Qog ‘oz va daftarlarni mening otam topib kelar edi. Keyinchalik
otam qayerdandir grifel taxta (toshtaxta) topib keldi.
Bizning har birimiz
shu taxtada har xil mashqlami bajarar edik.
Muallimimiz darslami qafiy jadval asosida o ‘tkazar edi: bir kun
o ‘rus tili,
arifmstika, jo *g ‘rofiya, tarix, tabiiyot fanlaridan dars o ‘tkazsa,
ikkinchi kuni bu darslarning o ‘tish o ‘rnini navbat bilan almashtirardi. U
bizga o ‘zbek tilini ham o ‘rgatar edi. Men undan o ‘zbek tilini
(grammatikasini) va arab yozuvini yaxshi o ‘rgandim, hozir ham arab
yozuvida yoza olaman. Tabiat darsi bo‘yicha u bizlami Bulung‘ur
daryosi yoqalariga olib borar, tabiat manzarasi, har xil qushlarni
ko ‘rsatar edi. Hozir ham men ko ‘p qushlarning nomini bilaman, bular
m engao‘shadavrdan,esdalikbo‘libqolgan.
J o ‘g ‘rofiya bo‘yicha u bizga dunyodagi har xil mamlakatlar,
ko ‘llarni ko ‘rsatar, globus bilan tanishtirar edi.
U glohusga jild (chexol)
yopib, uni juda ehtiyot bilan saqlar edi. Xullas,
u bilimlarimizning
asosini yaratgan.
Saidjon aka (biz hammamiz uni hurmat bilan shunday atar edik)
dars vaqtida o ‘qish uchun o ‘ruscha matnlar berar, keyin esa
o ‘quvchilardan bu matnni o ‘zbek tiliga tarjima qilishni talab qilar edi.
Uyga vazifa bermasdi.
Hozir ham eslayman: u o ‘quvchilaming nutqini o ‘stirishga alohida
e*tibor berardi.
Nutqni yuksaltirish, mashg‘ulot o ‘tkazish uchun
o ‘quvchilarni darsdan keyin olib qolardi. Darsdan keyin qolib, bolalar
bilan o ‘rus tilida suhbat va mashg‘ulot o ‘tkazishni hamisha u mendan
iltimos qilardi.
U ota-onalar bilan yaxshi aloqada bo ‘lardi va juda kamtarin edi.
Agar ota-onalar u bilan uchrashgan vaqtlarida ta fzim qilguday bo‘lsa,
bunday qilish yaramasligini tushuntirib, ularga tanbeh berardi. U ota-
onalarga qo‘lidan kelgancha yordam berardi. Dars vaqtida kambag‘al
bolalarning og‘ir ahvolini ko ‘rib muallimimizning achinganini,
afsuslanganini, hatto ko ‘zlariga yosh kelganini hozir ham xotirlayman.
Uning shunday ajoyib fazilatini
alohida qayd qilish kerakki, u
bolalardan tozalikka rioya qilishni talab qilar, dars oldidan
q o ‘llarimizniyuvishga majbur etar, darsda diqqat bilan o ‘tirishni talab
qilar edi. Yana shu narsa ham qimmatliki,
u o ‘quvchilarga jismoniy jazo
bermas, balki o ‘quvchilami o ‘z oldiga chaqirib olib, xilma-xil tarbiyaviy
usullarni ustalik bilan qo ‘llagan holda do ‘stona suhbat o ‘tkazardi.
1 Qarang: M Fattayev. Atoqli pedagoglarimiz. -T.: «0‘qituvchi», 1988,36-38-betlar.
576
ISMATULLA RAHMATULLAYEV (1883-1926)ni 1905-yilda
ustozi Saidahmad^Siddiqiy o‘zi ochgan yangi usul maktabiga arifmetika
fani o‘qituvchisi boiib ishlashga taklif qiladi. Shuningdek, u Siddiqiy
kattalar uchun tashkil qilgan kechki maktabda ham dars bergan.
Ismatulla bu davrda o‘qituvchilik qilish bilan birga, ustozi
A.Shakuriyning maslahati bilan yangi usuldagi maktablar uchun yangi
darsliklar, o‘qish kitoblari, alifbe tuzish va ulami nashr etish bilan ham
shug‘ullandi. Jumladan, u 1907-yilda Abduqodir Shakuriyning II sinf
uchun tuzilgan «Jameul-hikoyat» o‘qish kitobining nashr etilishida faol
qatnashadi.
Katta bilim va -.muallimlik tajribasini orttirgan Ismatulla
Rahmatullayev ustozlari Abduqodir Shakuriy, Saidahmad Siddiqiy va
Sadriddin Ayniy maslahati bilan 1915-yilda Samarqandning hozirgi
Registon ko‘chasida mehnatkashlaming bolalari uchun yangi maktab
ochdi. Maktabda dunyoviy fanlar bilan bir qatorda o‘rus tilini o‘qitish
masalasiga ham alohida e’tibor bergan.
1915-yilda iqtidorli muallim Ismatulla Rahmatullayev o‘zining ko‘p
yillik tarbiyaviy tajribalarini umumlashtirib, tojik tilida «Alifbe ta ’limi»
Do'stlaringiz bilan baham: