Buni biz Domla obrazida ko‘ramiz. Domla kuyib-pishib o‘giini
o‘qishga berishga da’vat etsa-da, Boyga uning so‘zlari ta’sir etmaydi,
aksincha, Domlaning so‘zini kesib, haqorat qilib, uyidan chiqarib
yuboradi. Boy o‘z davlatiga mahliyo bo‘lib, odob-axloq, taiim-tarbiya,
jamiyat,
fuqaro
taqdiri,
vatan,
millat
kelajagi
to‘g‘risidagi
tushunchalardan yiroq yuradi. «Ey Domla — deydi nihoyat g ‘azablanib
Boy - Siz menga tahqiqchimi? O ‘g ‘il meniki, sizga nima? O 'qiganni biri
siz, yemoqqa noningiz y o ‘q, bu holingiz ila menga nasihat qilursiz.
Xayrullah mehmonxonani qulfla, uyqum keldi...». Bu satrlarda Boyning
maktab-ma’rifat, taiim-tarbiya ishlariga tamoman yot bir unsur ekanligi
ifodalangan. 0 ‘zida tarbiya boimagan kimsa, birovga tarbiya
berolmaydi, shuning uchun bolalar bilan birga, ulaming ota-onalarini
ham tarbiyalash zamonaning eng katta muammosi sifatida kun tartibiga
qo‘yiladi. Bu jihatdan asardagi Domla obrazi ham muhim tarbiyaviy
ahamiyatga ega. Domla Boydan nihoyatda ranjib, oxiri uning huzuridan
ketayotganida yoshlar tarbiyasiga oid fikrlarini shunday izhor etadi:
« 0 ‘qimoq va mullo bo ‘Imoq uchun pul kerak, badavlatlarimiz xoli bul,
bas, bu ketish ila navzambilloh dunyo va oxiratda rasvo bo ‘lurmiz,
0 'qimoq barcha musulmonga, erkak va xotin bo ‘Isin farz edi. U qayda
qoldi? Oh, voy, bizni holimizga.... Boy, men sizga amri m a’ruf etdim va
menga shariat byicha lozim blgan ishni bynimdan soqit qildim.
Insholloh, mylab chiqarib alifni tayoq demay turgan o ‘g ‘lingiz xoyo
holatini krarmiz va ham o ‘qitmaganingiz uchun gunohkor bo‘lursiz».1
Domlaning qanchalik haq ekanligi asar xotimasida Toshmurod va Boy
hayotining fojiali yakunida ko‘rsatilgan.
Behbudiy
Turkiston
aholisi
orasidagi
kaltabin,
o‘jar,
o‘zbilarmonlami g‘aflat uyqusidan uyg‘otishga, ulami yangi zamon
taqozosi bilan yetuk shaxslar darajasiga ko‘tarishga butun qobiliyatini
sarflaydi. Zotan u millatni halokatdan saqlab qolish, qaramlikdan
qutqarishning yagona y o ii shu deb biladi. Boy singari kattalarda
ko‘ringan nuqsonlar ulaming bolalariga ham yuqub borayotgani
Behbudiyni va butun jadidlami tashvishga soladi. Bu jihatdan
«Padarkush» dramasidagi Ziyoli obrazi va uning faoliyati, ayniqsa, katta
ahamiyat kasb etadi. Ziyoli Domlaga nisbatan ilg‘or mulohazalami
bayon qiladi. Ziyoli yevropacha taiim olgan, uning tashqi qiyofasi,
kiyim-kechaklari, gap-so‘zlari ham yangicha, zamonaviy ruhni ko‘rsatib
turadi. U Domlaning fikr-mulohazalarini yanada kengroq koiamda
davom ettiradi. Shariatda ta’kidlangan ilm-ma’rifatga oid aqidalami ham
Do'stlaringiz bilan baham: