qolaymi nodon,

Otasi oxiri maktabga berdi,

Bundan Faridun shodlikka to ‘Idi.

Kitobdagi  bunday  hikoyalarda  ham,  she’riy  asarlarda  ham  qish, 

bilim  olishga  muhabbat,  muallim,  ota-onalar  va  umuman,  o‘zidan 

kattalarga  hurmat,  do6stlik,  birodarlik,  sadoqat,  to6g6rilik  kabi  axloqiy



579


sifatlami  tarbiyalash,  o‘quvchilaming  ma’naviy  qiyofasi  masalalari 

yoritilgan»'.

Shunday  qilib,  Turkiston  o‘lkasida  yangi  usuldagi  maktab  va 

maorifning jonkuyari boigan  Ismatulla Rahmatullayev o‘zining o‘qish- 

o‘qitish va tarbiya uslubida boy xalq tarbiyashunosligiga tayangan holda 

bolalarda  insonparvarlik,  vatanparvarlik,  mehnatsevarlik  fazilatlarini 

tarbiyalashga munosib hissa.qo‘shgan murabbiylardan biridir.

ASOSIY TAYANCH TUSHUNCHALAR

Komil -  kamolotga erishgan.

So‘fiy — tasawuf yoiini tutmoq demakdir.

Padarkush-otasini oidiruvchi.

Dorulaytom -  yetimlar o‘yini.

Ib rat  -   Ishaqxonning  o‘ziga  «Ibrat»  taxallusini  olishning  boisi 

shundaki,  u  ijodining  dastlabki  yillaridan  boshlab  ma’rifatparvar  shoir, 

olim  sifatida 

nom  chiqardi  va  kishilami  zamon  ilmidan,  ilg‘or 

madaniyatdan, taiim-tarbiya tizimidan rnak olishga chaqirdi.

Jadid  — arabcha  so‘z  boiib,  «yangi»,  «jadidizm»  esa  «yangilik 



tarafdorlari» degan ma’noni bildiradi.

Fitrat  — Abduraufning  adabiy  taxallusi  boiib,  bu  so‘z  «tug‘ma 



tabiat, tug‘ma iste 'dod» degan ma’noni anglatadi.

0 ‘Z -0 ‘ZINI TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR

1.  Ahmad Donishning «Navodirul - vaqoe» asarida qanday ijtimoiy- 

pedagogik g‘oyalar ifodalangan?

2. Zokirjon 

Xolmuhammad 

o‘g ii 

Furqatning 

pedagogik 

qarashlarini  tushuntirib bering?

3. Berdaqning  qaysi  asarlarida  ma’rifatparvarlik  g‘oyalari  ilgari 

surilgan?

4. Muhammad  Rahimxon  Feruzning  ma’rifiy-axloqiy  qarashlarini 

tushuntirib bering?

5. Komil  Xorazmiy  va  Muhammad  Rasul  Mirzoning  ma’rifiy- 

axloqiy qarashlarini  tushuntirib bering?

6. Ilyos Mulla  Muhammad o‘g‘li So‘fiy va Ahmadjon Tabibiyning 

ma’rifiy-didaktik qarashlarini tushuntirib bering?




Download 20,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   550   551   552   553   554   555   556   557   ...   679




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish